Otaboyev Farrux Topshiriq javoblari. Fan metodologiyasi tabiat va jamiyatning ichki rivojlanish qonuniyatlari va uning o‘zaro bog‘liqligi. Javob-1


Etnogenez va etnik tarix borasidagi mavjud konsepsiyalar. Bu borada akademik K.Sh. Shoniyozov va A.A. Asqarovlarning ilmiy qarashlari



Download 55,28 Kb.
bet3/8
Sana17.07.2022
Hajmi55,28 Kb.
#812159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Otaboyev Farrux javoblari fan metodologiyasi bo\'yicha

3.Etnogenez va etnik tarix borasidagi mavjud konsepsiyalar. Bu borada akademik K.Sh. Shoniyozov va A.A. Asqarovlarning ilmiy qarashlari.
Javob-3
. 3- savol bayoni. Taniqli sharq manbalarining chuqur bilindoni, prof. A.Yu. Yakubovskiy ana shu ilmiy prinsipdan kelib chiqib, 1941 yilda Toshkentda chop etilgan “O’zbek xalqining yuzaga kelishi haqida” nomli asarida o’zbek etnogenezi Turk xoqonligidan boshlanadi, degan edi. Keyinroq, o’zbek etnogenezining boshlang’ich nuqtasi antik davrgacha qadimiylashtirildi, ya’ni S. P. Tolstov qadimgi Xorazmda olib borgan keng ko’lamli arxeologik, antropologik va etnografik materiallarning yozma manba ma’lumotlari bilan qiyosiy organib, “Qang’ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o’zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bolmagan”, degan g’oyani ko’tarib chiqdi. Akademik Karim Shoniyozov esa o’zining “Qang’ davlati va qang’lilar” nomli hamda “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni” nomli oxirgi fundamental monografiyasida mana shu g’oyani qatiy himoya qilib chiqdi. Shuningdek, Qang’ davlati ichida miloddan oldingi II- milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq-qang„ar elati vujudga keladi. Bu elat eroniy tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi, degan xulosaga keladi. Hozirgi kunda bu sana yanada qadimiylashtirilgan, ya’ni so’nggi bronza davri bilan belgilanmoqda (akademik A.Asqarov nuqtai nazari). Bunday qarashlarning ilmiy asosida o’zbeklarning o’q tomiri, bosh ildizi ikki tilda so’zlashuvchi etnik qatlamlarning (sug’diy va turkiygo’y) qorishuv natijasi ekanligi va uning dastlabki sanasi, ularning ilk bor qorishaboshlagan nuqtasi so’ngi bronza davridan boshlanganligi hisobga olingan. O’rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi haqidagi milliy avtoxtonizm konsepsiyasi ilmiy-metodologik jihatdan asosli bo’lsada, ammo uning ayrim tomonlari jiddiy taxlil va qo’shimcha ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Masalan, o’zbek xalqining turkiy ildizini O’rta Osiyoda ilk bor paydo bo’lishi yoki turkiylarni faqat ko’chmanchi xalq sifatida ta’riflash masalasi. Bu yerda zamon va makon masalasi, qadimgi xalqlarning tabiiy-geografik sharoitga, ekologik vaziyatga moslashib xo’jalik yuritish an’analari hisobga olinmagan. Natijada fanda ba’zi bir onglashilmovchiliklar paydo bo’ldiki, bunga ko’ra, O’rta Osiyoning turkiygo’y qabilalari “kelgindi”, qadimiy eron zabon xalqiga nisbatan “tub joyli” aholi deb qarash tasavvuri paydo bo’ldi. Aslida shundaymidi? Yo’q, unday emas. Milliy avtoxtonizm nazariyasiga ko„ra, “O’rta Osiyo xalqlarining barchasi hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog’likligi” ta’qidlansada, ammo, o’zbek etnogenezining boshlang„ich nuqtasi Turk hokonligidan boshlanadi, degan tezis ortaga tashlanib, ozbek xalqining turkiy ildizini dastlab ilk o’rta asrlar davri bilan, keyinroq esa antik davri bilan chegaralab qoyildi. Natijada fanda, ushbu zaminning unga qadar tarixi va boy madaniy merosi faqat eron zabon xalqlarga tegishli, degan xulosa chiqarishga o„rin qoldirildi. Bundan hozirgacha foydalanib kelayotganlar oramizda yo„q emas. Tog’ri, nazariy qarashlarda turkiygoy o’zbeklarning asosiy ildizlaridan biri, o’q tomiri eronzabon sug„diylar, boxtariylar, xorazmiylar va sak qabilalari ekanligi inkor etilmaydi. Ammo, o„zbek xalqi tarixi, madaniy merosi, uning kelib chiqishi haqida bitilgan ilmiy maqolalar, risolalar, fundamental monografiya va asarlarda asosiy urg’u, uning turkiy ildizi bilan bog„lik yozma manbalarga ko„proq qaratib kelindi. Natijada, o’zbek xalqining sug„diy negiziga beixtiyor soya tushayotganligiga e’tibor berilmadi. Odatda kochmanchi qabila va elatlar xech qachon bir joyda muqim yashamaydi. Ular doim kochib yuradi. Chunki, ularning xojalik asosi va turmush tarzi shuni taqoza etadi. Moddiy madaniyat va yozma manbalarga kora, Dashti Qipchoq o’z tabiiy-geografik sharoitiga kora, ko’chmanchilarning azaliy vatani bo’lsada, u yerlarda yashagan xunlar, usunlar, qarluq va chigil, argun va tuxsi, kaltatoy va qangli, qirg’iz va uyg’ur, Oltoy turklari va ularning ajdodlari xu, di, rung hamda sak-skif qabilalari xech qachon bir joyda muqim yashamagan. Ular nafaqat bepayon buyuk turk dashtida, balki O’rta Osiyoning qadimgi dehqon jamoalari tomonidan o’zlashtirilmagan daryo havzalari va cho„llarida ham o„z chorva mollarini yaylovlarda boqib kochib yurgan. Kochmanchilarning ovam kambagal qismining bir bo„lagi har safar bu zaminda qolib ketgan va ular sekinasta o„troq hayotga, ya’ni dehqonchilik va xunarmandchilik xo„jaligi bilan shugullanishga o„taboshlaydilar. Bu jarayonning bir necha asrlar davomida muntazam davom etishi va uning uzliksiz takrorlanishi natijasida O’rta Osiyoning Amudaryogacha bo„lgan hududlarini bronza davridan boshlab turkiygoy qabilalarni Turon zaminning tub joyli aholiga aylanib ketishiga olib kelgan. O’rta Osiyo saklari (Avestoda turlar, ularning aslzodalari-oriylar) oz navbatida buyuk turk cho„lining markaziy va sharqiy Kozokiston, Tog’li Oltoy, Orol, Yenisey va Orxon daryolari havzalarigacha kirib borganlar va u joylarning xukmron turkiy til muhiti ta’sirida turkiylashganlar. Demak, qadimgi sak-skif qabilalariga xos ikki tillilik juda keng turko-sug’diy etnomaydonda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy hamda madaniy jarayonlar mahsuli ekanligi haqiqatga yaqindir, ya’ni O’zbekiston deb atalmish ona zaminimiz xalqining har ikki etnik qatlami ham turko-sug’diy etnomaydonda juda qadim-qadim zamonlardan birga yashab, tarkib topgan tag’li-tugli, tub joyli aholisidir. Sobiq sovet davri tarixiy lingvistika tadqiqotlari va uning ta’sirida bo„lgan tarix fanida O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari tili masalasida, ularni eroniy tilli xalq sifatida talqin qilib kelindi. Chunki Avesto va Veda kabi eng qadimgi yozma manbalar tili Ovrupa xalqlarining qadimiy tillari bilan qarindosh ekanligi ayon bo„lgach, bu mintaqaning tub aholisini barchasi xaligi yozma manbalar tilidan kelib chiqqan holda eronzabon deb qabul qilinib, bu zaminda qadim zamonlardan ular bilan birga qon-qardosh, qoni-qo’shni va quda-anda bo„lib yashab kelgan turkchilikka xech qanday orin qoldirilmadi. Aslida esa, qadimgi shimoliy xitoy kichik podsholiklarining “shi”larini (yilnomachilarini) Xitoydan shimolda, shimoliy-sharq va shimoliy-garbda yashagan chorvador qabilalari haqidagi ma’lumotlarining taxliliga qaraganda, Dashti Qipchoqda, hozirda “Yevraziya” deb nomlangan mintaqalarda bronza va ilk temir hamda undan keyingi tarixiy davrlarda qadimgi turkiy tilning turli lahjalarida so„zlashuvchi qabilalar yashagan (bu haqda ushbu ko„llanmaning bundan keyingi tegishli boblarida so„z boradi). Hali bu yangi malumotlar keng ommalashmagan kezlarda, xatto eronshunos olimlar Xindu-Ovpupa nazariyasidan kelib chiqqan holda, O„rta Osiyodan to Baykalgacha bo„lgan mintaqalarda eroniy til muxiti xukmron edi, degan asossiz qarashni ilmiy jamoatchilik ongiga singdirib yubargan. Masalaga jiddiyroq yondashilsa, turkiy xalqlar etnogenezini mutlaqo turkchilikdan yoki turk davlatchiligining ilk makonlaridan kelib chiqib yechib bo„lmaydi. Masalan, Xun davlati va Turk hokonligi shakllangan hududlar O„rta Osiyodan sharqda bo„lgan. Ammo, negadir, har ikkala davlat tarixida Turon o„lkalarini o„z tasarrufiga qo„shib olish masalasi bejiz qo„tarilmagan. Chunki, Turon o„lkalari Markaziy Osiyoning aholisi jihatidan ham tarkibiy qismi bo„lib, bu o„lkalar miloddan avvalgi I-ming yillik o„rtalaridan boshlab Eron ahamoniylari tasarrufiga o„tgan edi. Taniqli avestoshunos olim M. Is’hakov tabiri bilan aytganda, “bu o„lkada (qadimgi Turonda) ahamoniylarning siyosiy xukmronligi o„rnatilib, uning tarkibiga kirgan eroniy va turkiy xalqlarning bariga buyuk Eron davlati fuqorasi sifatida qarash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xalqlarning o’z tillaridan qat’iy nazar umum eroniy rasmiy til qonuniy til qilib qo’yildi. Natijada davlat maxkamachiligi doirasida Turonning turkiy til mavkei sun’iy ravishda bekor qilindi”. Ta’qidlash joizki, XX asrning 70-80 yillarida O„rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozrqiston dashtlari, Tog„li Oltoy, Janubiy-Sharqiy Orol tog’ oldi mintaqalari va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar qolida boy faktik materiallar to„plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’ektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan kelib chiqmadi. Sobiq sovet davri tarixshunosligi eronparast lingvistlar ta’sirida (ular sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavkega ega edilar) Qora dengizning shimoliy-sharqiy sohillaridan to Baykalgacha chozilgan cho’llarda qadimda eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog’li Oltoy qismidagina turk qabilalari 1 7 yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o’rnashib qolgan edi. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya va Tojikiston olimlari, balki mustaqil O’zbekiston arxeolog va tarixchilari orasida uchrab turadi. Sovet davrida to’plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko’rib chiqish, ular taxliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g’oyaviy erkinlikdan foydalangan xolda o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab, o’zbek xalqi etnogenezining boshlangich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O’zbek xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas, deyildi. O’zbeklarning ikki xil tilda so’zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-biriga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so’ngi bronza davridan boshlandi, degan xulosaga kelindi .

Download 55,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish