QAROR QABUL QILDI:
B.Rizayevning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Ma`ruzada keltirilgan ma`lumotlar daftarga yozib borilishini nazoratga olish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Fan va din haqidagi hadis va maqollarni topib o`rganib kelish o`quvchilarga uy vazifasi etib topshirilganligi sinf rahbarlarga yetkazilsin.
Tashkilotchi : Babayarova N Kotiba : Qosimova M
“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
Saydullayeva D.R________
Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 14-umumtalim maktabida Viloyatda diniy vaziyatni sog`lomlashtirish dasturi bo`yicha xokimning qaroriga asosan diniy ekstrimizm , xalqaro terrorizm va missionerlikning oldini olish maqsadida o`tkazilgan kengaytirilgan davra suhbati
B A Y O N N O M A S I ko`chirma
Samarqand sh
4.03.2013 y
Qatnashdi:
Maktab o`quv ishlar bo`yicha director o`rinbosari : I.Shodiyeva
Maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari – Babayarova N
Mazkur ishlar bo`yicha Kotiba- Qosimova M.J
7 nafar Sinf rahbarlar va ped xodimlar.
38 nafar 9-sinf o`quvchilari
Ishtirok etdi:
Samarqand shahar ”Panjob” masjidi bosh imom xatibi Rizayev Botirali .
KUN TARTIBI:
Islom va diniy aqidaparastlik.
Eshitildi:
Maktabning ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari –Babayarova N davrani ochib berdi va Samarqand shahar “Panjob” masjidi bosh imom xatibi Qur`on oyatlari bilan davra suhbatini boshladi.
Inson qanchalik ma`naviyatli bo`lsa , uning fikrlash dunyoqarashi shunchalik keng bo`ladi , oq-qoraning farqiga tez boradi, aksincha ma`naviyati past bo`lsa yaxshi-yomonning farqiga bormay yo`ldan adashishi oson bo`ladi.
“Ibodat” nimadir ? Ibodat bu- yaxshi ta`lim olishlik , to`g`rib o`lishlik, insofli bo`lishlik demakdir. Bular ichida ilm olishlik eng oily ibodatdir. Maktabda sizga o`tilayotgan Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asosolari , dinlar tarixi orqali yoshomizga most a`limni olyapsiz.
Ekstrimizm lotincha so`z dan olingan bo`lib “haddan oshirish ”degan ma`noni bildiradi ,jamiyatda qabul qilingan qonun –qoidalarga zid bo`lgan ,keskin radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ekstrimizmga olib keladi . Diniy ekstrimizm jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo`lgan g`oyalarni aldov va amaliyotni anglatadi. Terrorizm lotinchadan “qo`rqitish”, ”vohimaga solish” ma`nolarni anglatadi , aholining keng qatlamlarida vahima va qo`rquv o`yg`otish , jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishi orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyadir. Hozirgi kunda u global miqoyos kasb etib, xalqaro ijtimoiy –siyosiy aks-sado beradigan qo`paruvchilik sifatida namoyon bo`lmoqda .Ekstrimzm va terrorizm bir-biri bilan bog`liq bo`lgan yagona jarayonlarning birin-ketin rivojlanadigan bosqichidir.
Diniy ekstrimizm kelib chiqishining birinchi sababi bu - mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo`lishidir . Hozirda dunyoda 500 ga yaqin ekstrimistik va terrorchi tashkilotlar mavjud.
Diniy ekstrimistik ruhdagi terrorchi tashkilotlarning strategik maqsadlari, avvolo , go`yoki , shariatga asoslangan davlat tuzish bo`lib , bu bir necha bosqichda amalga oshirilish rejalashtirilgan.
1- Bu bosqichda aholini keng ko`lamda “islomiylashtirish” nazarda tutiladi .
2- bosqichida endi ”islomiylashtirilgan ” aholini hukumat mavjud konstitutsiyaviy tizim , rasmiy diniy tizimlar va ulamolarga nisbatan norozilik kayfiyatini o`yg`otish va shu orqali ijtimoiy- siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish ko`zlanadi.
3- bosqichda esa aholi orasida ‘imonli’ va “iymonsiz” kabi tushunchalarni keng yoyish asosiy maqsad hisoblanadi.
4- bu bosqichga kelib , to`plangan “jamoat”ni mavjud hukumatni ag`darish va “islomiy davlatni ” tuzishga dav`at etiladi .
Olloh barchamizni yor bo`lsin, hamma vaqt hushyor , ogoh bo`laylik deya o`z fikrini yakunladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |