Ortiqboyev Shahzod Shuhratjon og’li Toshkent davlat Stomatologiya institut talabasi



Download 469,43 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi469,43 Kb.
#643466
  1   2
Bog'liq
“Tish oqartirishga ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalar”


Ortiqboyev Shahzod Shuhratjon og’li
Toshkent davlat Stomatologiya institut talabasi
(Toshkent, O’zbekiston)
Tish oqartirish usullari va peroksidlar ta’sirida oqarish mexanizimi”
Annotatsiya. Ushbu maqolada tishning rangini o’zgarishiga olib keladigan omillar va hozirgi zamonaviy stomatologiyada tish oqartirishning usullari, tishni vodorod peroksid tasirida oqarish mexanizimi, tish oqartirishda e’tibor berish kerak bo’lgan omillar haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar: Vital, novital, lazer, dentin, pergidroksil, peroksid karbamid, superoksid,perborat kislota, vodorod peroksid, xromofor, perkursoriy
Og’iz bo’shlig’i inson salomatligining oynasi hisoblanadi. Undagi o’zgarish boshqa organlarda kechayotgan kassaliklardan dalolat beradi.Insonlar bilan muloqot qilganingizda beixtiyor suhbatdoshingizni tishlariga ko’zingiz tushadi.Agar ular oppoq bir tekisda bo’lsa albatta juda ham ko’rkam korinadi. Hozirgi zamonda ko’pchilik insonlar tabassum qilganlarida oppoq bir tekis tishlari bo’lishini hohlashadi va stomotologiyalardagi tish oqartirish xizmatlaridan foydalanishadi. Ho’sh tishlarni oqartirish qanchalik foydali? Keling ushbu savolga javob berishdan avval tish rangini o’zgarish sabablari bilan tanishib chiqaylik.
Tish rangining o’zgarishiga juda ham ko’p omillar ta’sir qiladi. Turli xil rangli ovqatlarni uzoq mudat davomida istemol qilish, rangli suvlar, kofe, choy,sigaret chekish kabilar tish rangi o’zgarishiga olib keladi.Tish rangining o’zgarishi 2 turli bo’ladi:

  1. Tashqi tish rangining o’zgarishi (emalni ustki qismi). Kofe, choy, rangli suvlar, sigaret chekish kabi omillar natijasida kelib chiqadi.

  2. Ichki rang o’zgarishi (Dentin va tish kanalidagi). Turli hil dori darmonlar,tetrasklin,yoshlikdagi surunkali kasalliklar,tishlarning travmasi kabi omillar natijasida kelib chiqadi.

Tashqi tish rangini o’zgarishini uy sharoitida shifokor maslahati bilan oqartirsa bo’ladi, lekin ichki tish rangini o’zgarishini uyda oqartirib bo’lmaydi. Chunki pigment tish to’qimasini dentin kanalchalarini yoki bo’lmasa tish kanali ichigacha kirib borgan bo’ladi.

1-Rasm. Rangi o’zgargan tishlar
Hozirgi zamonaviy stomatologiyada tish oqartirishning asosan 4 ta yo’nalishi mavjud:

  1. Foto oqartirish

  2. Lazer oqartirish

  3. Kimyoviy oqartirish

  4. Endo oqartirish

Siz tishingizni rangini o’zgarishiga olib kelgan omillarga va vital(sog’lom tish) yoki Novital (depulpatsiya qilingan tish)ligiga qarab yuqoridagi usullarni tanlashingiz kerak. Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan usul bu foto oqartirishdir.Ushbu usul zoom aparati va vodorod peroksid ishtirokida boradi. Keling ushbu jarayonni vital tishlarda ko’rib chiqaylik. Dastlab og’iz bo’shlig’idagi tishlar qaysi to’ngacha oqartilishi aniqlanadi, so’ng og’iz bo’shlig’idagi barcha yumshoq to’qimalar koferdam yoki boshqa vositalar yordamida himoyalanadi. Chunki vodorod peroksid kuchli oksidlochi hossa ega shuning uchun yumshoq to’qimaga tushsa uni zararlab oq ranga kiritib oqsillarni denaturatsiyaga uchratib qo’yadi. Bu esa o’z navbatida bemor og’zida achishish og’riq his qilishiga oib keladi.Yumshoq to’qima to’liq izolyatsiyalangandan so’ng peroksida karbamid geli tishlarni qattiq to’qimasiga surtib chiqiladi.



2-Rasm. Suyuq koferdam yordamida milkni himoyalash
So’ng zoom aparati ish holatga keltirilib dastlab 15 min so’ng esa vita shkalasidagi tanlangan to’nga yetguncha yoqiladi.So’ng kerakli ranga kelgandan so’ng tish yuzasidagi ortiqcha gellar tozalanadi. Oqartirish protsesidan so’ng tishda giperistiziya vujudga keladi chunki emal va dentindagi xromogen modda chiqib ketib dentinda g’ovak joylar va dentin kanalchalari ochilib qoladi.Yuqorida aytib o’tganlarimiz foto tish oqartirishni qisqacha tavsifi edi. Endi tishni vodorod peroksid ta’sirida yaniy foto oqartirish jarayoni qanday mexanizimda kechishi bilan tanishib chiqamiz.Stomatologiya klinikasida vododord peroksidli gellarning 3% dan 40% gacha bo’lgan konsentratsiyasida faol moddalar sifatida peroksid yoki uning perkursori bo’lgan karbamid peroksid mavjud. Vodorotd peroksidni oqartirish hususiyati odatda pergidroksil anioni (HO2-) orqali amalga oshiriladi.Vodorod peroksid yoruglik lazer tasirida boshlangan fotokimyoviy reaksiya natijasida vodorod peroksiddan gidroksil radikallari hosil bo’lishi kuchayadi. Vodorod peroksid oksidlovchi modda bo’lib u tish qattiq to’qimasi orasiga tarqalib, dissotsialanib beqaror radikallar gidroksil(OH.), pergidroksil radikkallari (HOO .) pergidroksil anionlari (HOO-) va superoksid anionlari (OO-)ni hosil qiladi.Ular tish qattiq to’qimasidagi noorganik tuzlar orasiga kirib organik pigmentli xromofor moddalarni yutush spektiri orqali olib chiqib ketadi. Biroq tetraskilinli tishlarda ushbu jarayon boshqacha ketadi. Ushbu turdagi rang o’zgarishida tish qattiq to’qimalari orasida joylashgan tetraskilin molekulalarini parchalanishi bilan boradi. Bu holda oqarish mexanizimi tetraskilin tarkibidagi to’yinmagan xenon tipidagi tuzilmalarning kimyoviy oksidlanib parchalanishi natijasida hosil bo’lgan xromoforligi kamroq bo’lgan moddalarga bog’liq.Ya’niy tetraskilinli tishlarni oqartirish bir muncha qiyin hisoblanadi chunki oksidlanish natijasida yana pigmentli modda hosil bo’laveradi.Biroq ushbu protses ko’p marotaba qayta qilinsa bir muncha yaxshi natijaga erishish mumkin.

3-Rasm. H2O2 ta’sirida tish oqarish jarayoni
Hozirgi kunda novital tishlarni oqartirishda juda ko’p usullar qo’llanilmoqada. Ulardan eng ko’p tarqalgani perborat bilan oqartirishdir. Bundan ichkaridan tashqariga qonuni asosida tishlar oqaradi.Dastlab tish depulpatsiya qilingan bo’lsa uning kanali yaxshilab tozalanib ichiga perboratni suvdagi eritmasi kiritilib ustidan vaqtincha plomba qoyib bemorni 1 haftaga yuboriladi. Bir haftadan so’ng tish vita shkalasida kerakli to’nga yetmagan bo’lsa yana qayta kanal ochilib ichi yuvilib perboratni o’rniga 30-35% vodorod peroksid kiritilib yana bir hafta davomida kuzatiladi, agar kerakli to’nga yetsa jarayon to’xtatilib kanal toliq plombalanadi.
Tishlarni oqartirishga bo’lgan talabning ortishi ko’plab kompaniyalarni oqartiruvchi vositalar ishlab chiqarishga undadi. Biroq har qanday tish protsedurasida bo’lgani kabi tishlarning oqartirishda ushbu vositalardan foydalanish ma’lum bir darajada havf borligini unutmaslik kerak.Havfni minimallashtirish uchun avvalom bor stomatolog nazorati ostida oqartirish ishlarini olib borish, turli xil ADA(America Dental asostsation) tasdig’idan o’tmagan oqartiruvchi mahsulotlardan foydalanmaslik va oqartirish jarayonini bir yilda bir marta amalga oshirish talab etiladi. Xulosa qilib aytganda tish oqartirish muolajasini olishdan avval og’iz bo’shlig’i obdon tekshirilishi zarur, sababi oqartirishdan so’ng kelib chiqadigan yatrogen omillar bartaraf qilishdir.


Download 469,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish