Milliy qadriyatlar — millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma’naviy bokliklar. Milliy qadriyatlari bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millat — milliy qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Qadriyatlar — borliq, jamiyat, narsalar, voqyealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.Qadriyatlar bilan bog’liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo’lib hisoblanadi.
ShANXAY HAMKORLIK TAShKILOTI - tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, o’zaro savdo-iqtisodiy xamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilganxalqaro hukumat lararo tashkilot. 2006 yil boshlanishida oltita davlatni — Xitoy, Rossiya,Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonni o’z ichiga oladi. Shanxay hamkorlik tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo’lib, uning tarkibiga dastlab asoschilar sifatida 6 ta davlat(Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston) kirdi. 1996 yilda yilda Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida Shanhay hamkorlik tashkiloti vujudga keladi. Lekin, u “Shanxay beshligi” nomi bilan shakllanadi. 2000 yil 5-iyundagi Dushanbedagi sammitda “Shanxay beshligi” “Shanxay forumi”ga aylantirildi. 2001 yil 14-15-iyun Xitoyda navbatdagi Shanxay sammitida O’zbekiston “Shanxay forumi”ga to’la huquqli a’zo bo’ladi. Ushbu sammitda “Shanxay forumi”ning nomi “Shanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT”- deb o’zgartirildi. Hozirga qadar SHHT doirasida ko’plab amaliy tadbirlar bo’lib o’tdi. Jumladan, davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa vazirligi, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining mintaqada tinchliq havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash terrorizm va ekstremizm, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada yaxshilashga qaratilgan uchrashuvlar, maslahatlashuvlar muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.
YevrAzES — Yevropa—Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati, 2000 yil oktyabr oyidaBelorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya va Tojikiston mustaqil davlatlari rahbarlari imzo chekkan Shartnoma asosida tuzilgan xalqaro tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |