6-Mavzu.
O’tish ballarini belgilash texnologiyalari
Reja:
1.
O’tish bali mazmuni.
2. O’tish ballarini belgilash usullari.
3. Kengaytirilgan javobni talab qiladigan test topshirig’i tuzish
Tayanch so’z va iboralar:
validlik, ishonchlilik, o’tish bali,
ekspertlar, Angoff
usuli, Bookmark usuli.
Adabiyotlar:
1.
Baholash nazariyasi asoslari (testalogiya, pedagogik o‘lchovlar). Toshkent-
2018
2.
Test o‘zi nima? Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun test topshiriqlarini
tuzish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha qo‘llanma/ Toshkent –
2009 yil
3.
Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogik kvalimetriya” moduli
bo‘yicha o‘quv–uslubiy majmua/Toshkent 2016.
1.
O’tish bali mazmuni.
Testlar o’tkazilib, ularning natijalari e’lon qilingandan keyin bu natijalar
asosida ma’lum bir qarorlar qabul qilinadi. Masalan, ta’lim muassasasida o’quv yili
oxirida yakuniy test olinsa, bu test natijalari asosida ta’lim oluvchilarni keyingi
bosqichga (sinfga, kursga) o’tkazish yoki o’tkazmaslik to’g’risida qaror qabul
qilinadi. Buning uchun esa o’tish ballarini belgilash talab etiladi.
O’tish bali
– test topshiruvchilarni natijalariga ko’ra ikki yoki undan ortiq
kategoriyalarga bo’lish uchun ishlatiladigan ball.
Test topshiruvchilar nechta kategoriyaga ajratilishiga qarab bittadan ortiq o’tish
bali ishlatilishi mumkin. Masalan, agar test topshiruvchilar ikki kategoriyaga
(“o’tdi” – “o’tmadi” singari) ajratiladigan bo’lsa, bitta o’tish bali, agar test
topshiruvchilar uch kategoriyaga (“yomon” – “o’rtacha” – “yaxshi” singari)
ajratilgan bo’lsa, ikkita o’tish bali kerak bo’ladi.
Test orqali test topshiruvchilar qanday kategoriyalarga bo’linishi va bu
kategoriyalarning tavsifi testni rejalashtirish jarayonida testning maqsadlari bilan
birga aniqlashtirilib olinishi, validatsiya jarayonida bu kategoriyalarga bo’linish
asosli ekanligi haqida dalillar yig’ilishi lozim.
Normaga mo’ljallangan testlarda o’tish ballari test topshiruvchilar natijalariga
ko’ra joylashtirilgandan keyin test topshiruvchilarning ma’lum bir foizi sifatida
belgilanishi mumkin. Masalan, ta’lim muassasasiga kirish test sinovida test
natijalariga ko’ra eng yuqori natija ko’rsatgan 30 foiz test topshiruvchilarni o’qisga
qabul qilishimiz mumkin. Bunday vaziyatda biz test topshiruvchilarning ichidan
natijalari
nisbatan
yaxshilarni ajratib olamiz.
Mezonda mo’ljallangan testlarda o’tish ballarini belgilashda test
topshiruvchilar ma’lum bir kategoriyaga (masalan, o’tganlar, yaxshilar, o’rtachalar
va hakazo) kirishi uchun
mezonlar
(qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi
lozimligi) belgilanadi hamda shu mezonlarga mos keluvchi ballar aniqlanadi.
Ayrim hollarda o’tish ballarini belgilashda har ikki yondashuvning elementlari
qo’llanilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |