Rivojlanish printsipi: ALT asosiy qismlarining to‘ldirib borilishini, takomillashtirilishini va yangilanib borishini hamda darajasi va funktsional vazifasi turlicha bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog‘langan avtomatlashtirilgan loyihalash vositalarining majmuidir. ALT texnikaviy vositalar hamda matematik va dasturaviy ta’minlashni birlashtiradi; matematik va dasturaviy ta’minot muhandislik loyihalash va konstruktsiyalash masalalarining xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi. ALTda muhandisning EHM bilan operativ bog‘lanishi vositalari, maxsus muammoli-yo‘naltirilgan tillar va informatsion-ma’lumot bazasi qo‘llanilishi hisobiga dasturlardan foydalanish qulayligi ta’minlanadi.
Asosiy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |