91
Ishxonada ko‘cha so‘zlari, qo‘pol o‘xshatishlarni ishlatmang, bu sizning lug‘at
boyligingiz kambag‘al ekanligini ko‘rsatadi. Ish vaqtida shahsiy masalalar yuzasidan
telefonda gaplashish. Bunday suhbatlarni tushlik vaqtida amalga oshiring.
Bayram ziyofatlari
Bayram yuzasidan uyushtirilgan ziyofatlarda hamkorlaringiz va birga
ishlayotgan xodimlar taklif etiladi. Bu bayramona kayfiyatda o‘tishi lozim. Shunday
bo‘lmagan taqdirda ham asosiy umumiy odamshavandalikni saqlab qoling. Boshqa
notanish kishilar bilan ham ularga ma’qul bo‘lgan mavzularda suhbatlashing.
Tabrik qog‘ozlari
Ko‘plab kompaniyalar bayram tabriklarini otkritkalar orqali amalga oshirishadi.
Albatta, har bir xodimga iltifot ko‘rsatib bitilgan tabrik otkritkalari chindanam
diqqatga sazovor va bu xodimlarga bo‘lgan e’tibor ularning qalbiga iliqlik olib keladi.
Shuning uchun otkritkalarni avval har bir kishiga
alohida tarzda tayyorlab, ularni
xodimlarga taqdim etganlari ma’qul.
Ish kunimiz qachon boshlanmasin, uning boshlang‘ich asosi uy sharoitidan:
kayfiyatimiz, o‘zimizni qanday his qilishimiz, ko‘proq
qanday hordiq chiqarib,
oiladagi munosabatlarga va h.k. bog‘liqdir. Chiroyli tabassum va ertalabki salom-alik
er-xotininng yaxshi kayfiyatda bo‘lishida kuchli ta’sirga ega. Ammo kayfiyat
keyinroq ham buzilishi mumkin – yo‘lda, shahar transportida. Avtobus, vaq tig‘iz
bo‘lgan paytda tramvay va trolleybuslardagi tiqilinch – asabga tegishga, o‘z yo‘lida
kayfiyatni buzilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda kayfiyatni buzmaslik
mumkinmi? Ha, mumkin. Har qanday cho‘g‘ olishi mumkin bo‘lgan janjalni
mutoyiba, tabassum bilan o‘chirish mumkin. Har qanday sharoitda o‘z
hatti -
harakatni boshqarishga intilish lozim. Xushmuomalali, tavoze’li bo‘lish, odamlarga
tabassum qilish ham insonning o‘zida, ham boshqalarda yaxshi kayfiyatni ushlab
turishga sabab bo‘ladi.
Muassasa xonasiga kirayotgan kishi eshikni taqillatmasligi kerak – bu
faqat ish
bilan band bo‘lgan odamlarning asabiga tegib, diqqatini bo‘ladi. Odatda rasmiy
muassasaning eshigi taqillatilganda raddiya hech qachon bildirilmaydi. Rahbar
xonasining eshigini agar kotiba bo‘lmasa, taqillatish lozim.
Agar rahbar eshikni
taqillatmay kirishni shama qilsa, bu qoidaga bo‘ysungan ma’qul.
Majlislar, yig‘ilishlar – agar uning ishtirokchilari behuda chiqishlar bilan
boshqalarning vaqtini olmasa, foydalidir. Tor doiradagi majlisda,
agar begonalar
bo‘lmasa bir – biriga erkinroq munosabatda bo‘lish mumkin. Majlis paytida
o‘g‘rincha konfet so‘rish yoki esnash mumkin emas. Erkaklar faqat rais ustki
kostyumini yechgandagina, o‘zlarining kostyumlarini yechishlari mumkin. Yon
92
verida o‘tirgan kishi bilan bir og‘iz gap bilan so‘zlashib olish mumkin, ammo suhbat
olib borish yaramaydi.
Sizning kasbdoshingiz ko‘p chekadi. Unda u xonaning tez-tez shamollatilishiga
norozilik bildirmasligi kerak. Yoki uning o‘zi buni nazoratga olishi lozim.
Chekuvchilar
yashash huqiga ega, ammo chekmaydiganlar bu huquqdan mahrum
degani emas. Xodimlardan biri davo uchun ko‘p sarimsoq piyoz iste’mol qiladi.
Ammo boshqalar bunga chiday olmaydilar. Agar davolash uslublarini xush
ko‘radigan bunday Shahs «dori» ning hidini ketkazadigan narsalardan foydalanmas
ekan, unda bunday davolash uslubidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Xodimlar ichida ozodalikning «kasallari» bo‘ladi.
Ular hamisha bir nimani
tozalash, artish bilan Shug‘ullanadilar. Ozodalikning ortiqcha mazamati uning aksi
bo‘lmish yuvinishga ko‘p vaqt ajratmaydiganlar kabi yoqimsiz his uyg‘otishi
mumkin. Agar bu ayol yosh bo‘lsa, suv mo‘‘jizalar yaratish qudratiga ega ekanligiga
ishora qilish mumkin. Yoshi kattaroq odamga bunday deyish noqulay.
Do'stlaringiz bilan baham: