Chizmalarni bajarish va chizmalarda qo’yiladigan o’lchamlar.
Korxona chizmalari 1:100 yoki 1:50 masshtabida bajariladi. Qirqimlar qurilish konstruksiyalarini
yaxshi ko’rsatish uchun 1:50 masshtabida bajariladi. Ba‘zida 1:25; 1:75; 1:200 masshtablardan foydalanish mumkin.
Chizmalarda fundament, pol, devor, eshik, oyna, ichki devorlar va boshqa qurilish konstruksiyalar ko’rsatiladi.
Chizmalarda hamma asosiy texnologik uskunalar, transportyor qurilmalari
(transportyor, elevator, nasos va boshqa), yordamchi uskunalar (kompressor, kondensator va boshqa) yig’uv baklari, elektrodvigatellar va boshqalar ko’rsatiladi.
Uskunalar o’z o’lchamlari bo’yicha umumiy ko’rinishi (kontur) orqali chiziladi.
Bundan tashqari, uskunalarning bir biri bilan bog’lanishini ham ko’rsatish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |