Korxona bosh rejasining asosiy ob’ektlari;
Bosh rejaga quyidagi obyektlar kiradi:
1) Asosiy binoda ishlab chiqarish sexlari, mevalarni qisqa muddatsaqlash uchun xom ashyo maydonchalari, korxona laboratoriyasi, tayyor mahsulot,
materiallar, tunuka idishlar omborlari joylashtiriladi. Sovutgichlar, maishiy xonalar,
transformator elektropodstansiyasini ham shu blokda joylashtirish mumkin.
2) Yordamchi binolar va xonalarda korxona boshqarmasi, nazorat o’tkazish
punkti, oshxona, tibbiy bo’lim, ba‘zan maishiy xonalar ham joylashadi.
3) Idishlar sexida xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yashiklar va bochkalar
tayyorlanadi.
Bosh rejada bug’xona, avtomobil tarozisi, shisha idishlar, yoqilg’i, yog’lar,
ammiak omborlari, konteynerlar saqlavchi maydonchalar, sport maydonchalari,
korxonani suv bilan ta‘minlash inshootlari
(basseyn, suv uchun rezervuar va hokazo)
ko’rsatiladi. Zarur hollarda xom ashyoni uzoq saqlash uchun omborlar ko’zda tutiladi.
Oqava suvlar inshootlari, shaxsiy avto-mototransport to’xtash joylari korxona
hududidan tashqarida quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |