28
Xushmuomalalik -
So‘z kundalik hayotda fikr almashuv quroli hisoblanadi.
Odatda o‘zimiz aytayotgan yoki eshitayotgan so‘zlarning butun mohiyati haqida ko‘p
o‘ylab o‘tirmaymiz. Bunga hojat ham yo‘q. Bizni gap zamiridagi natija qiziqtiradi,
xolos. Darhaqiqat, so‘z ham jonli narsa. Uning qudrati insonda hayajon qo‘zg‘ab,
yuragida ezgu xislar tug‘dirishida. Xalq bunday so‘zlarni ardoqlab kutib oladi: u endi
ma’naviy boylikka aylanadi. Oilada yoki jamiyatda sodir bo‘ladigan katta–kichik
janjallarni diqqat bilan kuzatilsa, barchasining sababi, ko‘pincha, qo‘pol so‘z yoki
yomon muomalaga borib taqalishi muqarrar. Bir kishi o‘ylamasdan gapirib qo‘ysa,
boshqasiga shu gap yoqmaydi va natijada bekordan bekorga janjal kelib chiqadi.
Shirinso‘z ko‘pgina muvaffaqiyatlarning omilidir, aytish joiz bo‘lsa, u taraqqiy etgan
jamiyat tashkil yetishning asoslaridandir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha
tarbiyachilar va islohchilar katta ahamiyat beradilar. Ular doimo boshqalarga yaxshi
so‘zlarni aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaydilar. Yaxshi, muloyim gapni
ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga
sazovor qiladi.
Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baho beriladi. So‘z orqali
insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining
odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi
namoyon bo‘ladi.Til - inson tafakkurining mahsuli.U inson madaniyati, fikriy
go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi
vositadir. Uning insonga ta’siri ham shunga yarasha. Har bir so‘zni o‘z vaqtida
so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak.
Demak,shirin so‘zli bo‘lish tarbiyalanganlik belgisidir. Kuch bilan erisha
olmagan narsaga so‘z bilan erishish mumkin.
Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli
deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq
orasida obro‘-e’tibor topadi. Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘
keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar
uchun bu qusur insonni doimo obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda
yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondashishni
ta’kidlaganlar. Demak, xushmuomalalik - ko‘ngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob his
– tuyg‘ularni, eng ezgu niyatlarni insonlar bilan baham ko‘rish, osoyishtalik,
vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: