O’simlik to‘qimalari. To’qimalar Tuzilish va funksiyalari



Download 8,11 Mb.
bet16/24
Sana26.08.2021
Hajmi8,11 Mb.
#155811
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
To`qimalar mustaqil ish

Sklerenxima. Bu mexanik to‘qimaning hujayra po‘sti qalinlashgan va hujayralari bir-birlariga ancha zich joylashgan to‘qima. Hujayralari prozenxima shaklida bo‘lib, ularning uzunligi ba’zan 50 sm gacha boradi. Poralari kichik, yoriqsimon va kam miqdorda bo‘ladi. Hujayra po‘sti ko‘pincha yog‘ochlashgan. Hosil bo‘lishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi sklerenxima mavjud. Birlamchi sklerenxima prokambiy va peritsikldan, ikkilamchi sklerenxima esa kambiydan hosil bo‘ladi. Sklerenxima hujayralari shakllanib bo’lgandan keyin qalinlashib, nobud bo’ladi. Sklerenximaga tolalar va sklereidlar kiradi.

Poyaning po‘stloq qismida joylashgan sklerenxima lub tolalari deyiladi. Bu tolalar ko‘pincha peritsikldan hosil bo‘lib, ularning hujayra po‘sti ancha vaqtgacha sellyulozaligicha qoladi. Bazida esa, yog‘ochlanishi mumkin. Kambiydan hosil bo‘lgan va yog‘ochlik (ksilema) qismida joylashgan sklerenxima yog‘ochlik sklerenximasi yoki libriform deyiladi. Bu sklerenxima hujayralari lub tolalariga qaraganda kaltaroq va hujayra po‘sti esa doimo yog‘ochlangan bo‘ladi. Lub tolalari poya va ildiz po‘stloqlarida barg hamda barg bandlarida, gul va meva dastalarida, ba’zan esa mevalarda ham uchraydi. Bu to‘qimalar daraxtsimon o‘simliklarga qaraganda o‘t o‘simliklar poyasida ko‘proq mavjud. Lub tolalarining hujayrasi ancha uzun va hujayra po‘sti ham qalin (24-rasm).


24-rasm. Yorongul (Geranium pratense) poyasining yog’ochlik tolalari:

A - B – ko‘ndalang kesmasi (kichik va katta o’lchamda); V – bo‘ylama kesmasi; 1 – hujayra devori; 2 – oddiy teshik; 3 – hujayra bo’shlig’i.
Ularning uzunligi o‘rtacha hisobda zig‘irda 40-60 mm, gazandada 80 mm, rami o‘simligida ham ba’zan 350-420 mm gacha bo‘ladi. Lub tolalari ancha mustahkam, elastik va yog‘ochlanmagan, shu sababli ulardan to‘qimachilik sanoatida keng foydalaniladi. Hujayra po‘sti yog‘ochlanmagan lub tolalari to‘qimachilik sanoatida qimmatli hisoblanadi. Ana shunday lub tolalari zig‘ir, kanopda bo‘ladi. Dag‘al kanop, jut, lub tolalarining hujayra po’sti esa yog‘ochlangandir.

Libriform yoki yog‘ochlik tolalar sklerenximasi poyaning yog‘och qismida joylashgan lub tolalariga nisbatan ancha kaltaroq bo‘ladi. Ularning uzunligi 2 mm dan oshmaydi. Libriform hujayralari po‘sti kuchli qalinlashgan va doimo yog‘ochlangandir. Libriform hujayralaridagi poralar oddiy yoriqsimon va spiral joylashgan. Libriformi kuchli rivojlangan o‘simlik (eman, qizil va kashtan) poyalarining yog‘ochligi juda qattiq va mustahkam bo‘ladi. Protoplasti yo‘q, o‘lik libriform hujayralari bilan bir qatorda hujayra po‘sti yupqa yog‘ochlanmagan tirik libriformlar ham mavjud. Bu hujayralarda moy va kraxmal singari zaxira oziq moddalar to‘planadi. Bundan hujayralar choy, kameliya, sitrus o‘simligining barg plastinkalarida bor va ularni mustahkamlaydi.




Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish