26
mas’uliyat muhim axloqiy fazilatlardir. Ayniqsa Vatan va xalq oldidagi burch va
mas’uliyatni chuqur tushunib unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi.
Kamtarlik.
Kamtarlik bu – avvalo, o‘z–o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga,
ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch–quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir.
Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa,
kishilar bilan shunchalik sodda va
kamtarlik bilan muomala qiladi, o‘z ishlariga va
harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. O‘zgalarga shirinso‘z bo‘ladi,
boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, soxta shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlaridan
esankiramaydi.
Kamtarinlik Arastuning fikricha: “uyatsizlik va tortinchoqlik o‘rtasidagi
xislatdir. Bu xislat odamlarning qilmishlarida va gap so‘zlarida ko‘rinadi. Uyatsiz,
shaloq odam hammaga, har qanday vaziyatda har narsani gapiraveradi. Tortinchoq
odam esa zarur gapni zarur vaqtida aytmaydi, zarur ishni bajarishga ham jur’ati
yetishmaydi. Kamtarin odam esa, uyatsiz odam kabi, har vaqt, har yerda, har qanday
gapni aytavermaydi; va o‘ta tortinchoq odam kabi, zarur vaqtda zarur gapni aytishga
jur’atsizlik ham qilmaydi”
7
.
Kamtarinlik tortinchoqlik va
andishalilikdan farq qiladiki, ular insonning qadr-
qimmatini tushirib qo‘yish ehtimoli bor. Kamtarlik xokisorlik va samimiylikdan kelib
chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson
ichki ma’naviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi. Tarbiya ko‘rgan, odobli
kishini uning kamtarligidan ham bilib olish mumkin. Barcha insoniy fazilatlar ichida
eng e’zozlisi kamtarlikdir. Kamtarlikning qarama-qarshi tomoni takabburlikdir.
Ularning biri insonni insonga yaqinlashtiradi, ikkinchisi
esa uni odamlardan
uzoqlashtiradi. Xitoy maqoliga ko‘ra “dono bo‘lmay turib, kamtar bo‘lish mumkin,
ammo kamtar bo‘lmay turib dono bo‘lish qiyin”.
Vijdon
etikaning nihoyatda ta’sir doirasi keng kategoriyalaridan biridir. U
insonning o‘z faoliyati, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ruhiy tahlil eta olish
imkoniyatidir. Inson ma’naviyatining kuchi, qudrati ham, o‘z qilmishiga o‘zi
xolisona baho bera olish darajasi bilan belgilanadi. Vijdon, Zigmund Froyd ta’biri
bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi
ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi,
jamiyatga
bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon
etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat
ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan
o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi bu - oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi,
odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi.
Uni qondirmas ekansiz, hech
qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog‘i –
7
Аrastu. Poetika. Аxloqi Kabir. –Тoshkent: Yangi asr avlodi, 2004. – 128 b.
27
aysbergga o‘xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi
qismidan yuz, balki ming barobar kichik.
Арасту. Поэтика. Ахлоқи Кабир. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. – 128 б
Birinchi Prezident I.A.Karimov ham vijdonga shunday baho beradi: “Vijdon
pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining
ustunlaridan biri
bo‘lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat
kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o‘rni va ta’siri
beqiyosdir”
8
.Vijdon – shahsning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy tahlil
imkoniyatidir. Lekin
shahsning vijdoni umuminsoniy, milliy, ma’naviy qadriyatlar
zaminida shakllanadi, uning o‘ziga xos ehtiyoji va manfaatlari, dunyoqarashi va
madaniyati hamda ma’naviy kamoloti
darajasi bilan aralashib, faoliyatiga baho
berishga imkon yaratadigan ruhiy mezonga aylanadi. Shu sababli vijdonlilik darajasi
hammada bir xil bo‘lishi mumkin emas. Vijdon asosida o‘z qilmishimizgagina emas,
balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi voqea va hodisalar va ijtimoiy vaziyatga
ham baho beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: