23.10 .2013
Qatnashdi:
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari – Z.K.Balikulova
Xotin-qizlar qo`mitasi raisi- Davirova A.U
Ona tili fani o`qiuvchisi – Ubaydullayeva L ( uslubchi )
Matematika fani o`qituvchisi – Kuleshova O.N
38 nafar o`quvchilar. (7-sinf)
KUN TARTIBI:
Islom diniga e`tirof etilmagan yo`nalishlar va oqimlar.
Diniy libosda qizlarning maktabga kelishi taqiqlanishi haqida.
Eshitildi:
Maktabning ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari –Balikulova Z.K o`quvchilarga
“- Avvalo inson tarbiyali bo`lishligi kerakligi , tarbiyasiz insonga ta`lim berib bo`lmaydi . Inson hoh katta , hoh yosh bo`lsin yo`ldan adashishi mumkin.Bir-birimizga mehr-oqibatli bo`laylik , Vatanimizni sevaylik va unga munosib farzand bo`lishlikka harakat qilayli-ki o`zimizni bilimimiz va yaxshi xulqimiz va olgan a`lo bilimimiz bilan oqlashimiz lozim.
Prezidentimiz “- Vatanimizning kelajagi , xalqning ertangi kuni avvalombor, farzandlarimizning yaxshi unib-ulg`ayishi va Vatanimizning kerakli jabhalariga munosib bo`lib kirib borishiga bo`gliq”- deb aytganlar.
Bugun siz olayotgan ta`lim –tarbiya , ertaga Vatanimizni dunyoga tanitishda katta ahamiyatga ega. Agar bugun har bir fanni yaxshi o`zlashtirsangiz ,ertaga yaxshi olim bo`lib yetishasiz, agar bir-* fanni ko`proq o`zlashtirsangiz
Ekstrimizm lotincha so`z dan olingan bo`lib “haddan oshirish ”degan ma`noni bildiradi ,jamiyatda qabul qilingan qonun –qoidalarga zid bo`lgan ,keskin radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ekstrimizmga olib keladi . Diniy ekstrimizm jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo`lgan g`oyalarni aldov va amaliyotni anglatadi. Terrorizm lotinchadan “qo`rqitish”, ”vohimaga solish” ma`nolarni anglatadi , aholining keng qatlamlarida vahima va qo`rquv o`yg`otish , jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishi orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyadir. Hozirgi kunda u global miqoyos kasb etib, xalqaro ijtimoiy –siyosiy aks-sado beradigan qo`paruvchilik sifatida namoyon bo`lmoqda .Ekstrimzm va terrorizm bir-biri bilan bog`liq bo`lgan yagona jarayonlarning birin-ketin rivojlanadigan bosqichidir.
Ikkinchi masala bo`yicha Xotin-qizlar qo`mita raisi davirova Diniy ekstrimizm kelib chiqishining birinchi sababi bu - mutaassib fikr va qarashlarning, ularning kiyinishiga taqid qilish kabi qiziqishlarning paydo bo`lishidir . Hozirda dunyoda 500 ga yaqin ekstrimistik va terrorchi tashkilotlar mavjud va ularga juda ko`p xotin-qizlar ham a`zo ekanligini aytdilar va
QAROR QILINDI:
Maktabning ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari –Balikulova Z.K ning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin
Maktabda o`quv yili davomida “Islom diniga e`tirof etilmagan yo`nalishlar va oqimlar ”ga ba`g`ishlangan tadbirlar o`tkazilishi belgilab qo`yilsin.
Har bir o`quvchi bilan bu borada ish olib borish sinf rabarlari zimmasiga yuklatilsin.
Kotiba : Ibragimova I
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
Nuritdinova Z.Sh________
Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 33-umumtalim maktabida “Diniy ekstrimizm , xalqaro terrorizm va missionerlikning oldini olish maqsadida o`tkazilgan kengaytirilgan davra suhbati
Do'stlaringiz bilan baham: |