7.Antik davrda qadimgi dehqonchilik o‘lkalarida yozuv, pul va mahalliy davlatga ega bo‘lgan so‘g‘d, xorazmiy va boxtar etnoslarining tarkib topishi.
Javobi-7
Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 20-asr boshlarigacha saqlangan.
Miloddan avval VI asrda Ahamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi.
Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid", "Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "Sug'd" shaklida qoʻllaydi.
"Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch —GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.
Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy-geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.
Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoqlari Sugʻd orqali oʻtgan. Natijada Sugʻd xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab Sug'd savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo boʻlgan. Sugʻdiy tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan Sugʻd chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan
Sug'd miloddan avval VI-IV asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval 329-yilda Iskandar Maqduniy saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-Baqtriyaga tobe boʻlgan.
Miloddan avval II-I asrlardan boshlab Sugʻd oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. Sugʻd asta-sekin har 3 qismni oʻz atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.
Milodiy I-V asrlarda Sugʻd kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saqlab keldi. Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI asr oʻrtalaridan VIII asr boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (VIII asr 1-chorak), to Sug'd podshohi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) Sug'd oʻzining konfederativ xususiyatini saqlashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sug'dda ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
Tarixchi olim A.Saodullaevning yozishicha (“O’zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni taHlil qilish shuni kO’rsatdiki, mil.avv. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. SO’nggi bronza davrida meHnatning dastlabki yirik taqsimoti rO’y beradi. CHorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy Hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo’lib, bu mahsulot maolum shaxslar qo’lida tO’plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shahar larga aylanib borar ekan, bu shahar lar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining maomuriy markazi bo’la bordi. Ammo shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma maolumotlar juda kam. Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda birmuncha ishonchli bo’ladi.
Maolumki Har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir.
“Avesto” maolumotlariga ko’ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo jamiyati alohida oilalardan tashkil topganini ko’ramiz. Erga uru jamoasi, egalik qilgan, bir nechta urular qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar birlashib viloyat (“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari maolum vaqtda tO’planib kengashib turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, Harbiylar, dehqonlar, chorvadorlar va Hunarmandlar kabi tabaqalarga bo’ladi. Qadimgi xO’jaliklar chorvachilik va dehqonchilikka alohida eotibor berganlar.
Akademik A.Asqarovning yozishicha, Yunon mualliflarining xabariga ko’ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlat bo’lgan. Bular “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo’lib, ular Harbiy demokratik printsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzuq-yuluq va juda qisqa maolumotlar uchraydi.
“Avesto” maolumotlari asosida mashHur xorazmshunos olim S.P.Tolstov, Ovrupo olimlaridan V.Xenning ham da I.Gershovichlar “Katta Xorazm” davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik maolumotlarni solishtirib O’z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.P.Tolstov “Avesto”da Zaratushtraning vatani Aroyanam Vaychax-qadimgi Xorazm bo’lgan deydi.
“Avesto”ga ko’ra, Zaratushtraning Vatani Aroayanom Vaychax Daitiya daryosining soHilida joylashgan. S.P.Tolstov va qator boshqa olimlar Daitiya bu Amudaryodir deydilar. Qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra O’z ta`limotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi S.P.Tolstov.
“Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab O’tiladi. Bunga ko’ra, O’rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga qanoat Hosil qilish mumkin.
Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Uning podshosi sifatida Farasman ismli shaxs Yunon tarixchilari tomonidan tilga olinadi. Iskandar Zulqarnayn Hindiqush orqali Baqtriyaga, undan SO’diyonaga qo’shin tortib kelganda Xorazm podshosi Farasman uning Huzuriga sova-salomlar bilan kelgan va Shimol tomonlarga yurish qilmoqchi bo’lsa, O’z qo’shini bu unga yordamga tayyor ekanligin bildirgan.
Markaziy Osiyo hududida ahamoniylarga qadar tashkil topgan ikkinchi davlat bu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki maolumotlar Yunonistonlik tabib Ktesiyda uchraydi.
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari Yunon mualliflarining “Qadimgi Baqtriya podsholigi” haqidagi Hikoyalari zaminida tarixiy Haqiqat borligiga ishora qiladi. Bunga misol qilib Janubiy Baqtriya Oltin - 1 va Oltin - 10 ham da Baqtriya shaHri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni kO’rsatish mumkin. Ularning Har biri mahal liy Hokimliklarning O’rdasi bo’lgan. Qadimgi Baqtriya podsholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi Harbiy-demokratik tipdagi konfederatsiya edi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |