Otaboyev Farrux Topshiriq javoblari. Fan metodologiyasi tabiat va jamiyatning ichki rivojlanish qonuniyatlari va uning o‘zaro bog‘liqligi. Javob-1


Etnogenez va etnik tarix fanining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari



Download 55,28 Kb.
bet2/8
Sana17.07.2022
Hajmi55,28 Kb.
#812159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Otaboyev Farrux javoblari fan metodologiyasi bo\'yicha

2.Etnogenez va etnik tarix fanining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari.
Javob-2
Agarda xalqlarni kelib chiqishi masalasiga doir metodologik talablardan kelib chiqadigan bo’lsak, birinchidan, etnogenez, etnik tarix va millat tarixining har birini alohida olganda, ularning boshlangich va yakuniy nuqtalari bor. Shuning uchun etnogenez va etnik tarixni o„rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o’rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmogi kerak bo’ladi. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir -5 bosqichida paydo bo’ladi. Etnogenezning boshlangich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan “ajdodlariga” borib taqaladi. O’zbek xalqining qadimgi ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy til lahjalarida so’zlashuvchi tub joyli o’troq va chorvador aholisi ekan, bu ikki xil tilda so’zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni milliy avtoxtonizm nazariyasiga ko’ra, o’zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi. Ikkinchidan, hech qachon etnos ajdodlarining antropologik tipi va tili etnos tili va tipm bilan bir vaqtda yuz bermaydi. Chunki, etnogenez tarixining ilk bosqichlarida etnik birliklar, ayniqsa ularning tili va tipi hali shakllanmagan. Til, tip va etnik birlik tushunchalari har xil davr voqiyligi bo„lib, ularning shakllanish jarayoni bir davrda sodir bo’lmaydi. Uchunchidan, etnos bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy borlikdir.U kishilik taraqqiyoti ma’lum bir bosqichining hosilasidir. Etnos o’zining shakllanish jarayonida, ya’ni etnogenez bosqichida va undan keyin ham har xil tarixiy sabablarga ko„ra, uning tarkibiga yangidan-yangi etnik qatlamlar qoshilib boradi. Bu tabiiy xol. Dunyoda xech bir xalq yo„qki, u o„z shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridan to millat darajasiga kotarilgunicha boshqa etnik birliklar aralashmalarisiz rivojlangan bolsa. Demak, yer yuzining barcha xalqlari kelib chiqishi jihatidan kop etnik komponentlidir. O’zbek xalqining kelib chiqishi bunga yorqin misol bo’laoladi. Darhaqiqat, o’zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan to xalq sifatida shakllanib bo’lguniga qadar, uning asosiy tarkibini tashkil etgan avtoxton sug„du-xorazmiy va qadimgi turkiy zabon etnik qatlamlardan tashqari turli davrlarda har xil miqdorda mahalliy va tevarak-atrofdan kelib qo„shilgan etnik guruxlarni o’ziga singdirib bordi. Tortinchidan, har bir xalqning etnik tarixini o„rganish etnik birlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichdan boshlashni taqoza etadi. Etnik birlikning paydo bo„lishi, rivojlanishi va uning etnosga aylanishi juda qadim-qadim zamonlardan boshlanib, to uning xalq bo’lib shakllanguniga qadar davom etadigan butun bir tarixiy jarayondir. Etnos tarixining muhim bosqichlaridan biri esa uning uzil-kesil shakllanish jarayonini nihoyasiga yetishidir. Agar etnos shakllanishi nihoyasiga yetgan bo’lsa, unga keyinroq qo’shilgan etnik komponentlar shakllangan etnos tarkibini o’zgartirib yubaraolmaydi, balki uning tarkibida etnografik guruxlar sifatida uzoq vaqtlar yashab, ma’lum bir tarixiy voqiylik ta’siridan so’ng etnos tarkibiga singib ketadi. Masalan shunday xolat o’zbek xalqining etnik tarixida yuz bergan. XI-XII asr birinchi yarmida uzil-kesil shakllangan o„zbek xalqi tarkibini XIII asr birinchi choragidan boshlab, mo’g’ul istilolari tufayli, bu zaminga kirib kelgan turko-mongul qabilalari va XVI asr boshlarida O’rta Osiyoda 92 ko’chmanchi shayboniy uruglarining paydo bolishi o’zbek xalqi etnik tarkibining asosini ozgartirib yubara olmadi, aksincha ular janubiy sibir antropologik tipining vakillari sifatida Zarafshon vodiysi, Surxondaryo va Qashqadaryoning togoldi va chol mintaqalarida, shimoliy Xorazmda uzoq vaqt alohida etnografik guruxlar bolib yashay berdilar. Ularning badavlat aslzoda tabaqasi shaharlarga ornashib, Orta Osiyo ozbek xonliklarin foydalanayotgan birlamchi manba’larning nisbati va xususiyatini bilish muhimdir. U birlamchi manba’larni etnografiya, antropologiya, arxeologiya, toponimika, tarixiy lingvistika, yozma yodgorliklar, numizmatika, epigrafika va boshqalar tashkil etadi. Ularning har biri etnogenez va etnik tarix uchun qimmatli ma’lumot beradi. Yettinchidan, Etnogenetik jarayonni o’rganishda uchta masalaga oydinlik kiritib olish zarur. 1). O’rganilayotgan etnos tub joylimi yoki kelgindi? 2). O’rganilayotgan etnos asosi bir komponentlimi yoki ko’p komponentli? 3). O’rganilayotgan xalq etnik uyushmasining o’zagi dastlab qaerda tarkib topgan? Tadqiqotchi oz oldigashu savollarni qo’yar ekan, doima bir narsani yodda tutish kerakki, xech qachon etnik uyushmaning “monogenezi” bo’lmaydi.

Download 55,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish