To’rtinchi hokimiyat - jamiyatdagi ommaviy axborot vositalari (OAV)ning, ya’ni gazetalar, jurnallar, radio, televideniye va ommaviy axborot tarqatishning boshqa vositalarining jamiyat a’zolariga ta’sir kuchiga aytiladi.
GKChP - Favqulodda holat Davlat Komiteti
MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi. MDH – Mustaqil davlatlar hamdo’stligi. MDH mintaqaviy tashkiloti – davlat yoki federasiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u o’zining mohiyatiga ko’ra ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan davlatlar hamkorligining yangicha shakli va ko’rinishidir. 1991 yil 8-dekabrda Minskda (Belovejskoye Pushche) uch slavyan respublikalari – Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari uchrashuvida MDH tuzish to’g’risida Shartnoma imzolandi. Unda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitusiyasi to’xtatildi deb e’lon qilindi. 1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH muassisi bo’ldilar.
BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti. BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTI (BMT) - Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish
maqsadida 1945 yilda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g’alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilot.
YeXHT - Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti
YeTTB - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
ODKB – Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti. 1992 yil 15-mayda Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston Toshkentda “Kollektiv havfsizlik to’g’risidagi” shartnomani imzoladilar. 1993 yilda shartnomaga Ozarbayjon, Gruziya va Belorussiya imzo qo’yadi. Shartnoma 5 yilga mo’ljallangan edi. 1999 yil shartnoma keyingi besh yilga uzaytiriladi. Lekin, O’zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya shartnomani davom etdirishdan voz kechdi. 2002 yil 14-mayda “Kollektiv havfsizlik to’g’risidagi shartnomasi” tashkilotining Moskvada bo’lib o’tgan sessiyasida uni yaxlit xalqaro tashkilotga – “Kollektiv havfsizlik to’g’risidagi shartnoma to’g’risidagi tashkiloti (ODKB)”ga aylantirishga qaror qilindi. 2006 yil 16-avgustda O’zbekiston ODKBga a’zolikka qabul qilingan.
Yevrosiyo Iqtisodiy Xamjamiyati (YevrAzES) – 1992 yilda bojxona to’siqlarini pasaytirish maqsadida “Bojxona ittifoqi” shaklida vujudga kelgan. 2005 yil 6-oktyabrda O’zbekiston YevrAzESga a’zo bo’ldi. Xozirgi kunda uning tarkibiga Belorus, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston kirgan.
Yevropa ittifoqi – 1992 yilda imzolangan Yevropa Ittifoqi haqidagi shartnomaga asosan tuzilgan Yevropa hamjamiyatlariga a’zo davlatlarning davlatlararo birlashmasi. YeI Yevropa iqtisodiy va siyosiy integrasiyasining eng yuqori darajasidir. Unga xozirgi kunda 28 davlat – Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya, Niderlandiya, Polsha, Sloveniya, Slovakiya, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chehiya, Shvesiya, Estoniya davlatlari a’zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |