Feromon moddasi singdirilgan rezina kapsula. Feromon, yuqorida aytib o’tganimizdek, «jalb qiluvchi» yoki «chorlovchi» modda bo’lib, uning juda kichik miqdori (1-2 mg) ko’p erkak kapalaklarni chaqirishi mumkin. Feromon moddasini ishlatish uchun uni har xil rezina yoki polimer vositalarga shimdiriladi. Keyinchalik modda atrofga havo orqali asta-sekin tarqala boshlaydi. Rezina trubka 15-20 mm uzunlikda qirqilgan bo’lib, har bir bo’lagi o’z tarkibida 2 mg feromon saqlaydi (g’o’za tunlami uchun). Feromon rezina trubka bo„lagining ichki sathiga singdirilgan bo’ladi . SHu sababli doimo trubkaning ichki sathi ochiq bo’lishiga erishish lozim. Trubka teshigidan havoning o’tib turishi feromonning atrofga tarqalishini ta’minlaydi. Feromonlar singdirilgan rezina trubka 1 mm li sim yordamida tutqichning markaziy qismiga osib qo’yiladi. Bu o’rinda skrepkadan (qog’oz qistirgich) foydalanish o’rinlidir. Feromonlar singdirilgan rezina trubkani joylashtirishda gorizontal holatini ta’minlashga harakat qilish kerak.
Feromonlar ochiq havoda 10-15 kun davomida o’z kuchini yo’qotadi. SHuning uchun ularni og’zi yaxshi berkitiladigan idishlarga solib uy sovutgichlarida saqlash lozim. Sovutgichlarda saqlangan feromonlar 1-1,5 yil davomida o’z kuchini yo’qotmaydi.
Feromon tutqichlarini dalaga o„rnatish. Feromon tutqichlar qo’llanish maqsadi va ekin turiga qarab turli miqdorda o’rnatiladi.
-
38-rasm. Tunlam kapalaklarini aniqlash uchun mo’ljallangan feromon tuzoqlar (FT). I – Tuzoqlarning turi va tuzilishi: a-“Atrakon-A” FT, b-“kapa”
shaklidagi FT, v-karton qog’ozdan yasalgan uchburchak FT. Tuzoqlarni tuzilishi va katta-kichikligi chizmalarda ko„rsatilgan. II – Uchburchak FT ni g’o’za
tunlamini aniqlash uchun dalaga o’rnatilishi va kuzatuvi. III – FT ga ilingan tunlam kapalaklari. IV – Uchburchak FT ning tuzilishi.
G’o’za ekilgan maydonlarda feromon tutqichlari tunlamlarning rivojlanishini aniqlash uchun qo’llaniladi. Shu maqsadda har 4-5 gektar g’o’za maydoni hisobiga 1 dona tutqich o’rnatish maqsadga muvofiqdir. G’o’za tunlami yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, asosan G’o’zaning o’sish nuqtasiga tuxum qo’yadi, demak tutqich aynan kapalak tunda uchib yuradigan balandlikda joylashgan bo’ladi . Ikkinchi tomondan, tutqichlarning yuqorida joylanishi uning ichida havoning oson aylanishiga, oqibatda feromon hidining yaxshi tarqalishiga imkoniyat yaratadi.
G’o’za tunlamining feromon tutqichlarini har bir viloyat yoki tuman sharoitiga bog’liq holda, zararkunandaning birinchi bo’g’ini paydo bo’lishi oldidan o„rnatish lozim. Bu payt G’o’zaning yalpi shonalash davriga, ya’ni odatda iyunning birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. Bu davrga kelib g’o’za tunlami kapalagi g’o’za maydonlariga uchib o’ta boshlaydi va urchib tuxum qo’yishga kirishadi. O’z vaqtida o’rnatilgan feromon tutqichlari har bir dalada kapalakning paydo bo’lishi haqida aniq ma’lumot berishi ko’p yillik kuzatishlar asosida isbotlangan.
G’o’za tunlami uchun feromon tutqichlarini qo’llashda aniq hisob olib borish va barcha ma‟lumotlarni daftarga qayd etish zararkunandaga qarshi to’g’ri kurash vositalarini tanlashga imkoniyat yaratadi. Bunda har bir g’o’za ekilgan maydoni uchun alohida hisob olib boriladi (7-jadval).
7-jadval (namuna)
____________________ fermer xo’jaligining ________________ konturida feromon tutqichlarga tushgan kapalaklar hisobi
-
O„rnatish sanasi
|
Dala maydoni, ga
|
Tutqich raqami
|
Bitta tutqichga tushgan kapalaklar soni, dona
|
Xisob kunlari, sana
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
2
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jam
i
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O„rtacha: 1 tun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3 tun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazoratchi _________________f.i.sh.
Feromon tutqichlar yordamida quyidagi natijalarga erishish mumkin. Feromon tutqichlariga tushgan kapalak soni har bir bo’g’inning boshlanishidan tugashigacha har uch kunda bir sanab yozib boriladi. Kapalak uchishi yoppasiga boshlangan kundan boshlab esa, har kuni nazorat qilinib, elimli fiksator yangilanadi. Kapalaklarning yoppasiga uchish davri tutqichlarga har kechada 10 va undan ortiq kapalak ilinishi bilan belgilanadi. Ikkinchi tomondan, feromon tutqichlarga kapalaklar yopishgach, ular odatda elimdan qutulishga harakat qilishadi, oqibatda elim sathi qattiq ifloslanadi, elimning kuchi kamayib, boshqa kapalaklar yopishmay qolishiga sabab bo’ladi .
Natijada, olingan ma‟lumotlar shu daladagi zararkunanda sonini to’g’ri ifodalamaydi. Dalada g’o’za tunlamining zichligini (sonini) har 3-5 kunda bir nazorat qilinadi. Buning uchun uning tuxum va qurti aniqlanadi. YUz o„simlikdagi tuxum va qurt soni O’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti tavsiyalariga ko’ra, shaxmat tartibida dalaning 20 joyidan namuna olish bilan bajariladi. Bunda har bir namunada 5 o’simlik ko’riladi va qurtlar yoshi bo’yicha 3 guruhga bo„linib yoziladi. Tadqiqotlarimizning tahlili quyidagi xulosalar va takliflar qilishga imkon beradi.
G’o’za tunlami birinchi bo„g„inining rivojlanishi davrida tutqichga bir kecha davomida o’rta hisobda 2-3 ta kapalak ilinganidan keyin 5-6 kun o’tgach hamda ikkinchi va uchinchi bo’g’inlarda 1,5-2 ta kapalak tutilganidan keyin 3-4 kun o’tgach, dalaga trixogramma chiqara boshlash kerak. Bu, dalada har 100 tup o’simlikda o’rtacha 2-3 tadan tuxum paydo bo’lgan paytga to’g’ri keladi. Birinchi chiqarishdan keyin 5-6 kun o’tgach ikkinchi marta va navbatdagisi chiqariladi.
Har bir FT zararkunandaning birinchi va ikkinchi bo’g’inlarida tun davomida o’rta hisobda 15-20 ta va undan ko’proq kapalak ilinsa (yoki uchinchi bo’g’inda 5-6 ta) tunlam juda ko’payib ketishidan darak beradi. Bu maydonlarda himoya qilish choralarini o’tkazish zarurati tug’iladi. Biroq bunda quyidagilar kuzatilgan bo’lishi kerak:
a) juda ko’payib ketgan (15-20 dan oshgan) kapalaklarning ilinishi kamida 5-
6 kun davom etsa;
b) tun davomida har bir tuzoqda 5-6 ta kapalak tutilishi uchinchi bo’g’in uchun jiddiy nufuz hisoblanadi, chunki bu holda zararkunandaning uchinchi bo’g’inidan tashqari, g’o’za tunlamining oldingi bo’g’in tuxum va qurtlari ham qo„shilib ketadi.
Kapsulalardagi feromonlar tez bug’lanishi sababli, ularni sovutgichlarda 3-5° haroratda zich yopilgan idishlarda (kichik baklashkalarda) saqlanadi. Qo’lga va boshqa narsalarga yuqqan elimni o’simlik moyi bilan ho’llangan paxta yoki doka tamponi bilan, shuningdek moyli bo’yoq uchun mo’ljallangan kimyoviy eritgichlar bilan tozalanadi. Hasharotli fiksatorlar, shuningdek feromonli kapsulalarni ko„mib yuborish yoki maxsus ajratilgan joyda kuydirish kerak.
G’o’za tunlamiga qarshi FT qo’llash, kushandani tarqatish muddatlarini aniq belgilash hisobiga, trixogrammaning biologik samaradorligini oshiradi hamda kimyoviy ishlov berishlar hajmini qisqartiradi. Bu esa, har gektar g’o’za maydonida mavsumda 80-120 ming so’m harajatni tejash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |