Metyu Meselson (1930–) va Franklin Stal (1929–) 1958-yilda ushbu modellarning qaysi biri DNK replikatsiyasini toʻgʻri ifodalashini tekshirish uchun tajriba oʻtkazdilar. Ular azotli asoslarga va oxir-oqibat DNKga kiritilgan azotning "og'ir" izotopi (N15) bo'lgan muhitda E. coli ni o'stirdilar. Keyin E. coli kulturasini N14 ni o'z ichiga olgan muhitga o'tkazildi va bir avlodga ko`paytirildi. Hujayralar yig'ib olindi va DNK ajratildi. DNK ultratsentrifugalash orqali ajratildi, uning davomida DNK o'zining zichligiga ko'ra turli chiziqlar hosil qildi. N15 da oʻstirilgan DNK N14 da oʻsganidan koʻra yuqori zichlikdagi chiziqlar hosil qilishi kuzatildi.

DNK replikatsiyasida ko'p miqdorda oqsillar va fermentlar qatnashadi
Ferment yoki omil
Vazifasi
DNK polimeraza I
Ekzonukleaza faolligiga ega, RNK primerini olib tashlaydi va uni yangi sintez qilingan DNK bilan almashtiradi
DNK polimeraza III
Nukleotidlarni 5' dan 3' gacha ulaydigan asosiy ferment
Helikaza
Azotli asoslar orasidagi vodorod bog`larni uzish orqali DNK spiralini ochadi
Ligaza
Bitta uzluksiz DNK zanjirini yaratish uchun orqada qolgan ipdagi Okazaki bo'laklari orasidagi bo'shliqlarni to`ldiradi.
Praymaza
Replikatsiyani boshlash uchun zarur bo'lgan RNK primerlarini sintez qiladi
SSB (Single-stranded binding proteins)
DNKdan bir zanjirli molekulalarni hosil bo‘lishida SSB-oqsillari polinukleotid zanjirlarni stabillashtirib, molekulada hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan DNKning ikkilamchi strukturasini shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi
sliding clamp
Nukleotidlar bog`lanadigan vaqtda DNK pol III ni ushlab turishga yordam beradi
Topoizomeraza II (DNK giraza)
Replikatsiya boshlanishi uchun DNKni qulay holatda ushlab turish uchun o'ta spirallashgan xromosomani bo'shashtiradi
Topoizomeraza IV
Bir-biriga bog'langan xromosomalarni bir-biridan ajratish uchun bir zanjirli DNK holatga keltiradi va keyin DNKni qayta tiklaydi.