KIRISH
Ma’lumki tarixiy davrlardan bizning avlodlarimiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning bir necha usullaridan foydalanib kelingan. Bu saqlash usullariga konservalash jarayonlarini misol qilib olishimiz mumkun. Hozirgi davrga kelib qishloq xo’jaligi mahsulotlariga ishlov berish va konservalash usullari ko’payib, yangi ilg’or zamanoviy texnologiyalar joriy etilib bormoqda. Hozirgi vaqtda konservalangan oziq-ovqat mahsulotlariga talab tobora ortib bormoqda. Bizning respublikamiz mamlakatning issiq mintaqasida joylashgan bo’lib, yuqori sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan respublikalardan biri hisoblanadi.
Respublikamiz mustaqilikka erishgach iqtisodiy tanqislikni bartaraf etish uchun bozor iqtisodiyotiga
o’tish davri siyosatini amalga oshira boshladi.
Shu bilan birga, bizning konserva mahsulotlarimizni jahon bozorlarida o’z o’rnini egallay boshladi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida
ko’pgina rivojlangan davlatlar bilan savdo aloqalarini yo’lga qo’ydi. Natijada bozorni yuqori sifatli raqobatbardosh konserva mahsulotlari egallay boshladi va kuchli raqobat maydonini vujudga keltirdi.
Endi bu raqobatda yengib chiqish uchun tannarxi arzon, yuqori sifat ko rsatkichlarga ega konserva mahsulotlari ishlab chiqarish zaruriyat vujudga keldi. Mamlakatimiz sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyoni chetga sotmasdan turib mahsulot ishlab chiqarishni xom-ashyo bazasida yo lga qo yishni amalga oshira boshladi. Qishloq xo jaligi sohasi jumladan qishloq xo jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb eta boshladi. Investitsiyalar bizga ilg or texnologiyalarni olib kelishga yordam berib davlatimizda hamkorlikda ish olib borayotgan qo shma korxonalar Respublikamiz xududa ishga tusha boshladi. Bu ilg or texnologiyalar zamonaviy talablarga javob berib jaxon talablariga javob beradigan raqobatga chidamli, standart talablarga javob beradigan konserva mahsulotini ishlab chiqarish yo lga qo yilmoqda. Respublikamiz aholisining asosiy qismi qishloq rayonlariga to g ri kelganligini inobatga olib, sanoat korxonalarini qishloq xududlarida bunyod etish maqsadga muvofiq bo ladi. Sanoat korxonalarini qishloq xo jaligiga kirib kelishi bilan korxona xomashyo bazasiga juda yaqin joylashib xom-ashyoni tashish arzonga tushadi, tashishda sifati bo zilmaydi, tayyor mahsulotni tannarxi past bo ladi. Bundan tashqari qishloq aholisi ish bilan ta minlanadi, sanoat korxonasi atrofida ishchilar uchun uy-joylar barpo etiladi. Maishiy xizmat ko rsatish binolari, tibbiyot markazlari, bolalar bog chasi maktab va xakozolar quriladi va natijada qishloq xo’jaligining ijtimoiy infrastrukturasi yaxshilanadi.
Umumiy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |