MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR
Demokratik jamiyat qurishda turli xil modellarni bayon eting?
“O’zbek modeli”ning o’ziga xosligi nimalarda?
Prezident Islom Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarining tarixiy ahamiyatini gapirib bering?
“Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” konsepsiyasining g’oyaviy mazmuni nimalarni anglatadi?
Dunyoviy davlatning konstitusiyaviy-huquqiy ta’rifi va milliy davlatchilik tushunchalarini izohlab bering?
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonida inson erkinligi, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi nimalarda namoyon bo’ladi.
5-6- mavzu: O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar (4 soat)
1-ma’ruza
Reja:
O`zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining qaror topishi. O`zbekistonda hokimiyatlar bo`linishining prinsiplari.
Davlat boshqaruvida sudlarning roli, ular faoliyatidagi yangi islohotlar.
O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi.
2-ma’ruza
Reja:
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining tashkil etilishi.
O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashtirish. Ko`ppartiyaviylik.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning ahamiyati.
O`zbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalari (OAV) ning roli va ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Fuqarolik jamiyati, demokratiya, o`zini-o`zi boshqarish organlari, ko`ppartiyaviylik, nodavlat notijorat tashkilotlar, Ommaviy axborot vositalari (OAV).
ADABIYOTLAR:
1.O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi.T.,”O’zbekiston”, 2019.
2.Mirziyoev Sh.M. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettiramiz va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017 yil.
3. Mirziyoev Sh.M.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.”O’zbekiston”, 2016.
4.Mirziyoev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lish kerak.T.”O’zbekiston”, 2017.
5.O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi. T.”Adolat” huquqiy axborot markazi. 2019.
6. “Ommaviy Axborot Vositalari to`g`risida”gi Qonun. T.”O’zbekiston”,1997.
7.Jo’rayev N. Mustaqil O`zbekiston tarixi. T. G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2013.
8.Xoliqulov R.,G`aniyev K., Nasrullayev M. O`zbekiston tarixi (nomutaxassis yo`nalish talabalari uchun). C.2019.266-274-betlar.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Zarafshon gazetasi, 2020 yil 31 dekabr, 155-156 sonlari
1.O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish murakkab sinovlardan o`tdi. Chunki mamlakatda sobiq Ittifoq tuzumidan qolgan meros saqlanib qolmoqda edi, yangi jamiyat qurish uchun tajriba yetishmas edi.Odamlarda fuqarolik jamiyati to`g`risidagi tasavvurlar juda past edi.
O`zbekistonda yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanadi. Unda odamlar o`z qobiliyati, ehtiyojlarini to`la namoyon qiladi, uning uchun mamlakatda huquqiy mexanizm yaratiladi. Fuqarolik jamiyati iborasining mazmun mohiyati-jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganini anglatadi.
Fuqarolik jamiyati, u qanday jamiyat? Bu jamiyat har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat bilan qarovchi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlangan, davlat hokimiyati boshqaruvida jamoatchilik nazorati o`rnatilgan, insoniy munosabatlar chuqur ildiz otgan erkin, demokratik jamiyatdir.
Fuqarolik (erkin inson) degan sifat belgisida komillik cho`qqiga chiqqan jamiyat yotadi. Bu jamiyatda-erkinlik, qonun oldida barcha insonlarning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanganligi, barcha fuqarolrning ijodiy salohiyati va istedoddi ro`yobga chiqadiю
Ma’lumki fuqarolik jamiyatidagi o`zini-o`zi boshqarishning 4 ta asosiy mexanizmi mavjud: Ular quyidagilar: 1-Erkin bozor (iqtisodiy mexanizm), 2- Siyosiy mexanizm (siyosiy erkinlik va demokrtiya), 3-Ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizm) 4-Nizolarni odil sudlov vositasida hal etish(Sud- huquqiy mexanizm).
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi prinsiplari quyidagilar:
Iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi;
Inson va fuqarolarning tabiiy hududlarini muhofaza qilish, tabiatni sevish;
Huquqiy davlatning mavjudligi
Barchaning qonun oldida tengligi, insonlarning yuridik jihatdan muhofaza qilinganligi;
Siyosiy va mafkuraviy legal muholifatning mavjudligi;
So`z va matbuot erkinligi;
Davlatning fuqarolar hayotiga aralashmasligi;
Ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlik;
Insonlarning munosib hayot kechirishi uchun samarali ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va boshqalar.
Ma’ruzaning shu yerida tariximizga, o`tmishimizga nazar tashlasak, O`zbekiston kuhna va boy tarixga ega bo`lib, o`zbek davlatchiligi 3000 yillik tarixga ega. Ulug` ajdodlarimiz, olimlarimiz, davlat arboblari fuqarolik jamiyati qurishga alohida e’tibor berishgan. Masalan, Abu Nasr Farobiy o`zining “Madaniyatli shahar aholisining qarashlari” asarida shunday yozadi: “ Fozil jamiyat adolat va saodatli bo`lib , u jamiyat bilimdon hukmdor tomonidan boshqarilsa, tartib-qoida o`rnatilsa jamiyat a’zolari orasida bir biriga hurmat bo`lsa, unday jamiyat barqaror va gullab yashnaydi ” deb ta’kidlaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o`z davrida – insonlarning ijtimoiy kelib chiqishi, o`rni, mansabi, mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida teng bo`lishni ta’kidlagan va o`zi ham shunday jamiyatni orzu qilgan. Demak mamlakatda qonun ustuvorligi- fuqarolik jamiyatining xususiyatlaridan biridir.
Davlat boshqaruvida 1990-yil 24-martdan O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etildi. 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda Prezident saylovlari bo`lib o`tdi va unda I.Karimov O`zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. Prezident atamasi lotincha so`zdan olingan bo`lib “oldinda o`tiruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ziyod mamlakatlarda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilgan.
Mustaqil O`zbekistonda hokimiyatning bo`linishi O`zbekiston Konstitutsiyasining 11- moddasiga binoan- Qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), Ijro etuvchi (Vazirlar mahkamasi) va sud hokimiyatiga bo`linadi. Shu yerda Oliy Majlis va uning faoliyatiga to`xtalsak. O`zbekiston parlamenti tarixiga nazar tashlasak, 1990-1994-yillarda mamlakatimiz Parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalgan. Unda jami 150 ta deputat faoliyat ko`rsatgan. 1995-2004-yillarda parlament Oliy Majlis deb atalib, unda 250 ta deputat bo`lib, bu parlament bir palatali edi.
2002-yil 27-yanvar kuni O`zbekistonda ikki palatali Parlament tuzish masalasiga bag`ishlangan umumxalq Referendumi bo`lib o`tdi. Unga qatnashgan saylovchilarning 93,65 foizi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishga rozi ekanligini bildirdi.
2002-yil 24-aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`rida”gi Qonun qabul qilindi. Unda Parlamentimiz nomi Oliy Majlis deb atalib, u ikki palatadan: 1-Quyi palata-Qonunchilik palatasi; 2-Yuqori palata-Senat deb atalishi va ularning vakolatlari 5 yil deb ko`rsatildi. Shu qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo`shimchalar kirgizildi.
2002-yil 12-13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo`lib o`tdi va bu sessiyada ikkita qonun: “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi” va “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati” to`g`risidagi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda Qonunchlik palatasida 120 ta deputat va Senat a’zolarining soni 100 nafar bo`lishi nazarda tutildi.
2004-yil dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Shu yili 17-20-yanvar kunlari Senat ham shakillantirildi.
2009-yilda saylov qonunchiligida o`zgarishlar sodir bo`ldi unda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida deputatlar soni 120 tadan 150 tagacha yetkazish nazarda tutildi, ularning 135 tasi siyosiy partiya vakillaridan, 15 tasi Ekologik harakatdan saylanadigan bo`ldi.
2009-yil 27-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovlarda Qonunchilik palatasiga 150 deputat va 100 ta Senatorlar shakllantirildi. 2010-yil 20-22-yanvar kunlari senat a’zolari saylandi va barcha Oliy Majlis deputatlari 2014-yilning oxiriga qadar faoliyat ko`rsatdi. Ushbu davrda ular tomonidan yuzdan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.
2014-yil 21-dekabrda oshkoralik sharoitida O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovda jami 18 mln. 500 ming saylovchilarning 88,9 foizi saylovlarda faol ishtirok etdi va unda Qonunchilik palatasiga jami-150 ta deputat saylandi: Xususan O`zLDPdan-52 nafar, Milliy tiklanish Demokratik partiyasidan-36 nafar, O`zXDPdan-27 nafar, O`zASDP dan-20 nafar, 2008-yil 2-avgustda tashkil topgan O`zbekiston Ekologik harakatidan- 15 ta deputat saylandi.
2019-yil 22-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo`lib o`tdi. Saylovda 5 ta siyosiy partiyadan nomzodlar qatnashdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 150 ta deputatning 48 tasini, ya’ni 32 % ni xotin-qizlar, 9 tasini, ya’ni 6 % ni yoshlar, 39 nafari, 26 % i oldindan quyi palata deputati bo’lgan kishilar tashkil qildi.
Saylov yakunlari bo’yicha O’zLiDeP dan 53 ta, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 36 ta, O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 24 ta, O’zXDP dan 22 ta, Ekologik partiyadan 15 ta deputat saylandi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Ismoilov Nurdinjon Mo’ydinxonovich. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 5 ta siyosiy partiya fraksiyasi, 12 ta qo’mita, 5 ta komissiya faoliyat yuritmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalarini xalqaro shartnomalarga, O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarga mosligini o’rganish amaliyoti joriy qilindi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yilda 149 ta qonun loyihasi ko’rib chiqilib, shundan 62 tasi alohida qonun sifatida, 49 tasi esa 10 ta Qonunga birlashtirilib, jamlanma Qonunlar tariqasida qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Qonunlar 2016-yilda 21 ta, 2017-yilda 45 ta, 2018-yilda 55 ta, 2019-yilda 90 ta, 2020-yilda 72 tani tashkil qildi.
O`zbekiston Respublikasida saylovlarning huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksida o’z aksini topgan. Bu kodeks 2019-yil 25-iyunda qabul qilindi, 18 ta bob, 103 ta moddadan iborat. Ushbu Saylov kodesi qabul qilingandan so’ng, uning ikkinchi moddasiga binoan 1991-yil 18-noyabrdagi ”O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonun, 1993-yil 28-dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`ridagi” Qonun, 1994-yil 5-maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga Saylovlar to`g`rida”gi Qonun, 1994-yil 5-maydagi “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi Qonunlar o’z kucnini yo’qotgan deb hisoblandi.
Saylov kodeksiga ko`ra 18 yoshga to`lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari saylov huquqiga va har bir saylovchi bitta ovoz berish huquqiga, 25 yoshga to`lgan fuqaro Oliy Majlis deputati bo`lishga, 21 yoshga yetgan fuqaro viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatligiga hamda 35 yoshga to`lgan, 10 yil O’zbekistonda muqim yashagan, oliy ma’lumotli fuqarolar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin. Fuqaro bir vaqtning o`zida ikkitadan ortiq vakillik organlarining deputati bo`lishi mumkin emas.
Saylov kodeksiga asosan Qonunchilik palatasida Ekoharakat vakillari uchun kvota ajratish instituti tugatildi. Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini yuritish tartibi qonunan tartibga solindi. Saylovlarda ovoz berish vaqti 8:00 dan 20:00 gacha qilib belgilandi.
Oliy Majlisning yuqori palatasi Senatdir.Senat so`zi lotincha so`z bo`lib “Senatus”, yoki “Senix” so`zlaridan olingan bo`lib uning ma’nosi o`zbekchada “oqsoqol” yoki “mo`ysafit” degan ma’nolarni bildiradi.Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanib 12 ta viloyatdan 6 ta jami 72 ta, Toshkent shahri va Qoraqalpog`iston Respublikasidan 12 ta deputat saylanadi, jami 84 ta va a’zolarning 16 tasi fan, adabiyot, san’at, ishlab chiqarish sohadagi katta tajribaga ega bo`lgan, alohida qilgan xizmatlari uchun eng obro`yli fuqarolar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Shunday qilib Senat a’zolarining jami soni 100 tani tashkil etadi. Senatni shakillashtirish tartibi Saylov kodeksining 14-bobida o’z aksini topgan. Senatning vakolat muddati besh yil. Senat raisi bugungi kunda Narbayeva Tanzila Kavalovnadir.
Hokimiyat bo`linishining ikkinchi bo`lagi ijro etuvchi hokimiyat ya’ni Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. Bu hokimiyat-iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaga rahbarlik qiladi, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, prezident farmonlari, qarorlari, farmonlar ijrosini ta’minlovchi-ijro etuvchi hokimiyatdir.
Vazirlar Mahkamasi tarkibi qonun bilan belgilangan. Uning tarkibiga-Bosh vazir, uning birinchi o`rin bosari va o`rin bosarlari, Vazirlar, davlat qo`mitalarining raislari (12 ta), davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari kiradi .
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi. Vazirlar Mahkamasi faoliyatini Bosh vazir tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uni samarali ishlash uchun shaxsan Bosh vazir javobgar.
Bosh vazir nomzodini-saylovlarda eng ko`p ovoz olgan partiya vakillari ko`rsatadi. 2019-yil dekabr oyida bo`lib o`tgan saylovlarda eng ko`p ovoz to`plagan O`zbekiston Ishbilarmonlar va Tadbirkorlar partiyasi O`zLDP Abdulla Oripov nomzodini ko`rsatgan edi.
Prezident Bosh vazir nomzodini ko`rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis palatalariga taqdim etadi. Bu masala dastlab Qonunchilik palatasida, so`ngra Senatda ko`rib chiqiladi.
Bosh vazirni lavozimidan olish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining majlislarida-davlat boshqaruvi, xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari ko`rib chiqiladi va hal etiladi. Majlislar har chorakda bir marta o`tkaziladi. Majlislarda vazirlar, davlat qo`mitalari rayislari, idoralar, kompaniya va koorporasiya rahbarlari, konsern va uyushma rahbarlari, Qoraqalpog`iston Vazirlar Mahkamasi Kengashining rayisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlari, ular bo`lmasa ularning birinchi o`rin bosarlari ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |