ChET EL INVESTISIYALARI – chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar,shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalaridan olingan har qanday daromadga aytiladi.
EKOLOGIK NAZORAT –tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo’llash bilan bog’lik siyosiyhuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig’indisini o’z
ichiga oladi.
Xalqaro terrorizm – odamlarning behuda halok bo’lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar, uchrashuvlarni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy qilmishlar yig’indisi. O’zbekiston Respublikasi xalqaro bitimlarning, chunonchi, xalqaro terrorizm ko’rinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlar va konvensiyalar ishtirokchisi.
UNESKO – Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkiloti. O’zbekiston Respublikasi 1993 yil 29-oktyabrda ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilingan. YuNESKO ning bosh qarorgohi Parij shaxrida joylashgan.
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) – 1949 yilda 4-aprelda tashkil topgan xalqaro davlatlararo xarbiy-siyosiy tashkilot.
EKO – Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 1992 yildan O’zbekiston ushbu xalqaro tashkilotning a’zosi.
MOH (Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti) – 1994 yil iyul oyi boshida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston Prezidentlarining Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi asosida tashkil topgan Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati zaminida 2002 yil 28-fevralda tuzilgan. Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, siyosiy-ijtimoiy, madaniy texnikaviy va boshqa aloqa turlarini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadigan tashkilot. MOH tashkilotiga O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlatlari a’zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |