Maktab direktori:
Ermanova M.T_______
Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 64-umumtalim maktabida Viloyatda diniy vaziyatni sog`lomlashtirish dasturi bo`yicha xokimning qaroriga asosan diniy ekstrimizm , xalqaro terrorizm va missionerlikning oldini olish maqsadida o`tkazilgan kengaytirilgan davra suhbati BAYONNOMASI dan ko`chirma
Samarqand sh
24.02.2015.
Qatnashdi:
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – M/A/Haydarova, Tarix fani fani o`qituvchisi- U.Shopulatov, o’qituvchi G.Qulmurodova va 32 nafar o`quvchilar. (9-sinf)
KUN TARTIBI:
1.Diniy vaziyatlarni sog`lomlashtirish , millatlar aro totuvlikni saqlash.
Eshitildi:
Maktabning ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari –M.A.Haydarova davrani ochdi va davra suhbatini boshladi
U bugungi yig`ilish bayonini dunyo diniy manzarasidan boshladi. Din tushunchasining mazmun-mohiyati nimada? Din (arabcha “kalima” bol`ib ma`nosi “ishonch”, “ishonmoqdir” deganidir) , borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi yani Xudoga nisbatan munosabat , tasavvur , urf-odat va marosimlar majmuidir. Har bir muayyan din o`ziga xos sig`inish ob`yekti va rasm-rusumi , ibodat , urf-odat va aqidalarga ega.
Hadis – “Farzandlaringizga o`sha zamon ilmini bering”. Ya`ni dinda ilm ulug`lanadi.
Hadis - “Ilmni Xitoyda bo`lsa ham o`rganig”.- deyilgan.
Odatda ibtidoiy e`tiqod shakllari milliy va jahon dinlari bilan farqlanadi. Milliy din – bir millatga xos bo`lgan dinga e`tiqod qiluvchilarga aytiladi. Yahudiy dini – millati ham dini ham yahudiy hisoblanadi. Jahon dini – millat va mintaqa tanlamaydigan dinga aytiladi.
Eng avval paydo bo`lgan din Buddizm dini mil.avv. 623-544 yillarda shakllangan . Xristian dini – Iso payg`ambar tug`ilgan vaqtdan boshlab shakllangan. Islom dini – Muhammad payg`ambarimizga Olloh payg`ambarlikni buyurgandan boshlab shakllandi.Eng maqbul va eng chiroyli din – Islom dini hisoblanadi.
Iso payg`ambarimiz Nasoro o`lkasida dunyoga kelganliklari uchun Iso payg`ambarga ergashganlar “nasroniylar” deb yuritiladi. Muhammad payg`ambarimiz esa Quraysh qabilasida dunyoga kelganlar.
Islom kalimasi arab grammatikasidagi “Salm” so`zidan olingan bo`lib, unga so`zdoshlar – “islom , salom , musulmon” kabi so`zlar. Umumiy ma`noda tarjimamsi “muloyimlik , salomatlik, 2-inchi tomonga yaxshilik qilishlik va itoatgo`ylik” ma`nolarini anglatadi. Salom so`zining ma`nosi – salomatlik , Islom so`zining ma`nosi esa – itoatgo`ylik .
Ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – M.A.Haydarova tomonidan belgilangan muddatga mo`ljallangan dars berib,tushuntirilgandan so`ng ushbu mavzu yuzasidan o`quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. O`quvchilar yuqorida berilgan tushunchalarni o`z daftarlariga yozib olishdi va kelgusida yig`ilishlarda davom ettirib borishlik ularga uqtirildi.
QAROR QILDI:
Yuqorida keltirilgan ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – M.A.Haydarova bayonoti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Barcha o`quvchilar ushbu yig`ilish bayonotlarini alohida daftarlar tashkil etib borishlarini nazorat qilish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu yig`ilishga sabli yoki sababsiz kelmay qatnasha olmagan o`quvchilarga ma`lumotni yetkazish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish kotibasi: G.Qulmurodova
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
Nuritdinova Z.Sh________
Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 33-umumtalim maktabida Viloyatda diniy vaziyatni sog`lomlashtirish dasturi bo`yicha xokimning qaroriga asosan diniy ekstrimizm , xalqaro terrorizm va missionerlikning oldini olish maqsadida o`tkazilgan yig`ilish BAYONNOMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |