95
Xodimlarni
samarali boshqarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va
moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi
shart.
Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini
buzayotgan xodimlarning hatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l qo‘yilmasligi
choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi.
Davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan jamoada boshqa davlat xizmatchilari
bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etilgan.
Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli,
fuqarolar va
hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart.
Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik
qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz
psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining
shakliga bog‘liq holda davlat xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi fuqarolarning davlat
organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam berishi,
umumiy
qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi
bilan boshqalardan ajralib turishi kerak.
Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-
axloq normalariga rioya yetishlari, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi
kerak.”
23
Agar siz rahbarlik lavozimida bo‘lsangiz, ishga kelgan zaxoti xodimlardan hol-
ahvol so‘rab qo‘yish kerakligini yoddan chiqarmaslik yaxshi amaldir. Ular bilan
yangi ish kunini birga boshlagandan mamnun ekanligingizni,
sizdan qancha yordam
kerak bo‘lsa shuncha yordamga tayyor ekanligingizni his qilishlariga imkon yaratish
kerak. Xodimlarga «Siz» lab murojaat qilish – kasbiy odob hamda normal xizmat
munosabatlarini ushlab turishga zarur bo‘lgan quroldir. Yig‘ilish qatnashchilariga
nisbatan kuchli tavoze’da bo‘lish lozim.
Odamlar rahbarning avvalambor o‘ziga foydali bo‘ladigan boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish maqsadida keladilar. Boshqalarni ko‘proq eshitishga o‘rganish
muhimdir, uning fikriga qarshi bo‘lganingiz uchungina uning har bir gapiga so‘z
tiqishtirib turish sizni yaxshi ko‘rsatmaydi. Boshqalarning ham fikr bildirishiga
imkon berish, qatnashchilarni faol bo‘lishlariga chaqirish lozim. Har qanday
vaziyatda ham o‘zini
ushlab turishga harakat qilish; xodimga vazifa berishda
xushmuomalalik bo‘lish joiz. Xodimlar buyruqqa nisbatan iltimoslarni yaxshi qabul
qilishlarini yodda tutish kerak.
23
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy
qoidalari. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son Qarori. www.lex.uz.
96
Xodimlarga nisbatan diqqatlik bo‘lish, ular har muvaffaqiyati uchun
qo‘llab
quvvatlab turish ham maqsadga muvofiq.
Vaqtida aytilgan
«Rahmat»
ning
o‘zi, berilajak mukofot pulidan ta’sirliroq kuchga egadir. Xodim yoki oldingizga
kelgan kishining oldida kerak bo‘lmagan qog‘ozlar varaqlash, tinimsiz telefonda
gaplashish yoki stolni barmoq bilan tiqillatib o‘tirish yaramaydi. Xizmat
munosabatlarining odobi shahsiy masalalar bo‘yicha
fuqarolarni qabul qilishda
boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaslikni, kelganlarga nisbatan odob va adolat bilan
munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Agar suhbat cho‘zilib ketsa, rahbar o‘rindan
turish orqali buni bildirishi mumkin. Agar kimnidir jazolash zarurati paydo bo‘lsa,
adolatli va odobli bo‘lish lozim. Ifodalash shakli va jazolash yo‘lini tanlashda
xodimning fe’li, jinsi va yoshini hisobga olish zarur.
Tanqid – mohirlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan
odamlarga nisbatan qudratli ta’sir kuchiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev o‘zining Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: “Endi
har birimiz, eng avvalo, davlat
boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va
tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan
vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi,
24
”-
bejizga ta’kidlamagan. Odamlarning izzat-nafsini turlicha
tanqidlar bilan erga urish;
tanqid orqali janjalga olib keluvchi vaziyatlarga yo‘l qo‘yish; quyidan bo‘lgan
tanqiddan
«qasos»
olish rahbarlikning faqat rasmiyligini ko‘rsatadi – bunda rahbar
xodimdan ham quyiroq darajaga tushib qolishi hech gap emas. O‘ziga nisbatan
tanqidiy munosabatda bo‘lish – faqat nufuzni ko‘taradi xolos.Chunki u ishda
qo‘yilgan xatolardan sizni xoli qiladi va jamoa bilan aloqani bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: