Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini asoslash. Iqtisodiy asoslashning
uchinchi, eng kerakli qismi bu - korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilashdir. Bu
masala xomashyo va talablariga qarab yechiladi. Qayta ishlash korxonalarining quvvati
xom ashyo ba‘zasi bo‘yicha aniqlanadi, yani korxona loyihasini xom ashyolarning
hajmiga qarab belgilanadi.
Ikkinchi darajali omillar. Asosiy omillardan tashqari ikkinchi darajali omillar
ham mavjud bo‘lib, ular xam iqtisodiy asoslash uchun muhim hisoblanadi. Bu omillarga
suv taminoti, issiqlik taminoti, energiya taminoti, oqova tizimlari kiradi. Mazkur
manbalar mavjud bo‘lmagan hollarda ham tumanga qayta ishlash korxonasi qurilishi
mumkin. Bunday holatda korxonaning o‘z quvvat (issiqlik va energiya) stantsiyasi
quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |