Ortomiksoviruslar. Gripp virusi



Download 27,89 Kb.
bet4/9
Sana27.10.2022
Hajmi27,89 Kb.
#857244
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
RNK viruslar

Epidemik parotit virusi
Epidemik parotit (tepki) virusini 1934 yili K.Jonson va E.Gudpascherlar kashf etishgan. Bu virus Paramyxovirus turkumiga mansub bo‘lgani uchun shu turkum viruslariga xos xossaga ega.
Morfologiyasi. Viruslar elektron mikroskop ostida gumbazga o‘xshash shaklda ko‘rinadi. Virion o‘lchami 150–170 nm.
Ko‘paytirish. Viruslar tovuq embrionining amniotik bo‘shlig‘idako‘payadi. Yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko‘payadi. Hujayraga patogenlik ta’siri ko‘p yadroli hujayralar, ya’ni sinsitiylar hosil qilish bilan xarakterilanadi.
Tovuk embrionlariga qayta-qayta yuqtirilsa, viruslarning odamlarga nisbatan patogenligi pasayadi va bu shtammlar tirik vaksina tayyorlashda ishlatiladi.
Antigenligi. Parotit virusi faqat bitta serotipdan iborat bo‘lib, ikkita antigeni (S, B) bor. Epidemik parotit virusi odam, qo‘y, ot, tovuqlar eritrositlarini agglyutinasiya qilish xususiyatiga ega.
Chidamliligi. Virus fizik-kimyoviy omillar ta’siriga chidamsiz, past haroratda (–250S, –700 S) yillab saqlanadi. 560S haroratda 20 daqiqa, xona haroratida esa 5–6 kun davomida faolligini saqlab qoladi. Virus UB nurlar, 1% li lizol, 0,1% li formalin eritmasi ta’sirida parchalanib ketadi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Epidemik parotit virusi maymunlarning ayrim turlarida odamlardagi parotit kasalligini chaqiradi.
Odamlarda kasallikning patogenezi va klinikasi. Kasallik havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yashirin davri 14–21 kun. Virus yuqori nafas yo‘llarining epiteliy hujayralarida, so‘ngra qon, so‘lak bezlari va boshqa a’zolarga o‘tib ko‘payadi. Quloq oldi bezlariga virus Stenon yo‘li orqali o‘tadi. Yashirin davrdan so‘ng kasallikning klinik belgilari paydo bo‘ladi. Bemorning harorati ko‘tariladi, quloq oldi, til, jag‘ osti bezlari yallig‘lanadi. Epidemik parotit keng tarqalgan kasallik bo‘lib, asosan, 5–15 yashar bolalar kasallanadi. Katta yoshdagi kishilar ham kasallanishi mumkin. Tepki nihoyatda yuqumli kasallik, ammo 50% bemorlarda simptomsiz kechadi. Bunday bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi. Epidemik parotitda bemorning so‘lak bezlaridan tashqari virus boshqa a’zolar (me’da osti bezi va qalqonsimon bezlar)ga ham kiradi, markaziy nerv sistemasini shikastlaydi, nervlar ham yallig‘lanadi (polinevrit), quloq, yuz nervlari yengil falajlanadi, eshitish va ko‘rish a’zolarining faoliyati bo‘ziladi. 13 yoshdan oshgan o‘g‘il bolalarda ba’zan orxit rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarda og‘ir asoratlardan meningoensefalit, poliartrit, pankreatit, nefrit, tireoidit, meningit ham uchraydi.
Immuniteti. Kasallikdan so‘ng, turg‘un, umrning oxirigacha saqlanadigan immunitet hosil bo‘ladi. Onadan homilaga passiv immunitet (antitelolar) o‘tadi, shu sababli chaqaloqlar 6 oy davomida kasallanmaydi.
Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun siydik, so‘lak, meningit va meningoensefalit holatlarida orqa miya suyuqligi olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi material 7–8 kunlik tovuq embrioniga, hujayra kulturalariga yuqtiriladi. So‘ngra ajratib olingan virus GATR, IFR, NR, KBR, GAR yordamida identifikasiya qilinadi. Serologik tashhis qo‘yish uchun bemor zardobidagi antitelolar KBR, GATR reaksiyalari bilan aniqlanadi. Juft zardoblarni tekshirish yaxshi natija beradi.
Davosi va profilaktikasi. Kasallik belgilariga qarab davolanadi, bemorga immunoglobulin yuborilganda, kasallik yengil kechadi. Maxsus profilaktikasi uchun tirik monovaksina qizamiq, qizilcha vaksinalari bilan birga qo‘llaniladi, bir yoshdan katta bolalar, ba’zan parotit bilan og‘rimagan kattalar ham emlanishi mumkin.



Download 27,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish