Основные законы и понятия химии



Download 6,88 Mb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi6,88 Mb.
#293696
  1   2   3   4
Bog'liq
01 Кимёнинг асосий тушунчаси .ghtp [Автосохраненный]

  • Kirish. O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligida axamiyati. Kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari

Reja:

  • 6. Foydalanilgan adabiyotlar
  • 1. Kimyo fani vazifalari. Kimyo fanining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
  • 2. O’zbekistonda kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi.
  • 3. Atom malekulyar ta’limot. Modda miqdori – mol. Kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari. Stexiometrik qonunlar.
  • 4. Mavzu yusasidan savol va test topshiriqlar
  • 5. Glossariy
  • Kimyo fani – bizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma-xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli-tuman hodisalarni o’rganuvchi fizika va biologiya bilan birga tabiatni o‘rganuvchi uchta fandan biri dir.
  • Bu dunyo ko’proq kimyoviy moddalar va ularning aylanish dunyosidir, ya’ni bizning atrofimizni o’rab olgan dunyoda sodir bo’layotgan jarayonlarning ko’pchiligi kimyoviy jarayonlardir.
  • Tabiatdagi hamma jismlar moddalardan tashkil topgan. Bu fanlar o‘rganish soxasining xarakteri va masshtabi bilan farq qiladi. Tabiatdagi jarayonlarni to‘rtta masshtabga (darajaga) bo‘lish mumkin: 1) Astronomik; 2) Makroskopik (insoniyat va uni o‘rab olgan muxit); 3) Mikroskopik (atom va molekula darajasi); 4) Ultramikroskopik (elementar zarrachalar tuzilishi darajasi). Fizika – yuqoridagi barcha darajalardagi o‘zgarishlar va hodisalarni o‘rganadi. Biologiya – tirik tabiatdagi makroskopik jarayonlarni o‘rganadi. Kimyo – moddalarni makroskopik darajada o‘zgarishlarini atom-molekulyar darajada tahlil qilib o‘rganadi.
  • Kimyo – moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan.
  • aniq shaklga ega bo‘lgan barcha narsalar bo‘lib, moddalar yasaladi. Masalan: Plastmassa moddasidan – ruchka, televizor, radio, kompyuter va h.k., alyuminiy moddasidan – qoshiq, samolyot korpusi, uy-ro‘zg‘or buyumlari va h.k. jismlar yasaladi.
  • Jism –
  • Modda
  • xossaga ega bo‘lgan barcha narsalar. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion ...) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 18 mln.dan ortiq modda o‘rganilgan. Masalan: Suv, neft, oltin, temir, havo.
  • Moddaning
  • xossasi
  • moddalarning bir-biriga o‘xshaydigan va bir-biridan farq qiladigan belgilari. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo‘linadi: 1) Moddaning fizik xossalari: zichlik, ta’m, rang, agregat holat (gaz, suyuq, qattiq va plazma), qaynash, erish, suyuqlanish, muzlash haroratlari, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, qovushqoqlik, elastiklik va h. 2) Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metalmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish va h. Masalan: Suv (H2O) – 1) zichligi birga teng bo‘lgan ta’msiz, rangsiz suyuqlik, 1000C da qaynaydi, 00C da muzlaydi, issiqlik va elektr tokini yomon o‘tkazadi. 2) yonmaydigan, neytral modda.
  • Molekula
  • moddaning xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: SHakar suvda eritilganda molekularga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan.
  • Atom
  • musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq atom fanga ma’lum. Atom – grekchadan olingan bo‘lib, “bo‘linmas” degan ma’noni anglatadi. Taxminan 25 asr (2500 yil) oldin “ATOM” tushunchasini yunon filosofi Demokrit va uning ustozi Levkipp fanga kiritgan. Atomlar barcha oddiy va murakkab moddalar molekularining tarkibini tashkil qiladi.
  • Kimyo – o’zining vazifalari va ishlash usullari bilan farq qiladigan, ammo o’zaro bog’langan yoki qator chegara sohalariga ega bo’lgan bo’limlarga bo’linadi. Masalan, har qanday kimyoviy aylanishlarga xos umumiy qonuniyatlarni o’rganish bilan umumiy kimyo shug’ullanadi.
  • Moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini o’rganish bilan analitik kimyo shug’ullanadi.
  • Kimyo oldida turgan vazifalar, ayni paytda ilmiy – texnika taraqqiyoti va jamiyatimizning tinimsiz o’sib borayotgan ehtiyojini to’liq qondirish, moddalar to’g’risida to’plangan bilimlarni hamda yutuqlarni insonlarning turmush faoliyatlarini yaxshilashga tadbiq qilish bilan uzviy bog’liq.
  • O’zbekiston Respublikasi kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Yirik xomashyo zahiralari mavjud: bularga tabiiy gaz, gaz kondensati, fosforit, sil’vinit, osh tuzi, marmar, ohaktosh, neft va boshqalar kiradi. Kimyo korxonalari kompaniyalarida 30 mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Oliy o’quv yurtlarida kimyo mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda.
  • 2001 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kadrlar bilan “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyati tuzildi.
  • “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyatining 2004-2007 yil va 2010 yilgacha korxonalarning “Rivojlanish va texnik qayta qurollanish rejalari” ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
  • Kimyo sanoatining rivojlanish yunalishlarining asosiy strategiyalariga:
  • -harakatdagi mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish;
  • -to’xtab qolgan ishlab chiqarish mahsulotlarini eksportbop qilib ishlab chiqarishni o’zlashtirish kabilar kiradi.
  • O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
  • O’zbekistonda nafaqat anorganik kimyoning, balki kimyoning hamma tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek kimyogar olimlaridan Obid Sodiqovich Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov, Malik Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich Usmonov, Karim Sodiqovich Axmedov, Zokirjon Salimovich Salimov va boshqalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
  • Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan buyuk o’zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
  • Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) O’z.FA akademigi. O’z.FA.Prezidenti (1966-1984). Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofati laureati. O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o’zbek olimiG’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilgan.
  • Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini ham chuqur o’rganish asosida ayrim gruppa moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik rolini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi.
  • Yunusov S.Y. (1909-1991). O’z.FA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ixtirolar, 10 dan ortiq monografiyalar muallifi. 10 dan ortiq fan doktori, 100 dan ortiq fan nomzodi tayyorlagan. 1969-yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan. D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. O’z.FA o’simlik mod-dalari kimyosi institutiga asos solgan va o’simlik moddalari kimyosi maktabini yaratgan. O’zbekistonda uchraydigan 3600 dan ortiq o’simlikda 2000 dan ortiq alkaloidlarni aniqlagan.
  • Parpiyev N.A. (1931). O’z.FA akademigi, kimyo fanlari dok-tori, professor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. 500 dan ortiq maqola, 7 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta darslik muallifi. Uning rahbarligi ostida 11 ta fan doktori, 32 ta fan nomzodi tayyorlangan. Ilmiy ishlari koordinatsion birikmalar stereokimyosi, ularning tuzilishiga bag’ishlangan. Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori darajada toza molibden olishning termik usulini ishlab chiqqan.
  • Solihov Sh.I. (1944). O’z.FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. 275 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, 40 tadan ortiq patentlar muallifi. Uning rahbarligi ostida 5 ta fan doktori va 25 ta fan nomzodi tayyorlangan. Oqsillar kimyoviy tuzilishi va ularninig organizmga ta'siri to’g’risida ilmiy maktab yaratgan. Olimning В«LogodenВ», В«TimoptinВ», В«GazolidonВ» kabi 10 ga yaqin preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Uning rah-barligida olingan feromon tutqichlari mamlakatimiz paxtachiligini zararkunandalardan himoya qilishda bir necha yildan buyon to’liq qo’llanilmoqda.
  • Asqarov M.A. (1931). O’z.FA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 dan ortiq monografiya va darsliklar muallifi. Uning rahbarligi ostida 14 ta fan doktori va 90 dan ortiq fan nomzodi tayyorlangan. Tabiiy va sun'iy polimerlar sohasida yirik ilmiy ishlar qilgan. O’zbekistonda polimerlar kimyosiga asos solgan taniqli olimlardan biri.

Atom – molekulyar ta’limot.

  • Atom – molekulyar ta’limot.
  • Atom – molekulyar ta’limot asosini M.V.Lomonosov yaratgan.
  • 1.Barcha moddalar molekulalardan tarkib topgan Molekula – moddaning xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekularga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi.
  • 2.Molekulalar atomlardan tarkib topgan.
  • Atom-bu kimyoviy elementning modda tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachadir.
  • 3.Molekulalar va atomlar to‘htovsiz harakatda bo‘ladi.
  • 4.Kimyoviy reaksiyalarda bir hil molekulalardan boshqa hil molekulalar hosil bo‘ladi.
  • Kimyoviy reaksiyalarda atomlar o‘zgarmaydi.

Barcha zarrachalar molekula atomidan tashkil topgan

  • Barcha zarrachalar molekula atomidan tashkil topgan
  • Atom — bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarrachadir. Yadro atrofida elektronlar aylanadi. Elektronlar soni yadroning musbat zaryadlar soniga teng bo’ladi,
  • Molekula—moddalarning kimyoviy xossasini o’zida saqlagan eng kichik zarrachadir. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi.
  • Molekula, atom va ionlar doim harakatlanib turadi.
  • МОДДА Molekulalarning turiga qarab moddalarni 2 turga bo’lish mumkin.
  • Toza (sof) moddalar– Faqat bir xil zarrachalardan hosil bo’lgan moddalar. Masalan: H2O – suv (distillangan), C12H22O11 – shakar, H2SO4 – sulfat kislota, O3 – azon, S – oltingugurt, Fe – temir, Au – oltin, CO2 – karbonad angidrid, CH4 – metan, NH3 – ammiak, CaCl2 – kalsiy xlarid va b. Toza moddalar tarkibiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: а) Oddiy moddalar, b) Murakkab moddalar
  • 2) Aralash moddalar (aralashmalar)– Har xil molekulalardan hosil bo’lgan moddalar. Masalan: Dengiz suvi, havo, neft, tuproq, un, bromli suv, ohakli suv va b.
  • Aralashmalar ham ikki guruhga bo’linadi
  • а) Gomogen (Bir jinsli) aralash moddalar– Toza moddadan oddiy ko’z bilan hatto mikroskop bilan ham farqlab bo’lmaydigan aralashmalar.
  • Masalan: Dengiz suvi, havo, shisha, vodoprod suvi, aroq, yog’ va moylar, benzin, vazelin va b.
  • б) Geterogen (bir jinsli bo’lmagan) aralash moddalar – Toza moddadan oddiy ko’z bilan ham farqlab bo’ladigan aralashmalar. Masalan: neft, tuproq, un, bromli suv, ohakli suv, jez, latun, po’lat, cho’yan, bo’yoqlar, so’k, dorilar va b.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish