93
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma
sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa
orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy
faollik shakllanmaydi.
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar oldida
«o‘z ishimga talab darajasida yondashishim
uchun nimalarni bilishim, qanday
fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?» - degan savol hamisha ko‘ndalang turadi.
Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta.
Ammo eng avvalo,, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi
san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ya’ni, har kimdan
san’atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi.
Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni,
odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning
umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik usulini yaratadi. U o‘z
boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shahsdir, lekin uning rahbarlik
usuli ijobiy natija berishi kerak.
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi
rahbar shahsning tafakkuri, aql-idrokiga
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish,
yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar
rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini
qiynalmasdan egallaydi hamda o‘z jamoasida obro‘ e’tiborga ega bo‘lib, ular
ishonchini qozonadi.
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va
uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik
faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.
Rahbardagi o‘ziga
xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa
a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Rahbar shahsining etiketi uning axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Axloqiy
madaniyat – elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, axloqiy fikrlash madaniyati (axloqiy
mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va
yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlariga axloqiy
me’yorlarni qo‘llay bilish va hakozalar)ni qamrab oladi.
O‘z ichiga yana tuyg‘ular
madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga”
qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va
o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda hatti-harakat
me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; shakllarni
reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni, muloqotda
shahsning o‘zini tuta bilishini oladi.
94
Qisqa qilib aytganda, rahbar Shahsining axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy
tamoyillarni bilish, ularni chuqur his etilgan
qarashlariga aylantirish, hatti-
harakatlarning eng munosib shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini
o‘zlashtirish rahbar shahsining axloqiy madaniyati mustahkamligini shakllantirishga
yordam beradi. Rahbar shahsining axloqiy madaniyati oliy darajasini “axloqiy
donolik” deb, axloqiy faoliyatining optimalligini va uyg‘unligini ta’minlab bera olish,
har qanday vaziyatda ham munosib hatti-harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi.
Avvalo, rahbarlar va rahbarlikka da’vogar shahslar o‘zlarini har jihatdan
tarbiyalab borishlari lozim. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish yoki
iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon
tajribalari asosida shakllangan ilg‘or boshqaruv malakalarini ham o‘zlashtirgan
bo‘lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lib erishadi.
Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o‘qishi, radio va oynai jahon yangiliklaridan
xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim egallashi mumkin. Yana siyosat,
iqtisodiyot va ma’naviyatga daxldor kitoblarni, hatto mumtoz adabiyotlarni mustaqil
o‘qishi, tarixiy jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning dunyoqarashini
kengaytiradi.
Bularning barchasi rahbar madaniy saviyasining o‘sib borishiga va siyosiy
madaniyatining takomillaShuviga katta yordam beradi.
Chunki cheklangan tafakkur,
chala bilim, past madaniyat bilan dunyoni bilib, mas’uliyatli ish va mansabni egallab
bo‘lmaydi.
Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimiz talabi shuki,
siyosiy yetuk, aqlan va ma’nan barkamol, puxta bilimga ega bo‘lgan teran tafakkurli
kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi organlari
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy
qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori qabul qabul qilingan bo‘lib unda: “Rahbar
o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda
o‘rnak bo‘lishi, davlat organida yohud uning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmasida
ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi lozim, u bo‘ysunuvchi
xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni
bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof
hatti-harakatlarni sodir
yetishga undamasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: