Saylov kodeksidagi yangiliklar:
Qonunchilik palatasida Ekoharakat vakillari uchun kvota ajratish instituti tugatildi;
Nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ko’rsatish tartibi bekor qilindi;
Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini yuritish tartibi qonunan tartibga solinadi;
Siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig’ishda saylovchilar tomonidan bir qancha partiyalarni yoqlab imzo qo’yish imkoniyati berildi;
Saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanash to’g’risidagi bayonnomasining zudlik bilan jamoatchilik muhokamasi uchun 48 soatdan kam bo’lmagan vaqtga ilib qo’yish tartibi o’rnatildi;
Uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish jarayoni tugagandan keyin amalga oshiradigan aniq harakatlari nazarda tutilmoqda (ovozlarni sanash, bayonnomalarni tuzish, okrug saylov komissiyalari bilan o’zaro aloqalari va x.k);
Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo’yildi;
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama etiladigan va tavsiya etiladigan uchastka saylov komissiyalari a’zolari nomzodlari bo’yicha jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o’rnatildi;
Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo’l qo’yiladigan eng ko’p chetga chiqishi o’n foizdan oshmasligi tartibi o’rnatildi;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqi berildi;
Qonunchilik palatasiga, mahalliy Kengashlarga saylov bir vaqtda o’tkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuzish tartibi o’rnatildi;
Saylovlarda ovoz berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi;
Saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy
veb-saytida saylovchilarning ro’yxati to’g’risidagi o’zi uchun kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, “Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir”, “Xalqimiz o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko’rishi kerak”, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi” kabi hikmatlarda “Yuksalish” g’oyasi tayanch paradigmalarining mazmun-mohiyati o’z ifodasini topgan. Ular jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va ongidan chuqur joy oldi, butun mamlakatimiz, barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni harakatlantiruvchi kuchga, ta’bir joiz bo’lsa, g’oyaviy o’zagi va ma’naviy tayanchiga aylandi. Bunday tarixiy o’zgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo’yicha tamomila yangi tizimga asos solingani va buning xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng e’tirof etilayotgani esa ushbu jarayonning samarali amalga oshayotganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |