Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonalarning ishlab chiqarish
quvvati vaqt birligida uning sexlarida ishlab chiqarilgan mahsulotning maksimal
miqdori bilan belgilanadi.
Aloxida olingan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish quvvati ularga
moslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan liniyalar
(sabzavotli ikra, mevali sharbatlar, pomidor qiyla, ishlab chiqarish liniyalar) ning texnik
quvvati asosida hisoblanadi. Liniyalarning quvvati asosiy uskunalarning quvvatiga
ko‘ra aniqlanadi. Asosiy uskunalar qatoriga bug‘latgich apparatlar, qovurish qozonlar,
sharbat siqish uchun presslar, yopish apparatlari, sterilizatorlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |