O’simliklar fiziologiyasi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Qarilik bosqichi
.
O’simliklar bu bosqichda urug’ va meva hosil qilishdan to’xtaydi. Ularning 
hayotiylik darajasi to’xtovsiz pasaya boradi va tabiiy ulim bilan yakunlanadi. O’simliklarning hayotiylik 
davomi ularning turlariga bog’liq. Masalan, efemer o’simliklar 2-4 hafta, tok –80-100 yil, qarag’aylar 500 
yil, eman (dub) 1500 yil va chinorlar 1000-2000 yil, sekvoyalar 5000 yil va yashaydi. 
Qarish va o’lish o’simliklar ontogenezining oxirgi bosqichi bo’lib, u ayrim organlarga – barglar, 
novdalar, mevalar va boshqa qismlariga ham taalluqlidir. Qarish bir necha xil bo’ladi. Ko’pincha bir yillik 
o’simliklar birdaniga o’ladi. Ko’p yillik o’tlarning har yili yer o’sti qismi nobud bo’ladi, yer osti qismi 
esa o’zining hayotiyligini saqlab qoladi. Ko’pchilik daraxtlarning barglari ko’zda qariydi va to’kiladi. 
Qarish jarayonida barglarda xlorofillar, oqsillar va nuklein kislotasining miqdori keskin kamayadi. 


O’simliklar fiziologiyasi
153 
Fotosintez jadalligi pasaya boradi va to’xtaydi. Fermentlarning sintetik qobiliyati to’xtaydi va gidrolitik 
faoliyati jadallashadi. To’kilish oldidan barg va meva bandlarida ajratkich qavat hosil bo’ladi. 
N.P.Krenke (1940) o’simliklarning morfologik va fiziologik jarayonlarini taqqoslash natijasida 
«O’simliklarning ontogenezida siklik qarish va yosharish nazariyasini»
yaratdi. Bu nazariyaning asosiy 
mazmuni Shundan iboratki, har bir individ (o’simlik yoki hayvon) albatta qariydi va oxirida o’ladi. 
O’simlikning butun rivojlanish jarayoni qarish jarayonidan iborat bo’lib, siklik xarakterga ega. Chunki 
qarish qarama-qarshi yosharish jarayoni bilan doim bo’linib turadi. Yosharish yosh organlarning 
yangidan hosil bo’lish va rivojlanishidir. Ya’ni yangi hujayralar, to’qimalar, organlar (poya, barglar, 
ildizlar) hosil bo’lib turadi. Ammo, bu organizmning oldingi holatiga to’la qaytishi emasdir. o’simlikning 
mustaqil rivojlanishi uning siklik yosharishiga qaramasdan, orqaga qaytmaydigan jarayondir. Biologik 
qarish jarayoni har bir tirik organizmga xos xususiyatdir. Hujayra har bir bo’linish vaqtida qisman 
yosharadi, lekin ularda ham yoshiga doir uzluksiz o’zgarishlar bo’lib turadi va natijada qarishning 
dastlabki siklik xarakteri namoyon bo’ladi. Qarish jadalligiga juda ko’p omillar ta’sir etadi. Tinchlik 
holatidagi va faol bo’linish holatidagi hujayralarda qarish jadalligi bir xil bo’lmaydi. Tinchlik holatidagi 
meristema hujayralari (tinchlikdagi kurtaklarning o’sish nuqtasi, urug’ murtagi va boshqalar) juda ham 
sekin qariydi. Faol bo’linish holatidagi hujayralarning qarish jarayoni jadal xarakterga ega. Shuning 
uchun daraxtlarning ayrim shoxlari qirqib olinganda, tinchlikdagi kurtaklaridan o’sib chiqqan yangi 
novdalarda yoshlik belgilari bo’ladi. Meva daraxtlarini qirqish yo’li bilan yoshartirish usuli ham shunga 
asosalangan. 
Qarish va yosharish jarayonlarining tezligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga ancha bog’liq. 
Bunda yosharishni tezlashtiradigan omillar qarishni sekinlashtiradi va aksincha. Masalan, azotli o’g’itlar 
qarishni sekinlashtiradi, aksincha, fosforli o’g’itlar qarishni tezlashtiradi. Agar kand lavlagiga fosforli 
o’g’itlar berilsa, ularning o’sishi sekinlashadi va shakarlar miqdori ko’paya boshlaydi. O’simliklarga suv 
yetmaganda qarish tezlashadi. Aksincha sug’orish yo’li bilan o’simlikni yosh holatda uzoqrok saqlash 
mumkin. Mevali daraxtlarni har yili butash ham shu muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish