Suv g‘amlovchi parenxima. Bunday parenxima hujayralarida suv g‘amlanadi va ular ko‘pincha qurg‘oqchilik sharoitida o‘sadigan kserofitlarda ko‘p uchraydi. Kaktus, agava, aloe, qizil sho‘ra, anabazis, qora saksovul kabi o‘simliklar shular jumlasidandir.
G‘amlovchi parenxima hujayralari sitoplazmasi va ularning vakuolalarida shilimshiq moddalar bor, ular suvni saqlaydi hamda hujayralardagi suvdan foydalanishni tartibga soladi.
Aerenxima. Hujayralararo bo‘shliqlari ko‘p va keng bo‘lgan parenximaga aerenxima deyiladi. Aerenxima suvda va botqoqlikda yashovchi o‘simliklarning poya, barg va ildizlarida yaxshi rivojlanadi. Bu to‘qima hujayralari orasida havo ko‘p to‘planadi. Parenximaning asosiy vazifasi assimilyatsion to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |