Oshlarini tayyorlash texnologiyasi


MAMPAR VA NORIN TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI



Download 351,75 Kb.
bet6/7
Sana13.07.2022
Hajmi351,75 Kb.
#784449
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

4.20. MAMPAR VA NORIN TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Mampar tayyorlashda elangan undan tuzli suv yordamida sal kattiqroq xamir qoriladi va tindiriladi. Tindirilgan xamir 30-50 g. dan bo’laklarga bo’linib, qalinligi 4-5 mm. li naycha shakli berilgach, yana bir oz tindiriladi. Naycha shaklidagi xamirni ezib, qalinligi 1,5-2 mm. li lenta shakliga keltiriladi, biroz cho’zgan holda eni 1,5-2 sm. li kvadrat shaklidagi xamirdan qo’lda uzib-uzib, qaynab turgan tuzli suvga tashlanadi, pishgach, suvda chayib, silkitiladi, mamparning pishgan xamiri tayyorlanadi. Agar mamparning pishgan xamirini taom dasturxonga tortilguncha saqlash lozim bo’lsa, dog’lab sovutilgan o’simlik yog’ida yog’lanadi. Birlashtiruvchi to’qimasi o’rtacha quy yoki mol go’shti mayda kubik qilib to’g’ralib, qozondagi dog’langan o’simlik yog’iga solinib, qizarguncha qovuriladi, to’g’ralgan piyoz solib, tomat yoki pomidor bilan qizarguncha qovurilgandan keyin to’g’ralgan bolg’or qalampiri solib, 8-10 daqiqa qovuriladi, so’ngra go’sht, suyak sho’rvasi yoki suv solib, 8-10 daqiqa miltillatib qaynatilgach, mayda to’g’ralgan sarimsoq solinadida tayyor bo’lishidan avval ta’bga ko’ra tuz, ziravor solib, mampar vajusi tayyorlanadi. Mampar vajusi suyuqligidan ozgina suzib olib, ishlovdan o’tgan xom tuxum chaqib pishiriladi.
Pishgan mampar xamiri qaynab turgan tuzli suv yoki shurvada chayilib, kosaga solinadi, ustiga mampar vajusi solib, unga pishgan tuxum qushiladi, bir chetiga mayda to’g’ralgan kukat solib taqsimchada dasturxonga tortiladi.
Norin tayyorlashda elangan undan tuzli suv yordamida qattiq xamir qorilib, 30-50 daqiqa tindiriladi. Qalinligi 2-3 mm. xamir qulda yoki mashinada yoyilib, eni 20x10 sm. li kvadrat qilib kesilib, qaynab turgan tuzli suv yoki go’sht, suyak sho’rvasida pishiriladi. Xamir shurvadan suzilib olinib, quruq mato yoki stol ustiga yoyiladi, yuzidagi suyuqligi selgitilib, sovutiladi. Keyin dog’lanib, sovutilgan o’simlik yog’i surtiladi, eni 4-5 sm. li lenta qilib kesilib, ustma-ust quyilib, eni 1-2 mm. li somoncha qilib to’g’rab, norin xamiri tayyorlanadi.
Birlashtiruvchi tuqimasi o’rtacha mol yoki quy go’shti pishirib sovutiladi. Xonaki usulda ziralangan mol, ot, quy go’shti va qazilardan tayyorlanishi ham mumkin. Pishgan go’sht somoncha qilib to’g’raladi va ta’bga kura zira aralashtiriladi Bosh piyoz xalqa-xalqa yoki yarim xalqa qilib turra­lib, yanchilgan qora murch biplan aralashtiriladi. Pishgan xamir, go’sht uzaro bir xil aralashtirib, norin tayyorlanadi. Norin taqsimchaga uyib solinib, ustiga murch sepib aralashtirilgan piyoz solib dastur­xonga tortiladi.
Dasturxonga yana go’sht shurvasi bilan «xul norin» ham tortilishi mumkin. Buning uchun norin kosaga solinib (275 g. hisobida) ustidan go’sht yoki qazi qaynatilgan shurva (225 g. hisobida) quyiladi, murch, to’g’ralgan piyoz sepiladi.


Mustahkamlash uchun savollar:
1.Mampar tayyorlash uchun qanday mahsulotlar kerak?
2 Mampar taomi qanday tayyorlanadi?
3.Norin tayyorlash uchun qanday mahsulotlar kerak?
4.Norin taomi qanday tayyorlanadi?

Download 351,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish