Oshirish instituti



Download 0,76 Mb.
bet4/8
Sana07.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oshirish instituti


I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa

A) Salomlashish.

B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.

II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.

Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish

III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar:


Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari).

Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi


muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Chiniqish shartli reflektorli jarayon sifatida muntazamlilikni talab qiladi. Boshqaruvning yo’qligi, rejimning buzilishi natijasida muvaqqat bog’lanishlar so’nadi va bola organizmining tashqi muhitga chidamliligini va turli noxush ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi.

Chiniqish jarayoni xilma-xil: u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko’ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari) ni o’z ichiga oladi; ikkinchi tomondan kun tartibida belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar engil kiyimbosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat aktivligi rejimiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash) albatta mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bularning hammasi organizmning to’laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o’zgarishlar paydo qiladi (nerv tizimning holati va funktsiyasini, modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning emotsional-ijobiy holatini vujudga keltiradi), sharoitni muqobillashtiradi va bola xatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi.

Dastur chiniqtirish tadbirlarini barcha yosh guruhlarida bir yoshdan boshlab qo’llanishni ko’zda tutadi. Unda chiniqtirish turlari, ularni o’tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, vrach tavsiyasiga ko’ra bolalarga albatta individual yondashish kerakligi ko’rsatilgan.

Harakat paytida qabul qilinadigan havo vannalari bolalar harakat faoliyati vaqtida havoning terining yalang’och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunday havo vannasining eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko’rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari ochiq xonalarda o’tkaziladigan ertalabki gimnastikadir. Bundan tashqari ko’pincha katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalari havo vannasini vrach tavsiyasiga ko’ra ochiq havoda va xonadagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari chog’ida oladilar.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada o’tkazishda havo harakati asta-sekin har 2—3 kunda kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu vrach ko’rsatmasiga ko’ra, bolalar sog’lig’ining ahvoli va ularning har biriga individual yondoshgan holda amalga oshiriladi.

Mavjud tadqiqotlar, bolalar bog’chalari ish tajribalari bunday muntazam mashg’ulotlarning natijasi yuqori bo’lishini tasdiqlaydi: bolalar sog’lig’i mustahkamlanadi, shamollash va yuqumli kasalliklar kamayadi, ma’lum darajada chidamlilik hosil qilinadi.

Suv tadbirlari artinish, boshdan suv quyish, dush, cho’milish (suv havzalarida, ko’lda) kabi muolajalardan iborat. Vrachning bolalarning individual xususiyatlari va sog’lig’ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Suv muolajalarida bolaning aktiv bo’lishi maqsadga muvofiq va zarurdir. Birinchi kichik guruhda aktivlikka undash asosan kattalardan bo’ladi, ular bolalarni harakatlarga da’vat etadilar. Bola 3 yoshdan mustaqil harakat qilishga o’rgana boshlaydi.

Oyoq, qo’l uchlaridan markazga qarab uqalash harakatlaridan iborat artinishda bolalar suvi siqilgan ho’l qo’lqoplar yordamida o’zlari harakat qilishga o’rganadilar. Doira yoki yarim doira bo’lib turgan holda ular bir vaqtda ko’krak, elka va qo’llarni ishqalab artadilar, shundan so’ng o’girilib qo’lqoplarini orqada turgan bolalarga beradilar va ularning har biri o’rtog’ining orqasini ishqalaydi. Shunday qilib, bola artinish jarayonida harakatda bo’ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy ko’nikmaga o’rganadi.

Boshdan suv quyish o’zining organizmga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra oldingi tadbirlardan birmuncha kuchliroqdir. Suv oqimi badanni tozalaydi, muskullar tonusini oshiradi, ular ishini aktivlashtiradi, nerv tizimni qo’zg’otadi, tetiklik holatini yuzaga keltiradi. Bola oqayotgan suvga orqasi, ko’kragi, biqini, qorni, qo’llarini tutib aylanadi. Bundan tashqari u suv oqimiga ko’ra harakat qilib, badaniga suv sochib ishqalashi mumkin. Muolajadan so’ng barcha bolalar badanlarini tarbiyachi kuzatuvida yaxshilab artadilar.

Ko’pchilik bolalar muassasalarida muntazam chiniqtirishda vrach tavsiyasiga ko’ra ertalabki gimnastikadan so’ng (ko’pincha tayyorlov guruhlarida) belgacha suv quyish joriy qilinmoqda. Bolalar mustaqil yuvinadilar, bunda bo’yin, ko’krak, yelka va qo’llarini ishqalaydilar, shundan so’ng badanlarini yaxshilab artadilar. Belgacha suv quyib yuvinish turli sharoitda qo’llasa bo’ladigan juda qulay muolaja hisoblanadi, shuning uchun bolalarni unga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.

Cho’milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini sog’lomlashtirish va chiniqtirishning ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha nur omixtaligidagi toza havo, bolalar harakati — bu vositalar butun bir kompleksi bola organizmiga, uning nerv tizimi, emotsional-ijobiy holatiga favqulodda yaxshi ta’sir etadi.

Biroq, bu muolajaning samaradorligiga qaramay, undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish, bolalarni unga asta-sekin o’rgatish—dushdan oldin artinish va suvning haroratini asta-sekin pasaytirib borish lozim. Bolalarda issiqlik regulyatori funktsiyasi yetarli rivojlanmaganligi tufayli issiqlikning teri orqali tashqariga ko’plab chiqib ketishi cho’milish paytida bolalarning harakat aktivligini taqozo etadi. Tarbiyachining suvda kichik guruhchalar (6—8 kishi) bilan uyushtiradigan oddiy quvnoq o’yinlari bolalarda ijodiy emotsiya uyg’otadi, muskul harakati esa issiqlik hosil bo’lishini kuchaytiradi. Buning natijasida bola o’zini yaxshi sezadi, sovuq qotmaydi va suvdan cho’chimaydi. Chiniqtirish maqsadidagi cho’milish dasturda o’rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiya etiladi. Suvga o’rgatishni tajriba ko’rsatganidek, 1,5—2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o’yinchoqlar bilan o’ynash, suv sachratish kichkintoylarga o’zlari uchun yangi bo’lgan suv muhitini o’zlashtirishda yordam beradi, ijobiy emotsiya uyg’otadi, jasurlikni tarbiyalaydi.

Cho’milish joyini sinchiklab tekshirish, 3—4 bolaning kattalarning hushyor kuzatuvida bir vaqtda cho’milishi, vrachning barcha ko’rsatmalariga rioya qilish —bu muolajalarni o’tkazishning majburiy shartidir. Cho’milish muddatini har bir yosh guruhi uchun bolalar muassasasi vrachi belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo harorati, shamol, quyoshli yoki bulutli havo) va barcha bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi.

Suzish. Suzish havzalari bo’lgan muassasalarda bolalar kichik guruhdan boshlab muntazam cho’miltiriladi va vrach rahbarligida suzishga o’rgatiladi; maxsus muassasalarda bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatiladi. Bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatish salomatlik uchun muhim va kishilar hayoti va faoliyatida katta ahamiyatga ega.

Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir ko’rsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini to’xtatadigan), antiraxit (nerv tizimning faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak muskul tizimni mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini kuchaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bo’lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir.

Quyoshning organizmga bunday rang-barang ta’siri juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy holatlar (qo’zg’alish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat vrach tavsiyasiga ko’ra, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkazilishi zarur.

Ilg’or tajribalar shuni ko’rsatadiki, bolani tizimli chiniqtirishni ilk yoshdan boshlash va uni bolaning bolalar muassasasidagi oxirgi kunigacha amalga oshirish kerak ekan. Shundagina bu tadbir ko’nikma harakterini kasb etadi. Bunda pedagoglar, hamshiralar va texnik xodimlar ishdagi uyushqoqlik, shuningdek ota-onalar bilan aloqa o’rnatish asosiy shart hisoblanadi.



Ertalabki gigienik badantarbiya mashqlari

5─7 yoshdagi bolalani sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bilim,malaka va ko’nikmalar

(jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi ahamiyati)

Ertalabki badantarbiya va suv muolajalarining sog’likni mustahkamlash uchun, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, irodalilik, tetiklik va yaxshi kayfiyat uchun ahamiyati. Badantarbiya mashqlarini bajarish uchun zarur shart ─ sharoitlar to’g’risida ma’lumotlar ertalabki badantarbiya mashqlarining majmuyi to’g’risida tushuncha va mazkur yosh guruhi uchun mashqlarni tanlash


Har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda buyumlar bilan tugallash. Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan holda bajarish

Chiniqtirish

Chiniqtirish to’g’risida tushuncha. Chiniqtirishning tabiiy omillari: quyosh, havo va suv, havo bilan chiniqtirishning asosiy turlari: yengil kiyimlarda, ochiq havoda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish, sport o’yinlari, sayrlar, ko’ngilochar o’yinlar o’tkazish.Tanani chiniqtirishning shamollashning oldini olishdagi ahamiyati. Suvning chiniqtiruvchi ahamiyati. Suv muolajalari: yuvinish, artinish, oyoqni yuvish, belgacha yuvish, dush qabul qilish, ochiq suv havzasida cho’milish. Badanni ho’l sochiq bilan artishning chiniqtiruvchi ahamiyati va uni o’tkazish tartibi. Suv havzalarida cho’milishning asosiy qoidalari. Quyoshning chiniqtiruvchi ta’siri, quyosh vannalaridan foydalanish qoidalari. Yalangoyoq yurishning chiniqtiruvchi ahamiyati. Chiniqtirishning asosiy tamoyillari: muntazamlik, izchillik bolaningn sog’lig’i va jismoniy rivojlanish darajasini hisobga olish

Xonada engil kiyimda bo’lish, fortochkani ochib qo’yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni har qanday havoda bajarish. Kiyim va poyabzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo’yinni, qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy haroratidagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artinish: avval qo’llarni, keyin esa ko’krak va orqani, undan keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish

Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash

Qad─qomat haqida tushuncha va ta’rif. Yurak, o’pkaning me’yorida ishlashi, butun a’zolarning uyg’un rivojlanishi uchun to’g’ri qomatning ahamiyati. Skeletning tuzilishi (umurtqa, ko’krak qafasi , suyaklar, bosh suyagi, qo’l va oyoq suyaklari) Ertalabki badantarbiya mashqlari , sport o’yinlari, mehnatning to’g’ri qomatni shakllantirish uchun ta’siri. Yurish mashqlari vaqtida gavda holatini nazorat qilib borish. Skeletni to’g’ri holatda ushlab turishga yordam beradigan mashqlarni bajarish, mushaklarni mustahkamlash, suyak mushak, asab va boshqa tizimlarni mashq qildirish va rivojlantirishda badantarbiya hamda sport mashqlari va jismoniy mehnatning ahamiyati. Mashg’ulotlar vaqtida gavdani to’g’ri tutish va ishchanlik holati

Ertalabki badantarbiya mashqlarni muntazam ravishda bajarib turish. Badantarbiya mashqlari tarkibiga to’g’ri qomatni shakllantiradigan, yassitovonlikning oldini oladigan mashqlarni kiritish (kattalar bilan birgalikda) To’g’ri qomatni mustaqil nazorat qilib borish qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga elkani tekizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash




Ertalabki badantarbiya mashqlari

3─ 5yoshdagi bolalani sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bilim,malaka va ko’nikmalar

(jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi ahamiyati)

Badantarbiyaning sog’likni saqlashdagi ahamiyati. Ertalabki badantarbiya majmuyi to’g’risida ma’lumotlar, ertalabki badantarbiya mashqlarining majmuyi to’g’risida tushuncha va mazkur yosh guruhi uchun mashqlarni tanlash.


Har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish. Ochiq havoda esa sport kiyimida, bosh kiyimida bajarish. Qo’l, oyoq va gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish

Chiniqtirish

Salomatlik uchun chiniqtiruvchi tadbirlarning ahamiyati. Badanni ho’l sochiq bilan artish, oyoqni yuvish, ochiq suv havzalarida cho’milish qoidalari. Oyoqqa suv quyish, artinish qoidalari.

Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob─havoda ham harakatli o’yinlar o’ynash. Uyquga yotishdan oldin xonanai shamollatish. Har kuni oyoqlarni yuvish, sekin─asta suv haroratini pasaytirib borish.

Xona haroratidagi suvda ho’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni , ko’krakni qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish. Suv haroratini har kuni 1 gradusdan pasaytirib borish



Qomatni to’g’ri tutish

Qomatni to’g’ri tutishning sog’liq uchun ahamiyati. Qomatning buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar (kifoz, lardoz, skalioz) turlari va ularning oldini olish.

Mashg’ulotlar vaqtida va mehnat ko’nikmalarini egallashda gavdani to’g’ri holatda tutish



Qomat o’zgarishining oldini olishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish ( “qayiqcha”,”mushuk”,” velosiped”,” beshik”)

Stol atrofida o’tirganda, uyqu vaqtida gavdani to’g’ri tutish. Yurish, chopish vaqtida gavdani to’g’ri tutish, qo’lni ikki yonda tutish, bosh birmuncha ko’tarilgan holda oldinga qarash




Erta yoshdagi(1─3yosh) bolalarda shakllantiriladigan salomatlikni muhofaza qilishga doir bilim, malaka va ko’nikmalar


Ertalabki badantarbiyaning sog’liqni mustahkamlashdagi ahamiyati. Badantarbiya uchun zarur shart─sharoitlar haqidagi ma’lumotlar. Ertalabki badantarbiya mashqlari majmuyi to’g’risida tushuncha va maktabgacha yoshdagi guruhlar uchun mashqlarni tanlab olish


Har kuni ertalab badantarbiya qilish.

Harakatlarni namunaga muvofiq bajarish, badantarbiyani ochiq havoda yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida) ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish



Chiniqtirish

Chiniqtirishning tabiiy omillari: quyosh, havo va suv.

Suv muolajalari: suv havzalarida cho’milish, yuvinish, artinish.



Yuz va qo’llarni yuvish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, yuz qo’llarni sochiq bilan artish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish. Ochiq havoda suv havzasida cho’milish (Gigiyena talablariga amal qilgan holda)

Qomatni to’g’ri tutish

To’g’ri qomat haqida tushuncha. To’g’ri qomatni shakllantiruvchi va oyoq kafti muskul guruhlarini mustahkamlashga e’tibor berish. Yassioyoqlilikning oldini olish. Qomatni to’g’ri tutishni shakllantirish.

Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish.

Mashg’ulotlarda bir oz oldinga engashib to’g’ri o’tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko’krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida bukib o’tirish


Mavzu yuzasidan test savollar



1. Harakat yo’nalishlardan “orqada, oldinda” kabi so’zlarning ma’nosini necha yoshda tushunadilar?

A. 2- 3 yoshda

B. 3-4 yoshda

C.4-5 yoshda

D. 3-5 yoshda

2. “Standart” so’zining ma’nosi nima?

A. Ta’lim

B. Ta’lim – tarbiya

C. Tarbiya

D. Me’yor

3. Bolalalarning asosiy faoliyat turini aniqlang.

A. Mashg’ulot

B. O’yin

C. Mehnat

D. Kuzatish

4. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni sanab o’ting.

A. Qo’l, yelka, gavda, oyoq harakatlari

B. Tana harakati

C. Sakrash

D. Yugurish
5. Umumiy madaniy gigiyenik ko’nikmalar deganda nimani tushinasiz?

A. Bolalarning toza, ozoda kiyinib yurishlari, kiyimlarning o’ziga mosligi, tirnoqlarning olinganligi

B. Quyosh, suv, havo vannalari orqali organizmni chiniqtirich

C. kun tartibiga qat’iy rioya qilish, xonalarni ozoda, yorug’ bo’lishi, mebellarning bolalar bo’yiga mosligi

D. Sog’lom va barkamol bo’lishi


1

2

3

4

5

A

D

B

A

A


FOYDALANILGAN MANBALAR

1.K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil
2.“ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish” mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011
3.“Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil
4.“ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil
5.“Interfaol o’qitish metodikasi” MMXQTMORO’MM.Toshkent-2009 yil.

6.“Bolajon” tayanch dasturi.2010y.

7.Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablari.2013 y.

3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari

(2 soat amaliy )

REJA:


1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida chiniqtirish va sog’lomlashtirishning ahamiyati.

2.”Bolajon” dasturi asosida 2-3 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.

3.”Bolajon” dasturi asosida 3-5 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.

4.”Bolajon” dasturi asosida 5-7 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.




Mavzu:

Chiniqtirishning sog’lomlashtiruvchi ahamiyati

Maqsad, vazifalar:

Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish bo’yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashq va o’yinlarni tashkil etishda differentsial yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o’ziga xos yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy tomondan to’g’ri tarbiyalash targ’ib qilinadi.


O‘quv jarayon mazmuni:

1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida chiniqtirish va sog’lomlashtirishning ahamiyati.

2.”Bolajon” dasturi asosida 2-3 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.

3.”Bolajon” dasturi asosida 3-5 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.

4.”Bolajon” dasturi asosida 5-7 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.




O‘quv jarayondan kutiladigan natija:

Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.


O‘quv jarayon turi:

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:

Shakl: guruhlarda ishlash

Metod: guruhlarda ishlash metodi

Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.

Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.

Nazorat: Savollar va javoblar.

Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash.

O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti:

I. Tashkiliy qism – 5 minut.

II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.

III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.

Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa

IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagrammasi” - 30 daqiqa

V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.

IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.


Kutiladigan natijalar:

O‘qituvchi

Tinglovchi

Yangi nazariy bilimlar beradi.

Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.

Tinlovchilarga dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida tushuntiradi..

Tingnlovchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi va topshiriq bilan tinishtiradi.

Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumot to‘plashga yo‘naltiradi.

Tinglovchilarga samarali maqsad mezonlari asosida tuzilgan maqsadlarni taxlil qilishni kichik guruhlarda ishlash metodi orqali bajarishadi.

Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi.


Yangi nazariy bilimlar olishadi.

Axborot izlash, to‘plash va foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.

Tinglovchilar dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida bilib oladilar.

Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini baholaydi hamda o‘zgalar faoliyatini tahlil qiladi.

Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.

Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.

Ular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli kon’kida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi.


Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar):

O‘quv jarayonini tahlil qiladi;

Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi;

Pedagogik mahoratini oshirib boradi.


O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar.

Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish;

O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi


I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa

A) Salomlashish.

B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.

II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.

Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish

III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar:


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish