Nazorat savollari.
Yangilanayotgan O’zbekistonning milliy yuksalish davri qaysi davrdan boshlanadi?
2017 yil mamalakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari yili” deb e’lon qilinishi va unda amalga oshirish lozim bo’lgan asosiy vazifalar xaqida so’zlang.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo’nalishi buyicha Harakatlar strategiyasining 4-chi yunalishi nimaga bag’shlangan?
“Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik sari” konsepsiyasini izoxlab bering.
“Elektron xukumat” nima?
“Xalk davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug’vor g’oyani tushuntirib bering.
Maxalla instituti deganda nimani tushunasiz?
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsadi.
Keyingi yillarda sud-xuquq tizimini islox qilish buyicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi?
“Xalq boy bo’lsa, davlat xam boy va qudrati bo’ladi” degan oliyjanob so’zlarning moxiyatini tushuntiring.
2019 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatga xamda maxalliy Kengashlarga bo’lib o’tgan saylovlar yakinu buyicha fikringizni bildiring.
17-mavzu: O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi
Reja:
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnining ortib borishi
Jahon bankining Statistika salohiyati indeksi” davlatlarning statistik salohiyatini, mazkur yo‘nalishda erishayotgan yutuqlari va milliy statistika tizimi ravnaqi borasida olib borayotgan islohotlari natijalarini aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi ilk bor mazkur indeks bo‘yicha 2016 yilda baholangan va o‘shanda 48,9 ballga (133- o‘rin) ega bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar statistika idoralari faoliyatida ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2017 yil 31 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 12 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, ularning ijrosi yuzasidan qabul qilingan hukumatning 30 dan ziyod qarorlari shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, 2020 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan turli nufuzli xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarga mas’ul bo‘lgan mutasaddi vazirlik va idoralarga aniq topshiriqlar belgilab berildi. SHuningdek, reytinglarda mamlakat pozitsiyalarini yaxshilab borish yuzasidan ilmiy izlanishlarni muntazam davom ettirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalariga vazifalar yuklandi.
SHulardan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar veb-saytlarida barcha asosiy moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimiz bo‘yicha statistik ma’lumotlarning xalqaro miqyosda ochiqligini ta’minlash borasidagi muhim tadbir sifatida 2018 yilning may oyidan boshlab Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 422 turdagi O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlari e’lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha mavjud bo‘lmagan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, ichki va tashqi qarzlar hamda boshqa qator statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish yo‘lga qo‘yildi.
Onalar va bolalar turmush tarziga oid dolzarb sotsial statistik ma’lumotlarni shakllantirish hamda e’lon qilish maqsadida YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda 2020-2021 yillarda “Multiindikator klaster kuzatuvlari”ni o‘tkazish, ushbu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda mazkur tadbirga tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda, asosiy tadbir shu yilning birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015 yilda qabul qilingan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shilgan. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi qarori bilan 16 maqsad, 125 ta vazifa tasdiqlanib, ularning ijrosi doirasida 206 ta indikatorning shakllanishi va e’lon qilib borilishi belgilangan.
Davlat statistika qo‘mitasi, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilib tasdiqlangan 206 ta indikator to‘liq xatlovdan o‘tkazildi, 110 ta indikator bo‘yicha metama’lumotlar ishlab chiqildi va tegishli veb-saytga joylashtirildi. Tasdiqlangan 206 ta indikatordan bugungi kunda mavjud bo‘lgan 117 tasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar shakllantirilib, veb-saytda e’lon qilindi.
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik to‘plam o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi hamda BMT Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon bankining mamlakatimizdagi vakolatxonalariga, BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi, Evropa Ittifoqi vakolatxonalariga taqdim etildi. Mazkur to‘plam BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi rasmiy veb-saytida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib e’lon qilindi.
Prezidentimizning 2019 yil 5 fevralda qabul qilingan Farmoni bilan mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilandi. Ayni paytda bu boradagi huquqiy asoslar yaratilib, o‘tgan yilning 16 martidan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. Bundan tashqari, xalqaro darajadagi ochiqlikning asosiy mezonlaridan biri — Ochiq ma’lumotlar milliy portali faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ham tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Natijada 60 dan ortiq davlat organlarining takliflari asosida 1 473 ta ma’lumotni o‘z ichiga olgan “Ochiq ma’lumotlar to‘plami ro‘yxati” yangilanib, tasdiqlandi va shu ro‘yxat asosida ma’lumotlar muntazam yangilanib borilayotir. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida jami 10 mingdan ortiq ma’lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.
Bunday natijalar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham munosib baholanayotir. Masalan, “Oren data Inception” tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 70 ta ochiq ma’lumot manbalari bilan ularning soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 6-o‘rinni egallab turibdi. YOki Londondagi Ochiq ma’lumotlar instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha “Kumush” (SILVER), Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori — “Platina” (PLATINUM) darajaga erishgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘plagan.
SHuningdek, Ochiq ma’lumotlar reytingida (Orep Data Inventory—ODIN) O‘zbekiston Respublikasi 63 ball to‘pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.
YUqorida e’tirof etilgan tadbirlar samarasi Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da o‘z aksini topdi va bugungi kunda mazkur indeks doirasida 3 ta yo‘nalishdagi 25 ta indikatorning 20 tasi bo‘yicha milliy axborot makonida va xalqaro tashkilotlarning axborot resurslarida statistik ma’lumotlar va ularning metodologik asoslari e’lon qilinishiga erishildi.
2020 yilning 3 avgustida “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinishi bilan milliy statistika tizimini taraqqiy toptirishning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Negaki, mazkur qaror bilan mamlakatimiz tarixida ilk bor, statistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi 2020 — 2025 yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi tasdiqlandi. Strategiyada 6 ta yo‘nalish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, uni amaliyotga joriy etish maqsadida 200 dan ziyod tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
SHuningdek, qaror bilan strategiyani amalga oshirish barobarida, Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da mamlakat pozitsiyalarini yaxshilab borish borasida aniq tadbirlar belgilangan va erishiladigan natijalar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi uch yil davomida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatdi — 2020 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimiz Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da maksimal 100 balldan 67,8 ballni (reja ijrosi ta’minlandi) qo‘lga kiritib, reytingda 61-o‘rinni egalladi. Natijada reytingda 2016 yil hisobotiga nisbatan 62 pog‘onaga, 2019 yil hisobotiga nisbatan esa 16 pog‘onaga ko‘tarilishga erishildi.
Umuman, 2021 — 2025 yillar davomida strategiya doirasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali, O‘zbekistonning Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”dagi ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich yaxshilanib boriladi va 2025 yilga borib 94 ballni ko‘lga kiritgan holda reytingda birinchi 10 talikdan joy olishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |