Ot so‘z turkumi haqida


Otning grammatik kategoriyalari



Download 59,5 Kb.
bet4/5
Sana26.09.2021
Hajmi59,5 Kb.
#186372
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ot so‘z turkumi haqida

2. Otning grammatik kategoriyalari

Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.

Otlar nutqda doimo grammatik son va kelishik kategoriyasida bo‘ladi. Masalan, kitob - birlik sonda va bosh kelishikdagi ot. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida har doim ham ishlatilmaydi.

Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni ifodolovchi vositalar son kategoriyasini tashkil etadi.

Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan: kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.

Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali ifodalanadi va bir turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi –lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini ifodalashning bu usuli morfologik usul deb yuritiladi. Masalan: kitob - kitoblar, qalam - qalamlar. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, kuch-qudrat, savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan otlardir. Juft turdosh otlarning yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz kabi turlari ko‘plikda qo‘llaniladigan otlardir. Ko‘rpa-to‘shak, qand-qurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-ma’shuq, oshna-og‘ayni kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida ishlatilishi mumkin.

O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga mavhum otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan otlar, atoqli otlar, jamlovchi(xalq, o‘rmon) va jamlik (soch, kiprik) otlari kiradi. Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( matematika, adabiyot, dehqonchilik, o‘qituvchilik) ham ko‘plikda qo‘llanmaydi. Bunday otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ko‘plikdan boshqa ma’no ifodalanadi. Bu ma’no otlarga xos modal ma’no deb yuritiladi. Grammatik son affiksi asosida ifodalanadigan modal ma’nolar quyidagilardan iborat:

1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik ma’nosi ifodalanadi: Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, Akramovlar oilasi, Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon bo‘lgan Sharq. Atoqli otlarning bir turi bo‘lgan geografik nomlarga qo‘shilganda esa, shu joy anglatgan hududning barcha qismi anglashiladi: Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni tomosha qilmoq kabi.

2.Mavhum otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ma’no kuchaytiriladi: uyqularim qochib ketdi, ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi kabi. Xuddi shunday modal ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda bo‘ladigan otlarga hamda jamlik va yakkalik tushunchalarni ifodalovchi otlarga –lar qo‘shilganda ham ifodalanadi: ko‘zlarim achishdi, qo‘llari toldi, yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi.

3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda tur, nav ma’nosi anglashiladi: unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir yog‘i), qumlar (qora, sariq ).

4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi ifodalanadi: bobomlar, akamlar, amakimlar kabi. Agar -lar affiksi egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday otlar ko‘plik, shuningdek, boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin. Qiyoslang: akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim. Shuningdek, hurmat ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi vositasida birikkan ba’zi narsa-buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan avval –lar affiksi qo‘shilganda ham hurmat ma’nosi anglashiladi: Bobomlarning sovg‘alari, akamlarning ko‘ylaklari, amakimlarning uylari.

5. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, ba’zan piching, kesatiq ma’nosi ifodalanadi: Tojixon o‘zlaridan ibrat olsa, kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, ajab emas. (A. Qahhor)

Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik usuldan tashqari quyidagi unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:1) leksik- semantik usul. Grammatik jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik anglatuvchi jamlovchi otlar orqali: xalq, armiya, to‘da, poda; 2) leksik-sintaktik usul. Son va ot turkumiga oid so‘zlarni biriktirish hamda takroriy otlar orqali: o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta daraxt, dasta - dasta gul, qop - qop un, ombor-ombor g‘alla kabilar. Narsaning birdan ortiqligini qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, otning morfologik ko‘pligi birgina –lar affiksi orqali shakllanadi. Unga (oppozetiv) qarama-qarshi bo‘lgan grammatik shakl esa birlik hisoblanadi.


Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish