Otaboyev Farrux Topshiriq javoblari. Fan metodologiyasi tabiat va jamiyatning ichki rivojlanish qonuniyatlari va uning o‘zaro bog‘liqligi. Javob-1



Download 55,28 Kb.
bet7/8
Sana17.07.2022
Hajmi55,28 Kb.
#812159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Otaboyev Farrux javoblari fan metodologiyasi bo\'yicha

Qadimgi Baqtriya podsholigi Qadimgi Baqtriya turli qadimgi tillar yozma manbalandagi Baxdi, Baqtrish (Avcsto), Baqtriyona, Baqtriya (yunon), Baxli (hind manbala- rida) yirik о lka va davlatning nomidir. Olimlammg fikriga ko ra. Baqtriya - Baqtriva tarixiy-madaniy viloyat.
. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida daiyolar muhim hayot manbayi vazifasini bajargan. Hozir ham Ozbekistonning viloyatlari, asosan, daryo va shaharlar nomlari bilan belgilangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Baqtriya yerlari Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston, Surxondaryo viloyatini o‘z ichiga olgan. Arxeologik m a’lumotlarga ko‘ra, Baqtriya hudu- dida ibtidoiy odamlar ilk va o'rta tosh davridan boshlab yoyilgan. 0 ‘zbekistonga qarashli Baqtriya qismida Teshiktosh, Machay va Zarautsoy kabi tosh asri yodgorliklari uzoq o'tmish hayoti haqida m a’lumot beradi. Miloddan avvalgi 700-540-yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlataing hududiv chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindukush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo'lishi mumkin (daryo vohalari- Murg‘ob, Balxob, Qunduz, Panj, Vaxsh, Kofimixon, Surxon, Qashqa- daryo va Zarafshon). Bu ilmiy xulosani isbotlash uchun bir qancha tad- qiqotlar olib borilgan. Agar yuqonda ko rsatilgan hududiy chegaralami Baqtriya davlati o‘z ichiga olganligi haqidagi ilmiy xulosalar to‘g ‘ri bo‘lsa, Markaziy Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yirigi bo‘lgan. Bu davrlarda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davla- ti va sak-massagetlaming harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo lgan. Videvdat kitobida Baqtriya «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida yoritilgan. So‘nggi yunon manbalarida Baqtriya «ming shaharlar davlati» deb atalgan. Baqtriya ayrim daryo vohalaridagi beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofimixon, Vaxsh, Panj, Ko‘kcha, Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan. Shimoliy Afg‘onistonda yirik shaharlar qoldiqlari - Bolo Hisor va Oltindilyorlar topib tekshirilgan. Bolo Hisor o‘mida qadimgi Baqtra joylashgan. Bu shahar Gerodot va Ktesiylaming ta’kidlashicha, Baqt- riyaning maikazi bo‘lgan u Baxdi, Bastra daryosi (hozirgi Balxob) nomi bilan bog‘liq bo‘lgan fcushunchadir. Rim tarixchisi Kursiy Ruf bunday xabar qiladi. «Baqtra dar\ osi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Ktesiyning «Persika» asarida Baqtriyaning juda ko‘p istehkomlari va qal'alari to g risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda Baqtriya tuprog‘idan miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uv-qo'rgonlar, qal’alar va shaharlar qoldiqlari topib tekshiril- gan. Surxon vohasida joylashgan Ruchuktepa, Beshqo ton, Talashqon, Jondavlat, Bandixon, Bo‘vrachi, Qizilcha, Obishir va Sho'rtepa yodgor- liklarini sanab o‘tish. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan. Baqtriyaning yirik shaharlari Qiziltepa, Yer-Qoʻrgʻon, Uzunqir va Afrosiyob hududlarida joylashgan. Oʻsha davrda Baqtriyaga tashrif buyurgan sayyoh eʼtiborini uylar, hunarmandlarning ustaxonalari va xoʻjalik binolari uzra boʻy choʻzib turgan salobatli minoralar tortishi tabiiy edi. Kvint Kursiy Rufning yozishicha, "Baqtriyaning tabiati boy va turli-tuman. Ayrim joylarda daraxtlar va toklar o`ta sermahsul hosil beradi, hosildor yerlar ko`plab buloqlardan suv ichadi. Yumshoq yerlarga bug`doy ekiladi, qolgani esa chorva uchun yaylovlardir".
Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir. Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyunp oyining oxirlarida bir guruh etakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan uchrashganda bu masalaga alohida aham iyat berdi. O’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret kO’rsatilmaganligini ta`kidlab o’tdi.
Bu muammoning kun tartibida turish sabablari Shundan iboratki, keyingi vaqtda O’zbek davlatchiligi tarixini Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan kO’chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Baozilar buni zO’r istiHola bilan niqoblab aytsalar, baozilar jar solib, shu kO’chmanchilik davlatlari bilan farxlanishga chaqirdilar.
Islom Karimov suHbatida “Ko’chmanchilar kelgunga qadar bu erda davlatchiligimizga asos bo’lgan mahal liy davlatlar bormidi O’zi?”, deb savol berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala. Bu Haqda Prezidentimiz Islom Karimov Shunday deydilar:
“Davlatchilik bugungi kunda O’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, Halqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar Hali bor. Bunday alamislar orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo’q, deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu daovoning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”.
“Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab O’tiladi. Bunga ko’ra, O’rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga qanoat Hosil qilish mumkin.
Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Uning podshosi sifatida Farasman ismli shaxs Yunon tarixchilari tomonidan tilga olinadi. Iskandar Zulqarnayn Hindiqush orqali Baqtriyaga, undan SO’diyonaga qo’shin tortib kelganda Xorazm podshosi Farasman uning Huzuriga sova-salomlar bilan kelgan va Shimol tomonlarga yurish qilmoqchi bo’lsa, O’z qo’shini bu unga yordamga tayyor ekanligin bildirgan.
Markaziy Osiyo hududida ahamoniylarga qadar tashkil topgan ikkinchi davlat bu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki maolumotlar Yunonistonlik tabib Ktesiyda uchraydi.
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari Yunon mualliflarining “Qadimgi Baqtriya podsholigi” haqidagi Hikoyalari zaminida tarixiy Haqiqat borligiga ishora qiladi. Bunga misol qilib Janubiy Baqtriya Oltin - 1 va Oltin - 10 ham da Baqtriya shaHri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni kO’rsatish mumkin. Ularning Har biri mahal liy Hokimliklarning O’rdasi bo’lgan. Qadimgi Baqtriya podsholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi Harbiy-demokratik tipdagi konfederatsiya edi.
Shunday qilib, O’rta Osiyoni ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sodir bo’lgan edi) bu ona zaminda Harbiy-demokratiya printsiplari asosida tarkib topgan ikkita davlat mavjud bo’lgan. Bular haqida “Avesto” va Yunon mualliflari juda qisqa bo’lsa-da, tegishli maolumotlar qoldirganlar. Bu davlatlar “Katta Xorazm” va Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy ham da madaniy aloqalar haqida, ular O’tgan davr haqida Hali olimlar orasida Ko’p ilmiy munozaralar bo’ladi, ular haqida Ko’plab maxsus ilmiy tadqiqotlar O’tkaziladi va yangidan-yangi asarlar chop etiladi.
Gerodotning Habar berishiga qaraganda, Doro I O’z imperiyasini alohida viloyatlarga-satrapliklarga bo’lib idora qilgan. Har bir satraplik Har yili davlat xazinasiga maolum miqdorda soliq tO’lashga majbur edi. Makedoniyalik Iskandar vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar natijasida Sharq erlari lashkarboshi Salavkga o’tdi. U miloddan avvalgi 293 yil Sharqni idora qilish ishini O’zining Spitamen qizi Apamadan bo’lgan o’g’li Antiox I ga topshirdi
Miloddan avvalgi III asrning O’rtalariga kelganda (miloddan avvalgi 250 yil) salavkiylar saltanatinig O’rta Osiyodagi mavqei butunlay tushib ketdi. Saltanatning Sharqiy satrapliklari markaziy Hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, ularning Har biri mustaqil siyosat yurgizishga intildi. Ayniqsa, bu vaziyat Parfiya va Baqtriya satrapiklarida ko’zga yaqqol tashlanar edi. Bu vaqtda Baqtriya satrapi Diodot edi. Strabonning fikriga qaraganda Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishi, baqtriyaliklarning markaziy Hokimiyatga nisbatan isyoni edi. Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishiga Diodotdan tashqari, Evtidem ham aralashgan. Evtidem xuddi O’sha vaqtda SO’diyona Hokimi bo’lib, u Diodotga tobe edi. Shunday qilib, miloddan avvalgi III asr O’rtalarida davlatchiligimiz yana O’z taraqqiyotining ikkinchi mustaqillik pallasiga kirdi. Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi 212 yilda Evtidem Yunon-Baqtriya davlatining podshosi edi.
Miloddan avvalgi 206 yildan boshlab Yunon-Baqtriya davlati uchun salavkiylar tomonidan endi Hech qanday xavf yo’q edi.
Evtidemning O’li Demetriy davrida (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Baqtriyaning hududi kengayib Har jihatdan yuksaldi. Uning nomi bilan Ko’plab joylarda tangalar zarb etildi. Davlatni boshqarish borasida isloHot O’tkazildi. Bunga ko’ra davlatni mayda Hokimliklarga bo’lib boshqarish joriy etildi. Demetriy mahal liy aslzoda vakillarini davlatni boshqarish ishiga tortadi.
Nihoyat, miloddan avvalgi 141 va 128 yillar orasida Yunon-Baqtriyaga Shimoldan kelgan kO’chmanchi yue-chjilar barham berdilar.
Vatanimix tarixida muhim rol O’ynagan Sharqning bu davlati 120 yildan ortiq vaqt yashadi. Tarixchilar bu davrda oldin Baqtriyaga qaram bo’lgan, keyin, miloddan avval II asrda, mustaqil bo’lgan SO’diyona haqida ham Ko’p gapiradilar.
Davlatchiligimiz tarixining ikkinchi bosqichida muhim rol o’ynagan davlatlardan biri qadimgi Xorazm davlatidir. Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S.P.Tolstov asarlarida massaget qabilalari ittifoqi, ularning Saksafar, Omarg va To’maris kabi vakillari tog’risida fikr yuritib o’tadi. S.P.Tolstov To’marisni debriklar malikasi, Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sulosasiga tegishli qadimgi Xorazm podshosi Shaushafor bo’lishi kerak, degan g’oyani olg’a suradi. S.P.Tolstovning bu mantiqiy o’xshatishida tarixiy haqiqat bo’lsa, u holda miloddan avvalgi VI asrda qadimgi Xorazm o’z hukmdoriga ega bo’lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo’lgan.
Qang’ davlati VII asr yashab, milodning V asri O’rtalarida emirildi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, jumladan, o’zbek xalqi tarixida bu yarim kO’chmanchi davlat zaminida yashovchi Qadimgi Eron tilining Shimoliy shaxobchasida sO’zlashuvchi tubjoy xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, Sharqiy, Turkiston, Ettisuv viloyatlarida yashovchi turkiy tilda sO’zlashuvchi qabilaar bilan yaqinlashdi.
Qadimgi manbalarda bu davrda Farg’ona (Davan, Parkan) davlati bo’lganligi haqida ham yoziladi.
Farg’ona vodiysining qadimgi tarixi haqida gap ketganida, odatda, uning miloddan avvalgi VII-VI asrlardan to milodiy eraning V asriga qadar bo’lgan davr tarixini ko’z o’ngimizga keltiramiz. Chunki, undan avvalgi davr qadimgi Farg’ona tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi va V asrdan boshlab esa uning feodal davri tarixi boshlandi. Bu davr ijtimoiy-siyosiy hayotida erkin jamoa xO’jaligi jamiyat rivojida asosiy qatlamni tashkil etardi.
Farg’ona ahamoniylarga ham , makedoniyaliklarga ham tobe bo’lmagan. Xitoy manbalarida yozilishicha, miloddan avvalgi II-I asrlarda Davan aholisi dehqonchilik va Hunarmandchilik bilan shuullangan, xO’jaliklari yuksak rivojlangan. Davan davlati boy shahar larga va kuchli qo’shinga ega bo’lgan.
Davanliklar g’arbda qang’liklar, shimolda usunlar, sharqda esa uyurlar bilan yaqin aloqada bo’lishgan. Xitoy bilan bo’lgan janglarda ularni Har doim Qang’O’ylar qo’llab-quvvatlaganlar.
Shuni ta`kidlash kerakki, VI-VIII asrlarda Markaziy Osiyo oldin eftalitlar, sO’ng Turk Hoqonligiga bo’ysungan bo’lsa ham u erda 15 ga yaqin davlatlar tashkil topgan bo’lib, ularning yiriklari: SO’d, Toxariston, Xorazm, CHoch, Farg’ona edi. Bu davlatlar ichki siyosatda mustaqil bo’lib, Hoqonlikka xiroj tO’lab turganlar.
VII asr boshida Arabiston yarim orolida yashovchi arab qabilalari Islom dini asosida birlashdilar va atrof erlarni istilo qila boshladilar. Bu vaqtda Turk Hoqonligi ichki qabilaviy nizolar oqibatida siyosiy inqirozga yuz tutib, parchalanib ketgan. Bundan foydalangan arablar VII asr ikkinchi yarmi - VIII asr boshlarida Markaziy Osiyoni bosib oldilarki, natijada davlatchiligimizga barham berildi.
Ta`kidlash kerakki, bu davrdagi bir qator qo’shni kO’chmanchilar davlatlari Vatanimizga bosib keladilar, maolum davrda Vatanimiz hududlari bu davlatlar tarkibiga kirdi. Ular Vatanimiz tarixida maolum iz qoldirsalarda, davlatchiligimiz rivojida ko’zga tashlanadigan rol O’ynamadilar. Bular Qorluqlar (VIII-IX asr), O’uzlar (IX asr oxiri XI asr boshlari), Toxiriylar (822-873 yillar), Safforiylar davlati (873-875), Qoraxoniylar davlati (X asr O’rtalari), G’aznaviylar (X asr oxiri), Saljuqiylar davlati (XI-asr) edi.
Ammo bu davrda tashkil topgan - somoniylar va XorazmshoHlar davlati davlatchiligimiz rivojida alohida O’rin egallagan tubjoy davlatlar bo’lib, ular davlat tizimining shakllanishida muhim rol o’ynaganlar.
VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan oir siyosiy vaziyat abbosiylarning MovvarounnaHr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini O’zgartirishga majbur o’tdi. Endilikda ular Sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga mahalliy zodagonlarni jalb qilish va ular qo’li bilan bu viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga Harakat qiladilar. Natija abbosiylar O’ylagandek bo’lib chiqmadi. Mahal liy zodagonlar MovarounnaHr va Hurosonnni asta-sekin O’z tasarrufiga olibgina qolmadilar, balki xalifalik markazida ham da Hokimiyatni boshqarishda tobora Ko’proq rol O’ynaydigan bo’lib qoldilar.
Ular masalan, 813 yilda Maomunning xalifa bo’lishida katta rol O’ynadilar. Bular orasida MovarounnaHrlik Somonxudot ham bor edi. Maomun uning yordamini unutmadi. Uning nabiralari Nux - Samarqandga. AHmad - Farg’onaga, YAHyo SHosh va Ustroshonga, Ilyos - Xirotga noib etib tayinlandi. O’zaro kurashlarda engib chiqqan Ismoil Somoniy (AHmadning nabirasi, 874-907 yillar Hukmronlik qilgan) MovarounnaHrni, Xurosonni birlashtirib yagona Hukmron bo’lib oldi va Somoniylar davlatiga asos soldi. MovarounnaHr mustaqilligining barqarorligi, avvalombor, markazlashgan mustahkam Hokimiyatning qaror topishiga boliq edi. Shuning uchun ular buni yaxshigina anglagan ixcham davlat maomuriyatini tashkil etadilar. Bu maomuriyat podsho dargoHi va devonlar Hokimiyatidan iborat edi.
DargoHda amir xarami ham da saroy aoyonlari navkar va xizmatchilar turar joylari bo’lgan. N.Narshaxiyning maolumoti bo’yicha Somoniylar davlatini devoni vazir, devoni mustafiy, devoni amid al-mulk, devoni soHibi shurat, devoni soHibi muayyid yoki barid, devoni mushrif, devoni muallikayi xos, devoni muxtasib, devoni avkof va devoni kazo nomlari bilan yuritiladigan devonlar boshqaruvi idora etgan. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv maHkamasi hisoblangan va davlatning maomuriy, siyosiy va xO’jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida bo’lgan. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni xazina (moliya), kirim-chiqimlar, amid al-mulk devoni-davlat xujjatlari va elchilik aloqalari, soHibi shurat devoni-Harbiy, xususan amirning turkiy gvardiyasi va uning taominoti. SoHibi muayyid devoni - maktubot va axborot, yaoni pochta, mushrif - saroy ish boshqaruvchisi, muallikayi xos devoni - davlat mulklari, muxtagisb devoni - bozorlardagi toshu-tarozilar, narxu-navo ham da fuqarollarning mafkurasi, kazo devoni - adliya, avkod devoni masjid va madrasalarning vaqf xO’jaliklari bilan shuullanar edi. Davlatchiligimiz tarixida katta rol O’ynagan davlatlardan yana biri XorazmshoHlar davlatidir. Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe edi. X asr oxiri va XI asrning boshlariga kelib, Xorazm Hokimi Maomun va uning O’li Ali Somoniylar davlati tugaganidan sO’ng mustaqil davlat tuzishga Harakat qilib qO’rdilar. Lekin MovarounnaHrdagi Qoraxoniylar, Xurosondagi aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo’lib, Ko’p Hollarda MaHmud aznaviy va uning O’li Maosudga qaram edi. aznaviylar davlatining inqirozi va Xurosonda Saljuqiylarning Hukmronligi O’rnatilgandan keyin Xorazm davlati dastlabki yillarda mustaqil siyosat olib borishga Harakat qilgan bo’lsa-da, tez orada Saljuqiylarga qaram davlatga aylandi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida Ko’p xizmat qilgan Hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) edi. Saljuqiy Sulton Malikshox davrida Xorazmda Hukmdor bo’lgan Anushteginning nabirasi Otsiz O’zi tobe bo’lgan Saljuqiy sultonlarning Har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor, diplomat va moHir sarkarda bo’lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm erlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimidagi erlarni, Mangishloqni bosib oladi. Shundan sO’ng u bir necha bor (1138, 1141-1142, 1147-1148 yy) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi va malubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe bo’lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmning mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Sulton Sanjarning O’limidan sO’ng (1157y) Saljuqiylar davlati deyarli yo’q bo’ldi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borishi uchun keng yo’l ochildi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubxasiz, Xorazmning Hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi
Hunarmandchilik shahar larini boshqarishda davlatni idora qilish anoanalariga ega bo’lmagan mungul Hoqonlari, shuningdek, CHiatoy ham O’ziga bo’ysundirilgan madaniyroq xalqlarning zodagon tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.
MovarounnaHrni bevosita idora etish ishlari xali O’rta Osiyo zabt etilmasdan ilgari CHingizxon xuzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar MaHmud YAlavochga beriladi. U Xujand shaHrini O’ziga poytaxt qilib oladi va shu erda turib MovarounnaHrni idora qila boshlaydi. Bu erda Vatanimizda mashHur allomalarning butun bir avlodi yashab ijod qildilar, meomorchilik, sanoat va musiqa gullab-yashnadi, bu Haqda boshqa mavzularda sO’z yuritamiz.

Download 55,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish