O’simlik to‘qimalari. To’qimalar Tuzilish va funksiyalari


Hosil qiluvchi to‘qimalar (meristemalar)



Download 8,11 Mb.
bet4/24
Sana26.08.2021
Hajmi8,11 Mb.
#155811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
To`qimalar mustaqil ish

4.Hosil qiluvchi to‘qimalar (meristemalar)
O'simliklar butun hayoti davomida o’sib yangi organlar va to’qimalar hosil qilishi ularni hayvonlardan farqlovchi belgidir. Bunday o’sish faqat hosil qiluvchi to’qimalar - meristemalarning (yunoncha “meristos” - bo’livchi, ajratuvchi) mavjudligi tufayli yuzaga chiqadi. O’simliklarning bo’yiga o’sishi, eniga kengayishi yoki yangi organlarining paydo bo’lishi negizida hosil qiluvchi to‘qimalar yotadi. Meristemalar mitoz usuli bilan hujayralarning doimo bo’linib turishidir. Bu hujayralar o’simlik tanasida juda ham kam uchraydi ( umumiy massasining atigi 0,1% atrofida). Bu hujayralarning shakli parenxima, protoplasti esa quyuq donador sitoplazma va yirik yadroli bo’ladi. Odatda vakuolalar bo’lmaydi, lekin ba’zi kichik-kichik vakuolalar kuzatiladi. Meristema hujayrasida ko‘pincha bitta yadrocha bo’lib, uning tarkibida proteindan tashqari, RNK, fosfolipidlar, oltingugurt, kaliy, kalsiy bor. Meristematik hujayralar sitoplazmasida mikrosom, protein va fosfolipidlar bo’ladi. Bu xil hujayralarda yana ribosoma va mitoxondriylar ham uchraydi. Hujayra qobig’i qalinlashmaydi. Hujayralar bir-biri bilan zich birikkan. Hujayra oraliqlari bo’lmaydi.

Meristemalar differensiyalanmagan, tashqi ko’rinishi bir xil bo’lgan va takroriy bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan hujayralardan tashkil topgan. Meristemalardan hosil bo’layotgan hujayralar differensiyalanadi, ya’ni har xil shakldagi hujayralarga aylanadi va barcha to’qimalarga hamda organlarga asos soladi. Meristemalar uzoq vaqt, o’simlikning butun umri davomida, faol ishlaydi, chunki ularda ko’p sonli initsial (ona) hujayralar bo’lib, ular cheksiz bo’linish xususiyatiga ega. Aynan ana shu initsiallardan o’simlik tanasi boshlanadi. Meristemaning qolgan hujayralari initsiallar hosilasidir. Initsial hujayralar moxlar va ba’zi qirqquloqlarda bitta, urug;li o’simliklarda bir nechta bo’lishi mumkin.

Meristema hujayralari o‘sish xususiyatiga ega. Ular bir necha marta bo‘linadi va u yoki bu xildagi to’qima hujayralariga aylanadi. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin meristematik xususiyatini yo‘qotib doimiy hujayralarga aylanadi. Dastlab bu hujayralarning hajmi kattalashadi: hujayra po‘sti notekis qalinlashganligi sababli yiriklashayotgan hujayralarning shakli o‘zgaradi va ba’zan bo‘yiga cho‘ziladi hamda ko‘p qirrali shaklga aylanadi. Yosh hujayralar shakllanib, sitoplazmadan chiqqan plazmodesma iplari yordamida birlashadi va yaxlit bir butun simplastni hosil qiladi. Ba’zan intruziv o’sish ham uchrab turadi. Bunda bir hujayra ikkinchi yonida turgan hujayraga siqilib kirib boradi. Natijada ularning qobig’i biri ikkinchisiga surilib o’sadi. Xuddi shu yo’l bilan uzun prozenxima hujayralar kelib chiqadi.

Kelib chiqishiga ko’ra hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi yoki ikkilamchi, o‘simlikda joylanishiga ko‘ra uchki (tepa)-apikal (lot. apeks-uchki) hamda yon - lalerial (latus-yon) va interkalyar hosil qiluvchi to‘qimalarga bo‘linadi (2-rasm).



2-rasm. O’simlik tanasida meristemalarni joylashuvi

1-uchki; 2-yon; 3-oraliq


3-rasm. Elodeya (Elodea canadensis) novdasining uchki kurtagi: A–kurtakning uzunasiga kesimi; B–o‘sish konusi; V–meristema hujayralari; G–shakllangan bargning hujayrasi. 1-o’sish nuqtasi, 2-boshlang’ich barg, 3-boshlang’ich kurtak


Uchki meristema vegetativ novda va gul novda hosil qiluvchi hamda ildiz uchi meristemalariga bo‘linadi va ular ildiz bilan poyalarning uchida joylashadi. Yon meristemalariga ildiz va poyalar markaziy silindrining atrofida joylashgan peritsikl prokambiy va kambiylar kiradi. Birlamchi meristema urug‘ murtagida, poya, ildiz va ularning uchlarida yon poyalar hamda kurtaklarda joylashib, yangi organlarning hosil bo‘lishini, shuningdek o‘simliklarning bo’yiga o’sishini ta’minlaydi.

Ikkilamchi meristemaga kambiy va po’kak kambiysi yoki fellogen kiradi. Boylamlararo kambiy o‘simlik organlarining eniga o‘sishini ta’minlaydi, fellogen esa ikkilamchi qoplovchi to’qima peridermani (po’kakni) hosil qiladi.

O’sayotgan meristematik hujayralar po‘stining tarkibida 92,5% suv, qolgan 7,5% quruq qismining tarkibida pektin, gemitsellyuloza, protein va shu kabi moddalar uchraydi.


Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish