KUN TARTIBI:
1. Uyali telefonlardan foydalanishni qat`iyan man etish to`g`risida .REYD
Eshitildi:
2012 yilning 25 avgusti kuni 2013 yilning 14 aprel kuni o`tkazilgan ota-onalar yi`g`ilishida ota-onalar va sinf yig`ilishlarida o`quvchilarga yetkazilgan murojaat va ogohlantirishlarni nazorat qilish maqsadida , uyali telefonlarning o`quvchi salomatligi uchun zid ekanligi , dars vaqtida uyali telefonlardan foydalanib o`tirish ularni ta`limdan chalg`itayotganligini oldini olish maqsadida maktab ma`muriyati rahbariyati va voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha profilaktika inspektorlari – Xamidova L, Rustamov U, Axrorov E va Xasanov S lar bilan birgalikda 5-9-sinflarda REYD o`tkazildi. Unda o`quvchilardan “- Agarda kimda hozir uyali telefon bor bo`lsa , o`z hohishi bilan chiqinglar , telefonlaring olib qo`yilmaydi ,faqat buguncha .”- deb murojaat qilindi. Shunga ko`ra 17 nafar o`quvchilar o`z hohishlari bilan telefonlari borligini aytib o`quvchilar chiqishdi. Ular bilan bir-bir suhbatlashib chiqilib , oxirgi marta ogohlantirilayotganligi aytilib telefonlari qaytarib berildi.Qolgan o`quvchilar bilan esa birma- bir papkalari , darsliklari va cho`ntaklari qarab chiqilib tekshirildi. 3-4-sinf o`quvchilari ham sinf rahbarlari ishtirokida papkalari va darslliklari tekshirib chiqilib oxirgi marta ogohlantirish berildi.
Bundan tashqari barcha o`quvchilarning sochlari va tirnoqlari ham tekshirilib , ba`zi o`quvchilarning sochlari shu kunning o`zida qisman qisqartirildi, qolganlarga shu yilning 26 yanvari kuni ertalabdan tekshirilishi va hech qanday bahonalarsiz soch va tirnoqlar qirqilishi yetkazildi.
Yana barcha o`quvchilar maktab ustaviga binoan yagona maktab formasida kelishlari shart ekanligi shartligi yana bir bor aytib o`tildi.
Kundaliklar axvoli , har haftada to`ldirib borilshi , hafta so`ngida ota-ona va sinf rahbarniong imzosi bo`lishi shartligi , o`quvchi esa har kuni dars davomida baho olib borganligi uning darslarda faol ishtirok etganligini ta`kidlashi haqida yetkazildi.
Darsliklar axvoli – har bir kitob –daftar toza –ozoda saqlanishi kerakligi , jildlab chiqilishi kerakligi , daftarlar yuziga oq qoplama jild qilinishi kerakligi ogohlantirildi, agar REYDlar davomida yuqorida aytib o`tilgan holatlarning aksi bo`ladigan bo`lsa , ularning kitob –daftarlari tortib olib qo`yilishi haqida ogohlantirish berildi.
Bundan tashqari dars vaqtida masjidlarga bormaslik , sababsiz ko`p dars qoldirgan o`quvchilarning ota-nalariga nisbatan mavjud qonunda belgilangan 47-modda bilan jarima undirilishi haqida yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |