O’simliklar fiziologiyasi


O’simliklarning radiasiya ta’siriga chidamliligi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

O’simliklarning radiasiya ta’siriga chidamliligi.
 
Tabiiy muhitning eng xavfli vaziyatlaridan biri 
uning radioaktiv moddalar bilan zaharlanishidir. Shuning uchun ham uning oldini olishga juda katta 
e’tibor berilmoqda. 
Yer shari ma’lum miqdordagi tabiiy va sun’iy radioaktivlik natijasida hosil bo’lgan. Radioaktiv 
elementlar: uran-238, uran–235, toriy-232, kaliy-40, uglerod-14 va boshqalar planetamizda ma’lum 
miqdorda tarqalgan bo’lib, vaqt o’tishi bilan ular doim parchalanib o’zgarib turadi. Ularning ayrim 
yemirilish davri juda uzoq muddatga teng bo’lib, uran-238 ning yarim yemirilish davri 4,51 mlrd. yil, 
uran-235 ning yarim yemirilish davri 713 mln. yil va toriy –232 ning yarim yemirilish davri 14,4 mlrd. 
yilga teng. 
Yerda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida tuproqda, suv va havoda tabiiy 
radioaktivlik vujudga keladi. Tarkibida kaliy, uran, toriy va boshqa radioaktiv izotoplar bo’lgan chang
shamol bilan yer yuzidan atmosferaga ko’tariladi va vaqt o’tishi bilan havo orqali katta maydonlarga 
tarqaladi. 
Radiasiyaning biologik ta’siri ko’p tomonlama bo’lib, molekulalardan to organizm va hatto 
populyasiya xarakteriga ega bo’ladi. Radioaktiv nurlarning ta’siri tirik organizmlar uchun xavfli. Bu 
nurlar to’g’ridan-to’g’ri molekulalarni yemiradi. Hujayralarning membranalari, organoidlar va ayniqsa 
nuklein kislotalar, fermentlar va membrana lipidlarini kuchli zararlantiradi. 
 
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi. Fitoimmunitet 
Tayanch so’zlar:
 fitoimmunitet, fiziologik chidamlilik, kimyoviy chidamlilik, anatomo-morfologik
chidamlilik.
 
O‘simliklarni kasalliklarga chidamliligi.
Ushbu kichkina bo‘limda o‘simliklar uchun eng 
xarakterli kasalliklar haqida umumiy tushunchalar beriladi. Shuningdek o‘simlik kasalliklarining 
birlamchi belgilari haqida ham so‘z yuritiladi. 
O‘simliklarda kasalliklarni viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar keltirib chiqaradi. 
Shuningdek o‘simliklar gammoz, xloroz kasalligi bilan ham zaralanadi. Gammoz kasalligida o‘simlikning 
ichki to‘qimasi-po‘st parenximasi eriydi va tashqariga oqib chiqadi. Ushbu kasallikni bilish uchun 
xo‘jayin-o‘simlik mevasi va parazit o‘rtasidagi munosabatni bilish zarur. O‘simlikning kasallanishi 
birqancha bosqichlardan iborat. Bulardan biz qo‘yidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. 
1-bosqich. O‘simlik ajratgan shirali muhitda sporaning o‘sishi (infeksion tomchi). Bunda spora 
o‘simtasi o‘zining so‘rg‘ichi (apressor) bilan o‘simlik yuzasiga yopishadi. 
2-bosqich. Spora giflarining o‘sishi o‘simlikni ichki to‘qimasiga o‘tishi. 
3-bosqich. Bunda infeksion gif bilan o‘simlikning sitoplazmasi orasidagi fiziologik o‘zaro ta’sir 
sodir bo‘ladi va kim kuchli bo‘lsa, u g‘alaba qiladi. 
Chidamsiz formalarda dastlab ular tinch yashaganday ko‘rinadi, ammo sporalar doimiy ravishda 
o‘sadi, va ularning giflari hujayralarda gaustorlar (so‘rg‘ichlar) hosil qiladi. Mana shu so‘rg‘ichlar 
yordamida o‘z mitseliyini oziqlantirib o‘simlikni holdan toydiradi. Ushbu davr parazitning spora hosil 
qilishi fazasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida o‘simlik qorayadi va ko‘pincha nobud bo‘ladi. 
Chidamli o‘simliklarda. masalan bedada, parazit bilan xo‘jayin o‘rtasida antogonizm paydo 
bo‘ladi. Zamburug‘ gifi hujayra kirgandan keyin protoplast qorayadi va nobud bo‘ladi hamda nekroz yuz 
berib (hujayra o‘ladi) butun hujayrani qamrab oladi. Bunda giflar ham nobud bo‘ladi va infeksiya boshqa 
hujayralarga tarqalmaydi. 
Chidamli o‘simlik organizmlarida fermentlardan peroksidaza yuqori faollikka ega bo‘ladi. Bu 
ferment parazitning gidrolazalarini tormozlaydi va fenolni xinongacha oksidlaydi. Xinon esa parazitga 
substrat bo‘lmasdan balkim to‘siq bo‘lib xizmat qiladi va zararlangan to‘qimani tiklashi ham mumkin. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish