Oshirish instituti



Download 0,76 Mb.
bet8/8
Sana07.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oshirish instituti

“Interfaol” tushunchasi “interakt” “birgalikda harakat qilish mahnosini bildiradi. Interfaol mashqlarda to’liq va rejalashtirilgan maqsadlar bo’ladi. Ushbu maqsadlardan biri- bilim berish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda bola va tarbiyachi bilim olish va mustaxkamlash jarayonini faollik jarayonga aylantirishi lozim. Faol usullarni qo’llashga yondoshgan bilim berish jarayoni guruhdagi barcha bolalarning anglash va fikrlash jarayonda ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Interfaol usullar o’zaro harakat, bolalarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish,o’zaro munosabat tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik asosida bolalarning o’zaro harakati, dalillarining asosliligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o’zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan tahlimiy muloqot manbai yaratiladi.


Interfaol o’qitish, bilish faoliyatini tashkil etishning maxsus turidir. Unda rejalashtirilayotgan maksadlar to’lik va anik bo’ladi.

Inson interfaol o’qitish jarayonida :

10% o’qiganlarini,

20% eshitganlarini;

30% ko’rganlarini

40% ko’rgan va eshitganlarini;

70% ga’irganlarini;

90% shaxsan ga’irgan va bajarganlarini o’zlashtiradi. SHunday ekan, tarbiyachi bolaga bilim berishda yuqoridagilarni nazarda tutib, bolaga ham ga’irib, ham ko’rsatib, ham amalda bajartirsa, bolaning olgan bilimi xotirasida umrbod qoladi.

Shu o’rinda Xitoy xalq maqolini keltirish mumkin. “ Menga ga’irsang, esdan chiqaraman, menga ko’rsatsang, eslab qolishim mumkin, menga o’zimga ishlashga imkoniyat bersang, shunda bu batamom meniki bo’lib qoladi”.

Interfaol mashq, rolli o’yin – bu xarakat orqali o’rgatish - tajriba orttirishning eng samarali usulidir, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishning qiziqarli shaklidir va bolalarga boshqalar shunday vaziyatlarda o’zlarini qanday his etganlarini tushunishga yordam beruvchi usuldir.

Tabiiy sharoitlarda turli vaziyatlarda o’zini qanday tutish va boshqarish kerakligini, va o’zlashtirish imkoniyatini beradi.

Aqliy xujum - muammolarni hal qilishda keng qo’llaniladigan anchagina mashxur usuldir. U bolalarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko’’ sonli yechimlar to’ishda yordam beradi.


Ushbu usulni birinchi bo’lib Aleks Osborn tomonidan “‘rikladnoe voobrajenie - ‘rintsi’i tvorcheskogo resheniya ‘roblem” nomli klassik kitobida tavsiya etgan. Ushbu usul ijodiy fikrlashni rag’batlantirish usuli sifatida keng ommaga tarqaldi. Mazkur usul bolalarni mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini tahminlash, ularni erkin fikr yuritishga, rag’batlantirish hamda bir fikrlash orqali mavzu yuzasidan rang- barang g’oyalarni to’’lashdan iborat. SHuningdek, ijobiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida ‘aydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.

“Aqliy xujum”ni olib borish qoidalari :



  • Har qanday g’oya qabul qilinadi.

  • Taklif etilgan g’oyalarning tanqidi va muxokamasi man etiladi. Bu esa barcha fikrlarning og’zaki va boshqa shakllariga tegishlidir.

  • Har bir g’oya qanday taklif etilgan bo’lsa, shunday yoziladi. Boshqacha talqin qilish, umumlashtirish yoki inter’retatsiyaga yo’l qo’yilmaydi.

  • Taklif etilgan g’oyalarga qarama-qarshi g’oyalar ham qabul qilinadi va rag’batlantiriladi.

  • Mustaqil ijod olqishlanadi, kutilmagan eng ajoyib g’oyalar rag’batlantiriladi.

  • G’oyalar soni maqsad qilib belgilanadi.

  • Avval taklif etilgan g’oyalar ham qabul qilinib rivojlantiriladi va rag’batlantiriladi.

  • Vaqt chegaralari belgilanadi va unga qathiy amal qilinadi. Vaqt tugashi bilan g’oyalar to’’lanishi to’xtatiladi.

Tarbiyachi tomondan fikrlar umumlashtiriladi va bolalar aytmagan fikr, tarbiyachi tomondan yangi mahlumot sifatida beriladi. Masalan, “O’zbekistonda chiqarilgan avtomobillar.” mavzusiga tarbiyachi albatta yangi fikr beradi.

“Tabiat maydonchalari” mashqi.


To’rtburchak shaklida 3 ta maydonchalar chiziladi va ushbu maydonchalarning mavzulari asosida bolalarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Xar bir bola yakka xolda kartochkasini tegishli maydonchaga qo’yib chiqadi, so’ng bolalar xamkorlikda ko’rib chiqib xatolari bo’lsa tuzatadilar va xulosa chiqaradilar.


JONLI TABIAT.

JONSIZ TABIAT.

ER OSTI BOYLIKLARI


Ushbu interfaol mashq orqali bolalar yakka xolda va hamkorlikda ishlashga o’rgandilar va tabiat haqidagi bilimlarini kengaytirib, mustahkamlab oladilar, bajargan ishlarini izohlash orqali bolalar nutqi rivojlanadi.


Kubiklar”- interfaol mashqi.

“Kubiklar” mashqi mavzuga berilayotgan mahlumotlarni tahlil qilishni osonlantiradigan o’qitish usulidir.

Ushbu usulni qo’llash uchun tarbiyachi tomonidan kub shaklida ishlangan vosita tayyorlanadi. Uning har bir tomoniga bolalarga beriladigan vazifani ifodalovchi bittadan ga’ tuziladi va rasmi yo’ishtiriladi.

Tarbiyachi mashg’ulotda o’rganiladigan mavzu, asosiy hodisani nomlaydi va ushbu hodisa tayyorlangan kubikning har bir tomonidan aks ettirilgan to’shiriqlar bo’yicha tahlil qilib chiqadi. Kubning 6 ta tomoniga quyidagilar aksini to’ishi lozim:

- tasvirlab bering

- biror-bir boshqa hodisa bilan taqqoslang

- tasavvurlar hosil qiling

- tahlil qiling

- tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillar keltiring

- qo’llanilishini ayting

To’shiriqlar bolalar tomonidan og’zaki va rasm yo’ishtirish orqali bajariladi. SHundan so’ng ular birin-ketin savollarga bergan javoblarini aytib berishadi va juftliklarda muhokama qilishadi.

Misol:


Kom’g’yuter

- tasvirlab bering: Bir necha qismlardan tarkib to’gan uskuna. Uning turli ko’rinishlari mavjud. ...

- biror-bir boshqa hodisa bilan taqqoslang: televizor, ...

- tasavvurlarni hosil qiling: kitob, ...

- tahlil qiling: monitor, ‘rotsessor, ekran, ...

- tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillar keltiring: kom’g’yuter inson mehnatini yengillashtiruvchi va o’yin o’ynashga moslangan vosita, ularni qayta ishlash jarayonini ham osonlantiradi, ....

- qo’llanilishini ayting: matnlarni kiritish, saqlash, yuborish, ...

Ushbu usul orqali bolalarda maktabga tayyorgarligi, tasavvur qilish qobiliyati, lug’at boyligi, nutq rivojlanib boradi.

Galereya” metodi va uni amalga oshirish bosqichlari

«Galereya» usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish imkonini beradi. Bunda guruhning har bir ahzosi barcha taklif etilgan masalalar muhokamasida ishtirok etishi va o’z ulushini qo’shishi mumkin.

1-qadam. Masalani qo’yish. tarbiyachi har bir guruhga mahlum muammo yoki masalani beradi.

2-qadam. Har bir guruh o’z masalasi ustida ishlaydi. Masalalar ustida ishlash kichik guruhlarda amalga oshiriladi (odatda 5-10 minut).

3-qadam. Kichik guruhlar qo’shni guruhlar masalasi yechimini oxirigacha yetkazishga o’tish. Har bir kichik guruh o’z g’oyalarini yozgan katta varaqni olmasdan doira bo’ylab siljiydi. Variant sifatida guruh siljishi o’rniga doira bo’ylab ishlangan g’oyalar yozilgan katta varaqni uzatish mumkin, maktabgacha tahlimda ko’’roq rasmlardan foydalaniladi.

4-qadam. Qo’shni masalasi yechimini oxirigacha yetkazish. Har bir kichik guruh katta varaqqa yozilgan qo’shni guruh g’oyalarini o’rganadi; savol belgisi bilan rozi bo’lmaganlarni belgilaydi; qo’shni masalasi yechimi bo’yicha o’z g’oyalarini yozadi. 5 daqiqadan keyin guruhlar doira bo’ylab keyingi kichik guruhga o’tib, yana joylari bilan almashadi.

5-qadam. O’z masalasiga qaytish. Masaladan masalaga doira bo’yicha o’tishlar har bir kichik guruh o’zining dastlabki masalasiga qaytish bilan to’gallanadi. Guruhlar katta varaqlarida yig’ilgan g’oyalarni o’rganadilar.

6-qadam. ‘rezentatsiya va ish natijalari muhokamasi. Har bir guruh navbat bilan o’zlarining qog’oz varaqlarida yig’ilgan natajalar- g’oyalarni tushuntirish va sharhlar bilan taqdim etadi. Boshqa guruhlar ular ‘rezentatsiya qilayotgan guruh varag’iga yozgan g’oyalarni tushuntiradilar va sharhlaydilar. Masalan, maktabgacha tahlimda qo’llaniladigan mavzular : xasharotlar, mevalar, sabzavotlar, trans’ort vositalari, gullar, ertak qaxramonlari, suv xususiyatlari, tabiat xodisalari va hokazo.

Bolalar nafaqat tayyor rasmlardan balki o’zlari rasm xam chizishlari mumkin.

G’oyalar tog’i” interfaol usuli.

Bolalarni uchtadan kichik guruhga bo’lib olinadi. Har bir kichik guruhga uchburchak shaklidagi rangli kartonlar beriladi va ushbu kartonning burchaklariga har bir bola mavzuga oid rasm yoki a’’likatsiya yo’ishtiradi . Ish yakunida ushbu uchburchaklar doskaga ilinadi va shu tariqa “G’oyalar tog’i” tashkil bo’ladi.

Qaerda bo’ldingiz nimalarni sotib oldingiz? o’yini.

Hamma ishtirokchilar doira bo’lib o’tirishadi. Guruh ahzolaridan biri tarbiyachiga savol beradi:

Qaerda bo’ldingiz?

Tarbiyachi javob beradi:

- Do’konda!

- Nima sotib oldingiz?

- Yel’ig’ich!

Tarbiyachi yel’ig’ich bilan yel’ina boshlaydi va ro’’arasida o’tirgan ishtirokchiga xuddi shu savolni beradi. Guruhdagilarning barchasi birgalikda tarbiyachi kabi javob berishadi va javob berishlari bilanoq ular ham yel’ig’ich bilan yel’ina boshlaydilar. Navbatdagi ishtirokchi yana savol beradi va ‘edagog javob beradi:

- Qaychi sotib oldim.

El’ig’ichda yel’inish bilan birga tarbiyachi ikkinchi qo’lida qaychining xarakatini ko’rsatadi. Bu javob va harakat ham butun ishtirokchilar tomonidan takrorlanadi.

Uchinchi bor tarbiyachi javob beradi:

- Velosi’ed!

U yel’ig’ich va qaychining harakatlariga oyog’i bilan velosi’ed haydayotgandek harakatni ham qo’shadi, guruh ahzolari ham shunday qiladilar.

To’rtinchi bor so’ralganda tarbiyachi:

- Qimirlovchi kreslo! – deb javob beradi.

El’ig’ich, qaychi, velosi’edning harakatlari bilan birgalikda tarbiyachi qimirlay boshlaydi.

Beshinchi bor:

- Kakkuli soat!

Yuqoridagi barcha harakatlarni bajargan holda tarbiyachi og’zi bilan «Ku-ku» lay boshlaydi.

Guruh ahzolari har gal savollarga javob berishi bilanoq tarbiyachi bajarayotgan harakatlarni takrorlashga o’tishadi. Va nihoyat, tarbiyachi sotib olingan narsalar bilan uyga qaytadi. O’yin nihoyasiga yetadi!

Mevali salat” o’yini.

Tarbiyachidan boshqa hamma ishtirokchilar doira bo’lib stulga yoki yerga chizilgan doirachalarga o’tirishadi. Tarbiyachi ularning har birini mevalar bilan nomlab chiqadi: a’elsin, limon, banan, ananas. Har bir meva uch-to’rt odamdan iborat bo’ladi. Keyin tarbiyachi mevalardan birining nomini aytadi, kimlar shu meva nomlariga ega bo’lsa joylarini almashtirishlari kerak. Kimga joy yetmasdan qolsa, o’sha odam o’yinni davom ettiradi. Agar o’rtadagi odam «Mevali salat» desa, barcha ishtirokchilar joy almashishlari kerak bo’ladi.

Menga yoqadilar”o’yini.

Bolalar doira shaklida o’tiradilar. O’yin quyidagicha kechadi: bolalardan biri doira markazida turadi va shunday deydi: «Menga ….deganlar yoqadi» yoki «Menga …..si borlar yoqadi» va bir qancha ishtirokchilarda mavjud bo’lgan belgini aytadi. Masalan, qora ‘oyafzal kiyadiganlar, oq ko’ylak kiyadiganlar, qo’shiq aytadiganlar, kechqurun idish-tovoq yuvadiganlar, mashg’ulotimizga kelganlar, sirg’asi borlar, qoshi borlar va h.k. Kimda kim aytilgan belgilarga ega bo’lsa, tezda o’rinlaridan turib joy almashishlari kerak bo’ladi. Bolalarga nisbatan stullar soni 1 ta kam bo’lib, joysiz qolgan bola o’yinni davom ettiradi.

"TAKRORLANG!" mashqi.

Bu mashq nafaqat yaxshi diqqatni, balki tezlikni ham talab qiladi. Ishtirokchilar soni cheklanmagan. Bolalar tarbiyachini to’g’risiga turishadi. Tarbiyachi: “Takrorlang” deb, so’z aytadi.

Bolalar esa faqat “Takrorlang”dan keyingi so’zni takrorlashlari kerak.

Masalan, Takrorlang-uy (bolalar takrorlaydi)



  • Takrorlang-o’yinchoq (bolalar takrorlaydi)

  • Meni orqamdan takrorlang-kino (hamma jim turishi kerak)

Tarbiyachi asta-sekin o’yin tezligini oshirib bolalarni chalg’itishi kerak. Masalan,

  • Ga’iring-mushuk. Takrorlang-bufet.

  • Takrorlang-daryo. Ayting-ayiq.

  • Meni orqamdan takrorlang-kolbasa va hokazo.

Mashqda xatolikka yo’l qo’ygan ishtirokchilar o’yindan chiqib ketadi. Kam xatolikka yo’l qo’ygan yoki xato qilmagan bola g’olib hisoblanadi.

IZQUVAR” mashqi.

Bu mashqni ko’’roq o’g’il bolalar o’ynashni yaxshi ko’radilar. Mashq diqqatni jamlashni va xotirani yaxshilashga yordam beradi. Mashqda ishtirokchilar soni 7-10 tadan kam bo’lmasligi kerak.

Tarbiyachi “Izquvar” bo’ladi. Tarbiyachi xonadan chiqib turadi. SHu vaqtda bola o’zlariga ranglar tanlashadi.

“Izquvar” xonaga qaytib kirib quyidagi ga’lar bilan o’yinni boshlaydi: “Diqqat! O’g’irlik sodir etildi! Kulrang soat yo’qoldi. Soat "Ko’k"da bo’lsa kerak.

"Ko’k" javob qaytaradi: "Yo’q soat menda emas. Soat "qizil"da.

"qizil" esa boshqa rangni aytishi kerak va hokazo.

O’yin ishtirokchilari ichida yo’q rang yoki aytilgan rang javob bermaguncha o’yin davom etadi. Yutkazgan "Izquvar" bo’ladi.



"AYG’OQCHI" mashqi.

Mashq diqqat va xotirani rivojlantiradi. Bitta ishtirokchi "Ayg’oqchi" bo’ladi va unga xonadan chiqib turish taklif etiladi.

Bu vaqtda xonada qolganlar oralaridan bir bolani tanlashadi. SHundan so’ng "Ayg’oqchi" xonaga kiradi va barcha ishtirokchilarga teskari turadi va tanlangan bolaning tashqi qiyofasi bo’yicha savollar beradi.

Savollar soni 1-3 tagacha bo’lishi mumkin. Savollarga javob olgandan so’ng "Ayg’oqchi" bolalar kimni tanlashganini aytib berishi kerak.

Har bir bola "Ayg’oqchi" rolida bo’lib chiqishi tavsiya qilinadi.

"SIRLI QATORCHA"o’yini.

Bu o’yinda iloji boricha ko’’roq bolalar ishtirok etgani mahqul. Ishtirokchilar soni 5-7 nafardan kam bo’lmasligi shart.

Tarbiyachi xonadan chiqib turadi, qolganlar esa hammaga tanish bo’lgan shehrdan bir qatorini tanlashadi.

Keyin shu qatordagi so’zlarni bo’lib olishadi va qaysi so’zdan keyin qaysi so’z kelsa, o’sha tartibda turib olishadi.

Tarbiyachi xonaga qaytib kiradi va bolalarga har xil savollar beradi. Bolalar esa savollarga javoban ular tanlagan so’zni javob qilib qaytarishadi.

Tarbiyachi hammani so’zini bilgandan so’ng bu so’zlar qaysi shehrga tegishliligini to’ishi kerak, qaysi bolani aytgan so’zi shehrni to’ishga yordam bergan bo’lsa, o’sha bola boshlovchilik qiladi.



"TELEGRAMMA" mashqi..

Mashq kichkina bolalar va ularning ota-onalariga ham qiziqarli. Ishtirokchilar soni 4-5 tadan kam bo’lmasligi kerak.

Ishtirokchilar doira bo’lib, qo’l ushlashib turadi. Tarbiyachi doirani o’rtasiga turadi.

Mashq quyidagi so’zlar bilan boshlanadi:

"Men telegramma jo’nataya’man"-deb, doirada turgan bitta bolani ismini aytish kerak. O’sha bola o’zini yon tomonlarida turgan sheriklaridan bittasini boshlovchiga bildirmasdan qo’lini qisishi kerak. U bola esa keyingi ishtirokchini qo’lini qisishi kerak.

Telegramma manziliga yetib bormaguncha davom etaveradi.

Qo’l qisilayotganini tarbiyachi bilib qolsa, o’sha bola bilan o’rin almashadi. Telegramma manziliga yetib borganda, "Oldim" deyish kerak, bolalar boshlovchilikga almashib turadilar.

HARAKATNI UZATIB YuBOR”mashqi.

Maqsad: kichkintoylarning diqqat- ehtibori va xotirasini rivojlantirish.

Bolalar aylana bo’lib turadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi ham ular yonida turib, qandaydir harakatni (masalan, soch tarashni, qo’l yuvishni, ka’alak tutishni va boshqa) o’ylab to’adi. So’ngra qo’shni bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi, u bola esa keyingi bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi. SHunday qilib aylana bo’ylab oxirgi ishtirokchiga qadar o’yin davom etadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlari istagan harakatlarini ko’rsatgunlaricha davom etadi.

«Kimda nima?» o’yini

O’yin bolaning xotira va diqqatini rivojlantirish, hamda ziyrakligini oshirishga yordam beradi. O’yin uchun oldindan rasmli kartochkalar tayyorlab qo’yiladi. O’yindan ko’ngilochar mashq sifatida ham foydalanish mumkin.

O’yinda 4-5 bola ishtirok etadi. Bolalarning har biriga rangli rasm beriladi. Rasmlar bir xil mavzuda bo’lishiga ehtibor berish lozim. Masalan, gullar, mevalar, sabzavotlar va h.z.

1- o’yin turi: Bolalar bir qator turib olishadi. Birinchi bola o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsani nomini aytadi. Ikkinchi bola birinchi bolaning ismi va narsa nomini takrorlab, so’ng o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsaning nomini aytadi. O’yin shu tariqa oxirgi bolagacha davom etadi.

2- o’yin turi: Bolalar qolganlarga teskari qarab qo’llaridagi rasmlarni almashtirib olishadi. Qolgan bolalar nima o’zgarganini to’ishlari lozim.

«DELG’FIN» o’yini.

O’yin bolalarning diqqatini rivojlantiradi, ziyrakligini oshirishga yordam beradi.

Tarbiyachining bir qo’li «suv sathi», ikkinchi qo’li «delg’fin» vazifasini bajaradi. Delg’fin okeandan yuqoriga qarab sakrab chiqqanda, bolalar bir marotaba cha’ak chalishlari kerak. Kim orqada qolsa yoki ikki marotaba cha’ak chalib yuborsa yoki umuman cha’ak chalmasa o’yin qoidasini buzgan hisoblanadi. SHu bola tarbiyachining biron-bir shartini bajarishi lozim. Masalan, qo’shiq kuylab berishi, shehr aytishi, raqsga tushishi mumkin.

TURLI OVOZLAR”o’yini.

Maqsad: bolalarga o’zlarini namoyon qilishga yordam berish.

Tarbiyachi o’yin oldidan mushuk, kabutar, kuchukcha va h.k.larning rasmi tushirilgan kartochkalar tayyorlaydi. Bolalar kartochkalardan birini tanlaydi va unda tasvirlangan jonivorning tovushiga taqlid qiladilar. Avval tovushni oddiy ohangda, so’ngra u tovushni qandaydir hissiyot bilan - g’azab, quvonch, mayinlik bilan ifodalab beradi, qolgan bolalar esa har bir bola qanday hissiyotni ifodalab berayotganligini to’ishlari kerak bo’ladi.

MEN JUDAYAM ZO’RMAN” o’yini.

Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi yuqori bilishga yordam berish.

Tarbiyachi bolalarga u aytgan so’zlardan bir necha so’zni takrorlashlarini aytadi. Har safar tarbiyachi so’zlarni turli xil ohangda, yahni ‘ichirlab, qattiq, judayam baland ovozda aytadi. SHu tariqa hamma bolalar birinchi bo’lib "MEN" so’zini, so’ngra "judayam", keyin "zo’rman" deb aytadilar.

Aytganimdek, qotib qol.” o’yini.

Maqsad: bolalarda tez qaror qabul qilishni rivojlantirishga yordam berish.

Bolalar xona bo’ylab yuradilar. Tarbiyachi ularga shunday deydi: "Hozir men sizlarga biror bir xayvonni nomini aytishim bilan sizlar unga taqlid qilasizlar. "1, 2, 3, qotib qol!" buyrug’ini berishim bilan sizlar harakatlanishdan to’xtab qolasizlar. Masalan: "ayiqchalar qotib qol!". Tarbiyachining buyrug’i bo’yicha bolalar ayiqcha holatida qotib qoladilar. Kichik guruhdagi bolalar uchun tarbiyachi holatlarni ko’rsatib beradi, kattalari esa o’zlari mustaqil o’ylab to’adilar. Katta va tayyorlov guruh bolalari nafaqat hayvonlarni balki boshqa narsa va xodisalarni ham ko’rsatishi mumkin.




Savol va to’shiriqlar:

1.Bolalar shaxsan gapirgan va bajarganlarini necha foiz o’zlashtiradi?

2.“Interfaol” so’zining mahnosini ayting?

3. Qaysi usulda kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish imkonini beradi?

4."Ayiqchalar qotib qol!" tarbiyachining buyrug’i bo’yicha bolalar ayiqcha holatida qotib qoladilar. Bu buyruq qanday metodga tegishli?

Nazorat uchun test nazorati

1. Pedagogik texnologiyaning qanday darajalari mavjud?

A.Umumpedagogik, umumdidaktik daraja.

B.Xususiy metodik daraja.

C.Lokal yoki modulli daraja.

D.A,B,C javoblar to’g’ri.
2. Pedagogik jarayon aspektlarini ko’rsating

A.Nazariya, harakatli jarayon, amaliy jarayon.

B.Texnologiya, loyiha tayyorlash, algoritm.

C.Kompyuter, internet, videoaloqa.

D.Texnologik xarita, nazariya.

3. Pedagogik texnologiya tarkibiga nimalar kiradi?

A.Ta’limning mazmuni, maqsadi, konseptual asos. O’quv materialini o’zlashtirish sohasidagi o’qituBchining boshqaruv faoliyati.

B.Ta’lim jarayonini tashkil etish, o’quBchilarning o’quv faoliyati
shakllari va metodlari.

C.O’qituvchi ishining metod va shakllari, ta’lim jarayoni diagnos-


tikasi.

D.Hamma javoblar to’g’ri.



4. Pedagogik texnologiya mezonlarini belgilang.

A.Konseptuallik, tizimlilik.

B.Samaradorlik qo’llanuvchanlik.

C.Rejalilik, tizimlilik.

D.A va B javoblar to’g’ri.


1

2

3

4

A

B

C

C


Tayanch so’zlar: interfaol, metod, usul, o’yin, ‘edagogik texnologiya.

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. «Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi». Toshkent – 2008. 130 bet.

2.N.N.Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. “O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.Toshkent-2006. 159 bet. 64-70 betlar.

3.R.J.Ishmuxamedov Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T., Istedod, 2008.-180 bet.

4.Pedagoglarning interfaol usullar yordamida tahlim berishi.

5. “Psixologik o’yinlar.” Toshkent 2009y.

6. “Rebyonok v detskom sadu” jurnali. 2003 yil.

Mavzu: Bolaga mo’ljallangan ta’lim.Interfaol strategiyalar.

(4 soat amaliy mashg’ulot)

Reja:

1. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim Bolaning ehtiyojlari va xohishlari.

2. Bolaga mo’ljallangan dastur falsafasi bilan tanishtirish

3. Dasturni ta’lim jarayoniga qo’llash orqali sifat samaradorligini oshirish


4. Bolaga yo’naltirilgan ta’limda nazorat


Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)


Dars mazmuni

Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)


Mavzu


Bolaga mo’ljallangan ta’lim.

Interfaol strategiyalar.

Darsning maqsadi va vazifalari

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda maktabgacha ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida, balki muassasa hovlisida, yo’laklarida, o’yin maydonchalarida ham yaratilgan bo’lishi shart.


Maktabgacha yoshdagi bolalar foliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq o’yinni yoqtiradilar. Chunki o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin – bolalarning o’zaro munosabati yo’lga solidi, his-tuyg’usini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi.


O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Mashg’ulot turi: ma’ruza,amaliy.

Metod: interfaol, bahs-munozara, kichik mahruza, .

Shakli: kichik guruhlarda ishlash.

Jihoz:jadval, markerlar, vatman qog’ozi, qo’shimcha adabiyotlar, manbalar,

Usul: og’zaki, yozma.

Baholash: rag’bat.

Mashg’ulot bosqichlari va mashg’ulot qismlari uchun vaqt taqsimoti
Uyga vazifa:

jami 160 daqiqa.

Tashkiliy qism – 5 daqiqa.

Yangi mavzuga doir ishtirokchilar bilimini aniqlash – 10 daqiqa.

Yangi mavzu rejasi va bayoni – 100 daqiqa.

Mashg’ulotni mustahkamlash – 40 daqiqa.

Mashg’ulotga yakun yasash – 5 daqiqa.

Keyingi o’tiladigan mashg’ulot mavzusiga tayyorlanish, mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.



Kutiladigan natijalar

O’qituvchi

Tinglovchi




  • Yangi amaliy bilimlar beradi.

  • Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.

  • Tinglovchilarga bugungi o’tiladigan yangi mavzu to’g’risida tushuncha beradi.

gurux xonasida rivojlantiruvchi muhit yaratish, haqida tushuncha beradi.

Mavzu qisqa vaqt ichida tinglovchilar tomondan o’zlashtirilishiga erishiladi.

Qisqa vaqt ichida ko’’ mahlumot to’’lashga yo’naltiradi.

Tinglovchilar faolligini oshirish usullaridan foydalanadi

Tinglovchilar tomonidan tarqatma materiallar asosida yozma, og’zaki axborotlarni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazishni o’rgatadi


Yangi amaliy bilimga ega bo’lishadi.

Ushbu mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirishadi va kengaytirishadi.

Tinglovchilarni gurux xonasida rivojlantiruvchi muhit yaratish bo’yicha qiziqishlarini oshirib boradi

Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni tinglovchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlariga sharoit yaratish

Bahs-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilgaligini nazorat qilish. Matn ustida ishlash orqali yangi bilimlar o’zlashtiriladi.

Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.

Mustahkamlaydi va o’z o’zini baholaydi hamda o’zgalar faoliyatini tahlil qiladi.

Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi.

Tinglovchilar interfaol mashg’ulotlarni tashkillay oladilar.


Kelgusidagi rejalar

O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. pedagogik mahoratni oshirish. Interfaol metodlarni takomillashtirish.


Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar to’adi, ularni o’rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.

Zamonaviy ta’lim jarayoni 2 xil yondashuvga asoslanishi mumkin:


1.Tarbiyachilarga yo’naltirilgan ta’lim ko’proq o’qitishga qaratiladi.
2. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim –ko’proq o’rganishga qaratiladi.

Ta’limdagi ikki yondashuvning farqli jihatlari

Tarbiyachiga yo’naltirilgan ta’lim tartiblari

Bolaga yo’naltirilgan ta’lim

tartiblari



Tarbiyachi o’qitayotgan narsa (bilim)ga diqqatni qaratadi

Bolaning ehtiyoji, qiziqishi va individuallashuviga diqqat qaratiladi

Boshqaruv va tartibga diqqatni qaratadi

Bolaning tanlovi, mustaqilligi va ijobiy munosabatlari e’tiborga olinadi

O’qitayotganda tarbiyalanuvchilarning xulqiga diqqatni qaratadi

O’rganish jarayonida bolaning faol ishtiroki ta’minlanadi

O’rganish tarbiyachidan bolaga “beriladi”

O’rganish bola tomonidan amalga oshiriladi va tarbiyachi tomonidan ko’mak beriladi

Interfaol strategiyalar ning ikkita muhum maqsadi bor:

  • Ta’lim olishda bolaning faol o’rni

  • Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o’rnatishi

Inter faol strategiyalarga quyidagilar kiradi.

  • Turli mashg’ulotlarni uyushtirganda bolalarni kichik guruhlarga bo’lish (muhitni bolalarni kichik guruhlarda birga ishlay oladigon qilib moslang)

  • Bolalar o’rtasida hamkorlikni talab qiladigon mashg’ulotlardan foydalanish (biron narsani qurish)

  • Doira shaklida o’tirib faktlar hodisalar bilan o’rtoqlashish

  • Biror masalada fikr almashishlaridan oldin vaqt va imkoniyat berish

  • Bir biridan o’rganish (vazifani bajarayotganda bolalar bir birlariga yordam berishlariga yo’l qo’yib berina)

  • Muammoli vaziyatlarga birgalikda yechim izlash

  • Bolalar bilan mavzuga doir loyihalar ishlab chiqish

O’yin texnologiyalari

O’yin, mehnat va o’qish inson faoliyatining asosiy turlaridir. O’yin ijtimoiy tajribaning qayta yaratish va o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi bo’lib u orqali insonning o’z o’zini boshqarish ko’nikmalari rivojlanadi. O’yin shunday faoliyatki, uning natijasigina emas balki jarayonning o’zi ham insonga zavq bag’ishlaydi. O’yin faoliyati ijod uchun imkon beradi, his-tuyg’ularni kuchaytiradi. Quyidagi o’yinli texnologiyalar maqsadlari keltirilgan.


O’yinli texnologiyalar maqsadlari

  1. Didaktik: dunyo qarashni kengaytirish, bilish faoliyati bilimlarni amaliyotda qo’llash, ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish

  2. Tarbiyaviy: ta’lim oluvchiga mustaqillikni irodani tarbiyalash: ma’lum munosabot axloqiy-estetik yo’nalishlarni shakllantirish: hamkorlik jamoa bilan birlashtirish tuyg’ularini tarbiyalash

  3. Rivojlantiruvchi: diqqat, xotira, nutq tafakkur, taqqoslash ko’nikmalari, empatiya, refleksiya, optimal yechimlar izlab toppish ko’nikmalari, o’quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyani rivojlantirish.

  4. Ijtimoiylashtiruvchi: ta’lim oluvchilar ongiga jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni sindirish, muhitga moslashish, o’z-o’zini boshqarish, muloqotga o’rnatish, psixoterapiya.

O’yinli texnologiyalarning ba’zi konseptual asoslari

  1. O’yinli texnologiyalarning psixologik mexanizmi shaxsning o’z-o’zini namoyish qilish, jamoada o’z o’rnini egallash, o’z-o’zini boshqarihga bo’lgan ehtiyojga asoslanadi.

  2. O’yin hayot maktabi va rivojlantirish amaliyotidir.

  3. O’yinga kirishishga insonning yosh xususiyatlari ta’sir ko’rsatadi.

Mashg’ulot jarayonida o’yin ta;lim oluvchilarni o’quv jarayoniga undovchi vosita vazifasini bajaradi. Bunda:

  • Ta’lim maqsadi o’yin sharti sifatida qo’yiladi,

  • O’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi.

  • O’quv materiallari o’yin orqali taqdim etiladi.

  • Bellashuv elementlari olib kiriladi.

  • Didaktik masalaning yechilishi o’yin natijasi bilan bog’lanadi.

O’yinlar qoidasi “qat’iy” yoki “ qat’iy bo’lmagan” oldindan qabul qilingan yoki o’yin davomidan tuziladigan bo’lishi mumkin

Shakllari bo’yicha o’yinlarni quyidagi turlarga ajratidh mumkin.

  • Bayramga asoslangan o’yin.

  • Folklorga asoslangan o’yin.

  • Teatr o’yinlari.

  • O’yinli mashqlar .

  • O’yin so’rovnomalar, testlar, savollar.

  • Intermadiyalar.

  • Bellashuv.

  • Syurpriz.

  • Karnaval.

  • Kim oshdi savdosi (auksion) va boshqalar.

O’yin strukturalari quyidagi bosqichlaridan iborat:

  • Maqsad qo’yish.

  • Rejalashtirish.

  • Maqsadni amalga oshirish.

  • Natijalar tahlili.


Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi?
4 yoshli bolalar guruhi, 6 ta bola yarim doira shaklida stullarga o’tkazilgan va oldilariga tarbiyachi o’tiribdi. Orqada harflar yozilgan rangli g’ishtlar qo’yilgan stul turibdi. Tarbiyachi bolalarni birma-bir stul yoniga chaqirib, ulrdan shu g’isht orqali soda so’zlar tuzishni so’raydi, va yaxshilab ko’rsatib, ulardan qaytadan bajarishlarini muloyim oxangda so’raydi. Bolalar uddalashlari bilan ularni maqtab joylariga o’tkazadi. Bolalar tarbiyachidan mamnunlar
Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi?
4 yoshli bolalar guruhi badiiy adabiyot burchgida bir qiz va bola birga o’yiribdi. Umda rasmlar kam, matnlar ko’p joyni egallagan. Bola kitobni o’qiyotgandek tahlil qiladi. Qiz unga kitobni teskari ushlaganini aytib, kitobni to’g’rilaydi. Bola hammaga ma’lum ertakni “o’qiydi” ammo qizcha uning xatosini aytib, o’zi uni to’g’rilab o’qiydi. Boshqa bola xonaga kirib kelib ularni tinglaydi. Bola yangi kelgan bolaga rasmlarni ko’rsatadi va varaqlab qizcha to’xtagan joyidan boshlab “o’qiydi”. Bola diqqatini ularni eshitishga qaratadi v a ular bilan ikkita ertakni tugatgunlaricha 15 daqiqa o’tiradi.
Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi?
Keng sahna, musiqa yangrab turibdi, 20 nafarcha 4 yoshli bola ota-onalariga o’yin ko’rsatish uchun yig’ilishgan. Bolalar ota-onalar jamoasi tomonidan taqdim etilgan chiroyli kiyimlar kiyib olishgan. Har bir bolaning o’z roli bor: fermer fermerning xotini, sholg’om, qo’shni, sigir, ot, it, mushuk, va sichqon. Boshqa bolalar bog; mevalari va sabzovotlar bo’lib kiyinishgan, musiqa tarbiyachi pionino yonida o’tirib, musiqa chaladi. Musiqa bolalar xatti-harakatlariga qarab chalinadi. Bola so’zlarni sedan chiqarsa masiqa tarbiyachisi sekin unga aytib turadi. Bola ularni qaytarishga uyalib ketadi va biroz pauzadan keyin sahna davom etadi. Ko’plab bolalar o’yinga kirishib ketishgan bo’lsa-da, gul va karam o’zlarinig raqslarini boshlaydi. Shunda musiqa tarbiyachisi ularni o’z ro’llariga qaytaradi. Karam borib uy yoniga o’tadi.
Mavzu: Bu bolalar o’ynayaptilarmi?
4 yoshli bolalar bilan to’la guruh xonasi, tarbiyachi xonaga katta bo’sh karton quti olib keladi va pazandachilik burchagiga qo’yadi. U yerda ikkita qiz va ikkita bola o’ynaydi. Tarbiyachi xozirgina bolalarga kata sholg;om haqaida ertak aytib bergandi. Song bolalarga birin ketin ro’l tanlashadi, kimdir fermer, boshqasi sholg’omdir. Fermer kata qutini o’z uyi deb faraz qiladi. Hammalari quti ichiga lirib olishgach, tarbiyachini chaqirib, ular nimalar qilishganini aytib berishadi.

O’yinning kuchi
O’yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi foliyat sifatida namoyon bo’ladi. Tadqiqotchilar o’yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligi xamda, ijtimoiy xulqni shakllantirishda, shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini belgilab olishi, uning muomala chog’idagi xatti-harakatlarini aniqlab olishi hamda miyaning keying o’rganiladigon mavzuga tayyorlanishida juda kata ahamiyatga ega ekanligi takidlaydilar.

Tug’ilganidan boshlab yoshgacha bo’lgan darda, yani bolaning aqliy qobilyatlari jadal rivojlanayotgan davrda o’yin juda muhim ekanligini alohida uqtiradilar

O’yin-inson o’zligini namoyon qilishi uning takomillashuvi, usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O’yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, o’ylaydi, o’yin davrida bolaning xayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta`sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi.
O’yin bolalikning hamrohi.
O’yin muhimdir. Bolaga yo’naltirilganmaktabgacha ta’lim muassasasi. Joan Moyer, 1999.

Akademik muvaffiqiyatga erishish uchun qilinayotgan siquv va bugungi bolalarning o’yinga bo’lgan ehtiyoji ortib ketdi. Degan ikkita xato tushuncha maktabgacha ta’lim muassasalarida “boshlang’ich ko’nikmalar”ga qat’iy urg’u berilishiga sabab bo’ldi. Ilk davrlardagi rivojlanishining asosiy manbai o’yin xisoblanadi bolaning mukammal rivojlanishi o’yin orqali amalga oshiriladi. O’yin bolaning ilm o’rganish jarayonida, ayniqsa intelektual o’sishida bugungi kunda eng muhim vositachi qolmoqda, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalarida. Buning ustiga eng so’ngi ilmiy tekshuruvlar o’yin orqali o’rganilmagan bilim tez yoddan ko’tarilgani tasdiqlaydi. O’yin nafaqat materiallar va jihozlardan foydalanishdan tashkil topgan balki sovodxonlik va fikrlar xilma-xilligini shakllantirishda foydalaniladigon so’zlar va fikrlardan iborat. Bundan tashqari o’yin muommo yechishko’nikmasini shakllantirishga undab ijodkorligini rivojlantiradi. Ijtimoiy va hissiy rivojlanishlar ham o’yin orqali amalga oshiriladi, o’yin umumiy rivojlanishni ta’minlaydi, faollashtiradi.

Lawrence Frankning (1964) fikrlari bugundi kungacha o’z axamiyatini yo’qotmagan: “bolami mustaqillik bilan tanishtirishga undaydigon, mustaqil o’rganishga yo’naltiradigon va dunyoni faol kashf qilishga chorlaydigon o’yin konsepsiyasi bolaning umumiy rivojlanishini kafolatlaydi… bu ta’lim tizimining qadriyatlarimizni va shaxsning mukammal rivojlanishga qo’ahmoqchi bo’lgan g’ayratimizning tarjimasidir.”(73-bet)

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari soha mutaxassislarining quyidagi gaplariga qo’shilyaptilar: bolaga yo’naltirilgan mashg’ulotlar, bolaning har tomonlama yani to’rtta kategoriyasining hammasini qamrab olishi zarur.


Bola shaxsini rivojlantirishda didaktik o’yinlarning ahamiyati

Maktabgacha yoshdagi bolalar foliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq o’yinni yoqtiradilar. Chunki o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin – bolalarning o’zaro munosabati yo’lga solidi, his-tuyg’usini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi.

Shuning uchun ta’lim tarbiya berish jarayoniga o’yin elementlarining muaommoli holatlarining kiritilish va darslarni jonlantiradi

Didaktik o’yinlar ta’limiy xarakterga ega bo’lib bolalar bilimining mustahkamlanishiga va kengayishiga ularning umumiylashtirishiga tizimga solishga yordam beradi. Ta’lim va tarbiya berish jarayonida har xil didaktik o’yinlardan: og’zaki, stol ustida xarakatli, ijodiy xayolan sayohat o’yin viktorinada foydalanish muaommoli xolatlar chiqarish, yechimini toppish, natijaga erishish, mashg’ulot samorodorligini oshiradi

Didaktiv o’yinlarning xususiyatlari shundaki, ta’limga a’loqador masalalar mashg’ulot jarayonida o’yin asosida uning qoidalariga muvoffiq tarzda olib boriladi, bola o’ynar ekan u nimanidir o’rganishi haqida o’ylab o’tirmaydi. Lekin o’yin jarayonida nimanidir o’rganadi. Didaktiv o’yin mazmuni ta’limni muhim qismi sifatida kiritilgan bo’ladi. Didaktik o’yin bolalarning aqliy qobilyatini o’stiradi. Bola o’yin jarayonida faollashadi. O’yin vazifalari diqqatni jamlashni, o’yin mazmunini anglashni talab qiladi. O’yin bolani talim tarbiya olishga zarur ko’nikmalar hosil qilishga undaydi. Didaktik o’yinlarni bolalarning ma’naviy va axloqiy kamolotiga ularning mukammal inson bo’lib kamol topishida tarbiyaviy ta’sir qudratiga ega. O’yin timsolida bolalar jamoa bo’lib yashashga uyushqoqlikkka birgalikda ijod qilishga, ishlashga va mustaqillikka o’rganadilar. Didaktik o’yinlar bolalarning aqliy faoliyatini ongini o’stirishga ularning fikrlash tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bolalarning his-tuyg’ularini shakllantirishga ayniqsa, ularning sezgi a’zolarini (sezish, ko’rish, tinglash, va boshqalar) faoliyatini oshirishga yordam beradi. Uning idroki zehni xotirasi, irodakisini mustahkamlab boradi. Diqqati va topqirligi oshib boradi, olgan bilimlarining o’z faoliyatida mehnat o’yin jarayonida sinab ko’rish ishtiyoqi paydo bo’ladi.

Didaktik o’yinlardan asosan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantirihga ta’sir etuvchi vosita foydalanish bilan bir qatorda nutq o’stirish, atrof-muhit bilan tanishtirish, hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish.

Ekologik va estetik tarbiyani amalga oshirishda keng qo’llaniladi. Bolalar bilan o’tkaziladigon har bir didaktik o’yin ularda aniq bilimga narsa va buyumlarga qiziqish uyg’otish bolalar diqqatini jalb qila olishi mumkin. Bolalar oldiga qo’yilgan bolalar tushunchasiga mos bo’lmasa, ularni qiynab qo’ysa, u vaqtda o’yin o’z qiymatini yo’qotadi. Bolalar qiziqmagach vazifa bajarilmaydi, maqsadga erishilmaydi.

Didaktik o’yinda bevosita takrorlash metodlaridan foydalanish lozim. Bundan maqsad ayrim muammolarni hal qilishdir, ya’ni mashg’ulotlarda faol qatnashgan bolalar bilan sust, loqayd bolalarni ham o’yinga jalb qilib olingan bilim va ko’nikmalarni takomillashtirishdan iboratdir.

Ta’limning o’yin jarayonini ayniqsa, ochiq havoda amalga oshirish bolalarda kuzatuvchanlik va ijodgarlikni rivojlantirib va ularni ranglarni, shakllantirib, kata-kichikligini, hidni, ta’mni, aniqlashda qobilyatini taraqqiy ettirishga o’rgata boradi.

Jisminoy mashqlar o’tkazish chog’ida ham turli she’riy yoki topishmoqli o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bolalarda mustaqil bajarish malakaviy ko’nikmalarini hosil qilish ularning zehnini ostirish, tez hisoblash ko’nikmalarini rivojlantirish ijodiy fikr maxsulini o’stirish qiziqishlarini oshirish maqsadida mashg’ulotlarni zamonaviy usullarda foydalanib o’tish davr talabidir.

Mavzuli nutq o’stirish, atrof-olam bilan tanishtirish mehnat mashg’ulotlarida sahnalashtirish “o’yin musobaqalar” “teatrlashtirish” “Sayohat” “Konsert” mashg’ulotlaridan foydalanish samarali natija beradi.

Shunday qilib,



  • O’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi.

  • O’yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir.

  • O’yin bolalarning har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir

  • O’yin bolalarga ta’lim tarbiya berishning metod usulidir.

Bolalar uyini o’zining mazmuni xususiyati va tashkiliy jihatlariga egadir.

O’yin bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashda maktabgacha talim muassasasi ishida katta o’rin egallaydi. O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi. Hayotiy faollik ortadi birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’yin munosib o’rin egallaydi.
Bolaga yo’naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati
Muhit MTMda bolani o’rab turgan, uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan hamma narsalarni, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va o’lchamlari, hovlidagi o’yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar, o’yinchoqlarni o’z ichiga oladi.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda maktabgacha ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida, balki muassasa hovlisida, yo’laklarida, o’yin maydonchalarida ham yaratilgan bo’lishi shart.

Xona va bino – bu bolaning rivojlanishi uchun muhim bo’lgan ichki omillardir, o’yin maydonchalari, muassasaning atrofi esa tashqi omillar bo’lib xizmat qiladi.

Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to’liq hisobga olgan holda eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.


Rivojlantiruvchi muhitda o’yin markazlari
Guruhdagi barcha materiallar va jihozlar sohalar bo’yicha tartibga solinishi lozim. Bu bolalar o’yinlari va ishlarining yanada qulay uyushtirilishiga yordam beradi. Bu sohalar o’yin markazlari deb nomlanadi. Har bir guruhda quyidagi markazlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir:
Группа 104


Полилиния 100


B


olaga yo’naltirilgan muhitning talablari



  • Bolaning sog’ligini qo’llab-quvvatlashga mos: yorug’likning yetarli bo’lishi, toza havo, toza joy va issiq xona

  • Bolani noo’rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy

  • Harakat, tajriba va kashf qilishga rag’bat ko’rsatish, ya’ni MTM hududining barcha joylarida bunga imkon bo’lsin. Masalan: o’yin maydonchasida suv va qum bilan tajribalar o’tkazish, koridorda turli o’simliklarning o’sishini kuzatish,

  • Guruhdagi barcha jihoz va qo’llanmalar bolaning bo’yi yetadigan darajada bo’lishi va bola ulardan bemalol foydalana oladigan bo’lishi kerak,

  • Bolalar o’rtasida hamkorlik va muloqotga rag’bat bildirish (kichik guruhlarga bo’linib va juft bo’lib ishlashlari, o’yinlar o’ynashlariga sharoit yaratilgan bo’lishi kerak),

  • Tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi,

  • Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish,

  • Xonani bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan qismlarga bo’ling va u yerda: o’yinchoqlar, konstruktsiyalar, belgilar, raqamlar, so’zlar va x.k. bo’lsin.

  • Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to’siq bo’lmaydigan qilib joylashtirilgan bo’lsin, bola o’ziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira olsin, nogironlarga mos mebel ham bo’lishi kerak.

  • Tarbiyachi va bolalarga ham qulay bo’lishi

  • Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl va rangdagi materiallar bilan ta’minlash

  • Iloji boricha juda ko’p narsalarni bitta joyga ilib qo’ymaslik, bu bolaning jismlarni ajratib olishiga halaqit beradi

  • Bolaga erkin tanlash imkoniyatini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash

  • O’z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish

  • Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadvalda bola ko’ra oladigan va tushunadigan holatda ilib qo’yish. Buni so’zlar hamda simvollar bilan tasvirlash.

  • Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi o’rtasida iliq munosabatni shakllantiruvchi muloqotni o’rnatishga imkon beruvchi muhitni yaratish. Bolalarning, oilasining fotosuratlarini ilib qo’yish, bolalar va onalar birga shug’ullanishlari uchun xona ajratish va h.


Xrestomatiya

Muhitni baholash: nimadan boshlash kerak?

Atrofga qarang. Bizning jamiyatda bolalar o’yinga o’z xohishlari bilan kirishmoqdalarmi? Ular ko’chada va bozorlarda o’ynaydilarmi? Ular ko’chada o’ynashni yoqtiradilarmi yoki bino ichidami? Biz bir ish boshlashni qaror qilishimizdan avval muhitning o’zini baholab olishimiz kerak.



Ota onalar, vasiylar va pedagoglar quyidagi savollarni ko’rib chiqishlari lozim:


    • Mening farzandim (bola) jamoa bo’lib o’ynaydimi? O’ynasa, qanday (faol, passiv va h.k. . )?

    • Uning faol o’yinini men rag’batlantiramanmi yoki qarshilik ko’rsatamanmi?

    • Men bolalarni (farzandimni) kerakli o’yin materiallari bilan ta’minlaymanmi?

    • Uy yoki maktabgacha ta’lim muassasasi bola o’yini uchun bexatar joy hisoblanadimi?

    • Kun davomida bolalar o’ynashi uchun joy yetarlimi?

    • Ota onalar (pedagoglar) o’yin materiallari va zaxiralari bilan qiziqadilarmi?

    • Bolaning o’yindagi o’sishini men baholaymanmi?

Shu tariqa jamiyatning zaxiralarini ham baholash lozim, masalan : ko’cha va binolarda o’yin muhitining majudligini.


Hayotiy zarur qobiliyatlar:


  • O’zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

  • Tanqidiy fikrlash;

  • Tanlashni amalga oshirish;

  • Muammolarni qo’yish va hal etish;

  • Ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish;

  • Odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to’g’risida g’amho’rlik qilish.

Bu juda muxim!

  • Har bir bola uchun ta’lim olish sharoitini individuallashtirish;

  • Tanlash imkoniyatini berish, faollashtiruvchi markazlarni tashkillashtirish;

  • Oilaning ishtiroki.

Dasturning “Uch kiti”

  • Konstruktivizm-bolalar olamni shaxsan o’zlari tushungan holda konstruktsiya qiladilar yoki ko’radilar;

  • Ilg’or ta’lim-har bir bola rivojlanishi uchun sharoit yaratish;

  • Rivojlantirishning o’ziga xosligini hisobga olish-har bir bola noyob va yagonadir;

“ Baxtli bolalik” qo’shig’i

Bolalarni sevamiz

Ularga o’rgatamiz

Tanqidiy fikrlashni

Muammo hal qilishni


Ota va onalarni

Ta’limga jalb etamiz

Ijodkor, loqayd emas

Bola tarbiyalaymiz


Dunyoning rivoji bu

Zo’r g’oya ixtirodir

Bilib qo’y har bir bola

Yagona va noyobdir


Menga baliq bersangiz,

Men bir kun to’q bo’laman

Menga baliq tutishni o’rgatsangiz,

Men butun umr to’q bo’laman.


Xitoy xalq hikmatli so’zi.

Bola rivojlanishiga yagona yondashuv



  • Bola to’laqonli shaxs sifatida

Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan xolda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham1.


Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib chiqilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta, o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:

  • Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan farq qiladi.

  • Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr hisoblanadi;

  • Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi

  • Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak.

  • Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va bir qancha yana hos faktorlar mavjud.

Ilk davrlardagi aralashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi.

Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz.





  • Bola rivojlanishiga yagona yondashuv deganda nimani tushunamiz?

Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi yutug’i va rivojlanishi o’zaro bog’liq.

Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola xam shu muhitga aralashganini tushuna boshlaydi. Har bir bolaning atrof muhitni “ishg’ol qilishi” uning murakkab bosqichlarni bosib o’tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va jarayonlar kiradi.

Barcha rivojlanish doiralari bir-biriga bog’liq. Ya’ni bitta doiradagi rivojlanish ikkinchi doiraga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har bir doiraga to’g’ridan-to’g’ri va aniq murojaat qilinsa, o’rganish oson va tajriba orttirish oson kechadi. Bola rivojlanishining bosqichlari turli xildir, ya’ni bir bola bir holatda tez rivojlansa, ikkinchisi boshqa bir holatda tez rivojlanadi. Har bir rivojlanish doirasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bir doiradagi maqsadlarga erishib, o’z-o’zidan ikkinchi doiraning maqsadlariga ta’sir qilamiz. Masalan, agar bir jismni bola o’zi mustaqil yeya olsa, unga yordam berib, biz motor ko’nikmalari, ko’z-qo’l muvofiqligi, e’tibor, hissiy ta’sirlar bilan o’zaro munosabatlarga kirishishni (qo’llab-quvvatlash, maqtov, o’ziga ishonch) til va lug’at (taomning nomi, idishlarning nomi) rivojlantiramiz. Xuddi shu tarzda tilni qay darajada o’rganganligi bolaga kattalar va tengdoshlar bilan munosabatga kirishishga yoki kirisha olmasligiga sabab bo’la oladi.

Mazkur sohani chuqurroq o’rganishdan asosiy maqsad uni kategoriyalarga bo’lishdir. Aslini olganda esa shuni doimiy ravishda esda tutish lozimki, rivojlanayotgan hamma sohalar o’ta muhim hisoblanib bir-birini o’zaro to’ldirib boradi. Hech qaysi soha mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir ko’nikma sodda bo’ladimi yoki murakkabmi, boshqa ko’nikmada o’z ifodasini topadi.

Rivojlanish doiralarining o’zaro bog’likligidan tashqari, integratsiya yondoshuvi ham bola rivojlanishiga taalluqi hamma sektorlarni o’zaro bir-biriga bog’lab yuboradi, ular: ta’lim, e’tibor va himoyadir.

Bolalarda mayda qo’l motorikasini rivojlantirish

Bolalarning mayda qo’l motorikasini rivojlantirish ular tafakkurining kuchli rivojlanishiga zamin tayyorlashi ko’p psixolog va pedagoglar tomonidan ta’kidlab o’tilgan. Masalan, M.I.Koltsova, Ye.I.Isenina, A.V.Antakova-Fomina va boshqalar mayda qo’l motorikasining rivojlanganligi bolalar nutqini shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb ta’kidlasalar. P.Losev mayda qo’l motorikasi va barmoqlar harakatini mutanosibligi bolalarni maktabgacha yoshda to’g’ri rivojlanishining eng muhim masalalardan biridir, deb hisoblaydi.

N.S.Jukova, Ye.M.Mastyukova, T.B.Filecheva, S.I.Bot va boshqalarning maxsus adabiyotlarida bo’lsa, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish yo’llari orqali nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning nutqini to’g’ri shakllantirishga yo’naltirilgan usullar berilgan.

Shuningdek, M.Montessorining didaktik materiallari ham, aynan sensorika va motorikani rivojlantirishga qaratilgan hamda eng, avvalo, bolaga uning o’z yoshiga mos motorika va sensorika orqali ruhiy shakllanishiga yordam beradi. Didaktik maqsadlarga qaratilgan motorika umumiy, hissiy, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishga ta’sir etadi.


Bola rivojlanishiga yagona yondфshuv

  • Bola to’laqonli shaxs sifatida

Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan holda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham2.

Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib chiqilgan.

Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta, o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:



  • Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan farq qiladi.

  • Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr hisoblanadi;

  • Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi

  • Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak.

  • Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va bir qancha yana xos faktorlar mavjud.

Ilk davrlardagi aralashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi.

Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz.



  • Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz?

Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi yutug’i va rivojlanishi o’zaro bog’liq.

Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola ham shu muhitga aralashganini tushuna boshlaydi. Har bir bolaning atrof muhitni “ishg’ol qilishi” uning murakkab bosqichlarni bosib o’tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va jarayonlar kiradi.

Barcha rivojlanish doiralari bir-biriga bog’liq. Ya’ni bitta doiradagi rivojlanish ikkinchi doiraga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har bir doiraga to’g’ridan-to’g’ri va aniq murojaat qilinsa, o’rganish oson va tajriba orttirish oson kechadi. Bola rivojlanishining bosqichlari turli xildir, ya’ni bir bola bir holatda tez rivojlansa, ikkinchisi boshqa bir holatda tez rivojlanadi. Har bir rivojlanish doirasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bir doiradagi maqsadlarga erishib, o’z-o’zidan ikkinchi doiraning maksadlariga ta’sir qilamiz. Masalan, agar bir jismni bola o’zi mustaqil yeya olsa, unga yordam berib, biz motor ko’nikmalari, ko’z-qo’l muvofiqligi, e’tibor, hissiy ta’sirlar bilan o’zaro munosabatlarga kirishishni (qo’llab-quvvatlash, maqtov, o’ziga ishonch) til va lug’at (taomning nomi, idishlarning nomi) rivojlantiramiz. Xuddi shu tarzda tilni qay darajada o’rganganligi bolaga kattalar va tengdoshlar bilan munosabatga kirishishga yoki kirisha olmasligiga sabab bo’la oladi.

Mazkur sohani chuqurroq o’rganishdan asosiy maqsad uni kategoriyalarga bo’lishdir. Aslini olganda esa shuni doimiy ravishda esda tutish lozimki, rivojlanayotgan hamma sohalar o’ta muhim hisoblanib bir-birini o’zaro to’ldirib boradi. Hech qaysi soha mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir ko’nikma sodda bo’ladimi yoki murakkabmi, boshqa ko’nikmada o’z ifodasini topadi.

Rivojlanish doiralarining o’zaro bog’likligidan tashqari, integratsiya yondoshuvi ham bola rivojlanishiga taa’lluqli hamma sektorlarni o’zaro bir-biriga bog’lab yuboradi, ular: ta’lim, e’tibor va himoyadir.

Nazorat uchun savollar:

1.Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz?

2. Shaxsning rivojlanishi qanday jarayon?

3. Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar.

4. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o’rni.
Tayanch so’zlar: bolaga yo’naltirilgan ta’lim, interfaol, metod, usul, o’yin, pedagogik texnologiya.

FOYDALANILGAN MANBALAR

1. Z.A.Raxmonqulova va boshqalar. Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini o’qitish bo’yicha seminar modullari. Toshkent - 2010.

2. N.N.Azizxo’jaeva "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. Toshkent-2006.

3. Internet saytlari materiallari.

4.Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi.T.2010 y

5.Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturini tashkil etish.2012 y





1 Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood. London: Routledge Falmer.


2 Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood. London: Routledge Falmer.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish