Oshirish instituti



Download 0,76 Mb.
bet1/8
Sana07.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23148
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oshirish instituti

OZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

FARG‘ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI

OSHIRISH INSTITUTI
Maktabgacha talim muassasasi jismoniy tarbiya yo’riqchilariga fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar moduli bo‘yicha ma‘ruza matnlari

MAJMUASI

Farg‘ona- 2016



MA’QULLAYMAN”

O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor:_____ O.Mamaziyayev




TASDIQLAYMAN”

Farg‘ona VXTXQTMOI rektori: _______ N.Abdulaxatov




Maktabgacha talim muassasasi jismoniy tarbiya yo’riqchilariga fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar moduli bo‘yicha ma‘ruza matnlari

MAJMUASI

Ushbu ma‘ruza matni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiMaktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasining maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo’riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tayyorlangan bo’lib, Xalq ta’limi tizimi maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo’riqchilari uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar: O.Abobakirova- maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.


Taqrizchi: F.Akbarova – maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.
.

Ushbu ma‘ruza matni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy Kengashining 20 -yil dagi -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va o‘quv jarayonida foydalanich uchun tavsiya etilgan.



3.3.Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar







Ma’ruza

seminar

Jami

1


Harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi

2

2

4

2


Sog’lomlashtirish ва chiniqtirish usullari

2

2

4

3

Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi.

2

2

4

4


’limda innovаtsiya




2

2

55

Bolaga yo’naltirilgan ta’lim. Interfaol strategiyalar.




4

4




Jami:

6

12

18



M UN D A R I J A




Mavzular

Bet

1

Harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish mеtoдикаsи




2

Sog’lomlashtirish ва chiniqtirish usullari




3

Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi.




4

’limda innovаtsiya




5

Bolaga yo’naltirilgan ta’lim. Interfaol strategiyalar.




3.2.1 Mavzu:Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi

(2 soat nazariy )
Reja:


  1. Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasi

  2. Tarbiyachining bolalarga o’yin harakatlarini tushuntirishi.

  3. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirish

  4. Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish metodikasi

Mavzu:

Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi

Maqsad, vazifalar:

Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasini egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqnyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlikka, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilishga, o’rtoqlik yordami berishga, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va bundan quvonishga o’rgatib boradi.


O‘quv jarayon mazmuni:

1.Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasi

2.Tarbiyachining bolalarga o’yin harakatlarini tushuntirishi.

3.Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirish

4.Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish metodikasi




O‘quv jarayondan kutiladigan natija:

Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhning sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko’nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog’lig’ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, rejim, o’yinni o’tkazish o’rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarining o’ziga xos xususiyatlari.


O‘quv jarayon turi:

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:

Shakl: guruhlarda ishlash

Metod: guruhlarda ishlash metodi

Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.

Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.

Nazorat: Savollar va javoblar.

Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash.

O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti:

I. Tashkiliy qism – 5 minut.

II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.

III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.

Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa

IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster “va “Venn diagrammasi” - 30 daqiqa

V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.

IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.


Kutiladigan natijalar:

O‘qituvchi

Tinglovchi

Yangi nazariy bilimlar beradi.

Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.

Tinlovchilarga dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida tushuntiradi.

Tingnlovchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi va topshiriq bilan tanishtiradi.

Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumot to‘plashga yo‘naltiradi.

Tinglovchilar samarali maqsad mezonlari asosida tuzilgan maqsadlarni tahlil qilishni kichik guruhlarda ishlash metodi orqali bajarishadi.

Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi.


Yangi nazariy bilimlar olishadi.

Axborot izlash, to‘plash va foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.

Tinglovchilar dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida bilib oladilar.

Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini baholaydi hamda o‘zgalar faoliyatini tahlil qiladi.

Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.

Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.

Ular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli kon’kida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalar haqida tushunchalar oladi.


Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar):

O‘quv jarayonni tahlil qiladi;

Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi;

Pedagogik mahoratini oshirib boradi.


O‘quv jarayonni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar.

Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib keladilar.

O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi


  1. I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa

  2. A) Salomlashish.

  3. B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish, do‘stona kelishuv o‘rnatish.

  4. II-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga doir bilimlarini aniqlash- 15 minut.

  5. Tinglovchilarning mavzuga doir dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish

  6. III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar:

Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasini egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqnyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlik ko’rsatish, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilish, o’rtoqlik yordami berish, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va bundan quvonishga o’rgatib boradi.

Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhning sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko’nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog’lig’ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, rejim, o’yinni o’tkazish o’rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarining o’ziga xos xususiyatlari.

Harakatli o’yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongining o’sishi, ular to’plagan harakat tajribasi, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o’zgartirib turiladi.

Bolalar bilan o’tkaziladigan barcha o’yinlar fazoda, o’yin vaziyatida mo’ljal olishni tarbiyalaydi. O’rta guruhlarda endi oddiy musobaqa usulidagi o’yinlarni individual («O’yinchoqni kim oldin olib keladi») tarzda ham o’tkazish mumkin. Bir tomondan juda tez harakat qilishga undovchi «Qim tezroq» topshirig’i o’yinga emotsional ruh bag’ishlaydi, ikkknchi tomondan bolalarni kollektivda o’z harakati uchun mas’uliyatni his qilishga o’rgatadi.

Katta guruh bolalari uchun harakatli o’yinlar o’z mazmuni, qoidalari, rollarining miqdori, topshiriqni jamoa tarzda musobaqaga joriy etishga («Kimning qatori tezroq saflanadi») ko’ra murakkablashtiriladi. Kichik guruhlar musobaqalarida bolalarning jismoniy rivojlanish va individual xususiyatlari hisobga olinadi.

Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o’yinlar, shuningdek, sport musobaqalaridan iborat komanda o’yinlarini, o’yin-estafetani, sport o’yinlarini o’ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikning rivojlanishiga, harakat ko’nikmalarining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi, emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi.

O’yinni tashkil etish. O’yin o’zining mazmuni, o’yin topshiriqlarining navbatma-navbat bajarilishiga qarab barcha bolalar bilan bir vaqtda yoki kichik guruh (bu vaqtda bolalarning qolgan qismi boshqa faoliyat bilan band bo’ladilar) bilan o’tkaziladi.

Harakatli o’yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda faol ishtirok etadigan o’yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Qimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki» va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan («Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va hakazo) foydali va qiziqarli o’yinlar mavjud. Bu o’yinlar irodani tarbiyalashga yordam beradi, o’zini tuta bilishga o’rgatadi. Biroq bunday o’yinlarni noto’g’ri tashkil etilganda bolalar o’yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Kutib qolish, statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan bahona bilan o’yindan chalg’iydilar, bu esa mazkur holning sabablarini hisobga olmagan tarbiyachida norozilik uyg’otadi. Bunday paytda o’yinda kichik guruh ishtirok qiladi va u uzoq davom etmaydi, bolalar aktiv bo’lib o’yin oxirigacha diqqat qiladilar.

Shunday qilib, faqat o’yinni to’g’ri tanlashgina emas, balki uni juda katta samara beradigan darajada o’tkazish ham muhimdir. Amalda o’yinni tashkil etish usullarini doimo o’zgartirib turish mumkin: tarbiyachi o’yinlarning strukturasi va harakatlarning xarakteriga qarab o’yinlarni juda oqilona tashkil etishi va bunda umuman bolalarning butun faoliyatini ko’zda tutishi lozim.

Bolalarni yangi o’yin bilan tanishtirish, uning mazmuni va qoidalarini tushuntirish tarbiyachidan puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ayrim o’yinlarning mazmunini oldindan bo’ladigan suhbatlarda (o’yin o’tkaziladigan kun bo’lish shart emas) yoritish zarur, masalan, «Maymunlar va ovchilar», «Bo’ri jarlikda», «Kosmonavtlar», «Sayohatchilar» va hokazo o’yinlarda bo’lgani kabi, suhbatlar, rasmlarni ko’rib chiqish natijasida bolalarning bilimlari oydinlashadi, ularning tasavvurlari aniqlashadi, o’yin obrazlariga nisbatan munosabat tarkib topadi, ijodiy xayol o’sadi.

O’yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko’ra har xil o’tishi mumkin, biroq bu tadbir doimo emotsional jihatdan qiziqarli, bolalarni quvnoq o’yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o’yinni tezroq boshlash istagini tug’diradigan va o’yin topshiriqlarini ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo’lishi kerak.

Tarbiyachi o’yin harakati izchilligini tushuntiradi, bolalar va o’yin atributlarining joylashish o’rnini (kichik va o’rga guruhlarda buyumlarnp mo’ljallab, katta guruhlarda esa mo’ljalga olmay ko’rsatadi) fazo terminologiyasidan foydalangan holda ko’rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so’ng pedagog bolalar tushuntirishlarni qanday qabul qilganliklarini tekshirish maqsadida jiddiy yoki hazil ohangda bir necha savollar beradi. Bolalar uchun mustaqil bajarilishi kerak bo’lgan o’yinning harakat va qoidalari tushunarli bo’lsa, shundagina o’yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan o’tadi.

Musobaqada mavjud o’yinlarni o’tkazishda tarbiyachi o’yinni tushuntirayotib qoidalarni, o’yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi. Bolalarni topshiriqlarni to’liq bajarishga harakat qilishlari va yaxshi uddalashlariga ishonch bildirgan holda ularni rag’batlantiradi. Bunday o’ynnlarda faqat tezkorlikka emas, balki harakatlarni sifatli bajarishga oid topshiriqlar berish ham tavsiya etiladi. («Kimning komandasi to’g’riroq yugura oladi», «Kimning komandasi to’pni tushirmaydi»). Harakatlarni maromida, to’g’ri bajarish bolalarga katta qoniqish, quvonchli kechinmalar birligini, ishonch va harakatlarni takomillashtirishga intilish hissini baxsh etadi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy kamoloti va individual tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashgan kuchlari teng guruhlar — komandalarni birlashtiradi; o’ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni aktivlashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo’shib qo’yadi.

Tarbiyachi kichik guruhlarda o’yinchilar harakati va qoidalarni bevosita o’yinni o’tkazish jarayonida tushuntirishi mumkin. Tarbiyachi bolalar bilan o’ynar ekan, ular faoliyatini yo’naltiradi, o’yinda foydalaniladigan harakat signalini ajratib ko’rsatgan holda o’yin vaziyatiga emotsional ruh beradi, masalan, «Endi esa men qochaman... kim meni tezroq quvib etadi» («Quvib et» o’yini).

Syujetli o’yinlar boshqa usullarni talab etadi. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko’zi o’ngida o’yin vaziyatining ko’rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o’yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va emotsiyalariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusini faollashtirishdan iboratdir.

Tanish o’yinlarni takrorlaganda kichik guruhlarda asosiy rollar (bolalar — qushlar, tarbiyachi — toychoq bo’lganini) va joylar — bolalar uyalarini emotsional obrazli tarzda eslatish; «Qushchalar kimdan qochib inlariga uchib ketadilar? Ular kimdan cho’chishi mumkin?» kabi savollar berish mumkin. O’rta guruhda tanish o’yinni taklif etib, qoidalarni eslatib o’tish bilan cheklanish kifoya. (Masalan, boshlovchi «To’xta» degach — qimirlash mumkin emas). Boshqa bir holda bolalardan «Men bubenga urganimda nima qilish kerakligini kim aytadi?» deb so’rash mumkin (Taxminny javob: «O’z o’yinchog’i yoniga tez etib kelish kerak».) Katta guruhlarda o’yin mazmunini eslashni bolalarning o’zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri fazo terminologiyasidan foydalangan holda o’yinchilarning joylashish o’rnini belgilaydi, o’yin harakatlarining borishini bayon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Bunday usul bolalarda onglilik va mustaqillikning rivojlanishiga yordam beradi, asta- sekin pedagogning bevosita rahbarligisiz o’yin o’ynashga olib keladi.

O’yinlarda rollarni bo’lish turlicha kechadi. Ba’zida tarbiyachi muayyan pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag’batlantirish yoki aksincha, namunali bola misolida botir bo’lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki bo’lmasa o’ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo’rqoq, tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni xursand qilgan holda o’yinga o’zi kirishib, o’zi zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi. Bunda u bolalardan «Bugun qaysi sanoq o’yinini tanlab olamiz?», «Kim sanashni xohlaydi?» deb so’raydi. Agar o’yinda boshlama bo’lsa, uni bolalardan biriga hikoya qilishni taklif etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’zlashtiriladi va mustaqil o’yin faoliyatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi boshlovchi saylashni bolalarning o’ziga havola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirilganligini tushuntirib berishlarini so’rashi mumkin.

Kichik guruhlarda boshlovchi rolini tarbiyachining o’zi bajaradi va uni emotsional, jonli, obrazli tarzda bajaradi. Individual rol cheklangan fazo va uning muayyan yo’nalishi sharoitida asta-sekin bolaning o’ziga topshirilishi mumkin (masalan, «Qushchalar va avtomobil» o’yinida avtomobil xonaning belgilangan tomoniga, chumchuqlar turgan joyga yaqinlashmasdan harakat qilishi mumkin).

O’yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o’zaro munosabatlari, ular tomonidan qoidalarning bajarilishi, yuklamalarni taqsimlashni kuzatib boradi, qisqacha ko’rsatmalar beradi, bolalarning emotsional — ijobiy holatini saqlab va boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida (agar ular o’yinning borishiga ta’sir qilmasa) o’yinni qayta o’tkazishdan oldin gapiradi.

O’yin tugagan zahoti uning yakunini chiqarish kerak emas: bolalarning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o’tmasligi yurak faoliyati va butun organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi o’yinni baholashda uning ijobiy tomonlarini ta’kidlaydi, o’z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o’zaro o’rtoqlik yordami ko’rsatgan bolalar nomini ataydi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog’liq harakatini ko’rsatib o’tadi.

Tarbiyachi katta guruhlarda bolalarni harakatli o’yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o’yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarning bajarilishini hamda bolalar o’rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o’yin variantlarini, uning syujetini, qoidasini, o’yin harakatlarini o’zgartirgan holda o’ylab topish, keyinchalik yangi, o’zi o’ylab o’yin topish kabi ijobiy topshiriqlar beradi.

Mustaqillikni rivojlantirish, tashkilotchilik malakasi va axloqiy hislarni tarbiyalash maqsadida katta yoshli bolalarga kichik guruhlarning birida o’yin o’tkazish topshiriladi. Dastlab ularga vazifalarni tarbiyachi taqsimlaydi, biriga (yoki ikkitasiga) kichkintoylarni uyushtirishni, boshqasiga o’yinni, uning qoidalarini tushuntirishni, uchinchisiga individual rol bajarishni («Quyonchalar va ayiq», «Chumchuqlar va avtomobil» va boshqalar) topshiradi, shundan so’ng bolalar bu vazifalarni mustaqil bajaradilar. O’yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o’tkaziladi.

Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirishning keng imkoniyatlari yaratiladi, chunki o’yinlar hech qachon faqat avtomatlashtirilgan harakatlardangina iborat bo’lmaydi. Ijodiy tashabbus bolalarda kichik maktabgacha yoshda: dastlab ikki yoshda va rivojlangan darajasi uch yoshda namoyon bo’ladi.

Kichik yoshli bolalarga mo’ljallangan harakatli o’yinlar repertuarida syujetli o’yinlar ustunlik qiladi: ular bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurini aniqlashtiradi, ko’rgazmali harakat va ko’rgazmali obraz tafakkurining faollashishiga xizmat qiladi, xayolning vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.

Syujetli o’yinlarning shartli real vaziyati bolaga o’ziga tanish hayotiy obrazning qayta bajarishida yordam beradi. Bola harakatlarning o’zidan, qush va hayvonlarga taqlid qilishdan quvonadi: qushchadek parvoz qiladi, quyonchadek sakraydi, toychoqdek chopadi. Shuning uchun ham o’yin paytida kulgi, quvonchli xitoblar eshitilib turadi va o’yin jarayoni asosida endi bolaning oddiy ijrochilik faolligi, o’yin obraziga kirishga dastlabki urinishlari qaror topadi.

Bolalar o’yin faoliyatining barcha yosh guruhlari, ayniqsa kichik guruhlarda ijodiy yo’nalganligi tarbiyachi rahbarligining o’ylangan emotsional obrazli metodikasi bilan belgilanadi. Uning vazifasi bolalarda asta-sekin tashqi hayotni, raqobat va muayyan o’yin vaziyatida ijodiy hamkorlik hissini aks ettiruvchi o’yin obrazlariga nisbatan ijobiy emotsional munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Harakatli o’yinni muvaffaqiyatli o’tkazishda bolalarni o’yin mazmuni, personajlarning o’yin harakatlari va qoidalari bilan tanishtirish katta ahamiyat kasb etadi.

Pedagog kichik yoshli bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarda o’yin mazmunini idrok qilishda emotsional ishtiyoq, sabrsizlik bilan harakat qilish istagining yuzaga kelishiga yordam beruvchi muomala usullarini o’ylab topadi. Tarbiyachi o’zining kutilmagan favquloddaligi bilan xarakterlanadigan, o’yin faoliyatining boshlanishi va butun jarayoni uchun xos o’yin usullarini, o’yin syujetining qisqacha emotsional obrazli syujetini bayon etadi.

Bu o’yin vaziyatini va o’yin personajlari xarakteristikasi hamda harakatini emotsional obrazli aniqlashtiradi, takrorlashda foydalaniladigan o’yin variantlarini tuzadi. Pedagog bu o’yinlarga ular syujetini saqlagan holda yangi personajlar, harakatlar kiritadi, vaziyatni o’zgartiradi (masalan, «Chumchuqlar va mushuk» o’yini va uning variantlari: «Chumchuqlar va avtomobil», «Chumchuqlar va toychoq» va h. k.). Aytib o’tilgan usullar turli o’yin vaziyatlarida ijodiy fikrlashni, chamalay bilishni, birmuncha murakkablashtirilgan harakatlarni idrok etishda ayrim yangiliklarni keltirib chiqarishi tufayli bolalarda qiziqishining paydo bo’lishiga va saqlanishga yordam beradi.

Misollar keltiramiz:

«Sichqonlar» o’yini oldidan bolalar qanday o’ynashlarini eshitish uchun tayyorlanganlarida eshik ortidan to’satdan miyovlash eshitiladi (bunda enaga tarbiyachiga yordam beradi). «Tashqarida nimadir miyovlayapti, deydi tarbiyachi, — sizlar tinchgina o’tiringlar, men nimaligini bilib kelaman». U eshikka yaqinlashadi va erkalab deydi: «Bu mushukvoy bizga mehmon bo’lib kelibdi». U eshikdan o’yinchoqni olib kiradi va bolalarga: «Bolalar qaranglar, qanday chiroyli mushukcha. U bilan salomlashinglar!» So’ng tarbiyachi bolalarga mushukchani silab, uning chiroyli ko’zlarini, quloqlarnni, uzun mo’ylovlarini, yumshoq, ipakdek yungini ko’rishga ruxsat beradi. «Mushukcha» siz bilan o’ynagani kelibdi». Tarbiyachi o’yinchoq mushukchani tizzasiga o’tkazadi va bolalarga murojaat etadi: Hozir men qanday o’ynashimizni tushuntiraman. Pishloq, yorma, no’xat, shirin mevalar saqlanadigan katta omborda sichqonlar paydo bo’libdi. Ular o’z inlaridan chiqib, barcha shirin narsalarni kemirib tashlabdilar. Shunda omborga mushukchani qo’yib yuborishdi. Mushuk sichqonlarni tutishga harakat qiladi.

Tarbiyachi o’yinni syujetga muvofiq o’yin tafsilotini tushuntirgan, ohangni o’zgartirgan holda olib boradi, bolalar faoliyatini yo’naltiradi. Pedagog dastlab boshlovchi rolni bajaradi va ayni paytda bolalar bilan o’ynaydi. U xam mushuk, ham sichqon, ham chumchuqcha, ham avtomobil bo’la oladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar bunday holni sezmaydilar va berilib harakat qiladilar.

Bolani kichik guruh yoshidan boshlab o’yin qoidalariga bo’ysunishga o’rgatish zarur. Buni qoida, rol va o’yin vaziyatiga asoslanadigan qilib amalga oshirish juda maqsadga muvofiqdir. Buning uchun harakatli o’yknga atributlar kiritiladi: bola ular yordamida rolga kiradi, rolda esa u, tabiiyki, qoidalarga bo’ysunadi.

Shunday qilib, tarbiyachining emotsional obrazli metodik rahbarligi bolalar ijodiy faolligini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Tarbiyachi bolalarning harakat tajribasini kengaytirgan, obrazli so’z bilan tasavvuriga ta’sir etgan holda har bir bolaning o’yindagi ijodiy ijrochilik faoliyatini rag’batlantiradi va yo’naltiradi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish