O’rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari



Download 30,32 Kb.
bet1/2
Sana27.05.2022
Hajmi30,32 Kb.
#610941
  1   2
Bog'liq
O’rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sa


“O’rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari” mavzusi asosida quidagi jadvalni to’ldiring.Wenn-diagrammasi asosida uchta xonliklarning ahvolini taqqoslang.



Taqqoslash

Buxoro amirligi

Xiva xonligi

Qo'qon xonligi

Tashkil topishi

1756-yildan Buxoroxonligi tarixida rasman mang’itlar sulolasi hukmronligi boshlanadi.

1512 yilada Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx Ota avlodlari ko‘chmanchi o‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bo‘lgan Elbarsxonga maktub yo‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon taxtga o‘tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi.

Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Oʻzbeklarning minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan.

Hududi

200 ming kv.km
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kafirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg’ob daryosi vohalaridagi yerlar Buxoro amirligiga qarar edi.

Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda Eron va Marvgacha, shimolda Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha yetgan.

Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan.

Siyosiy ahvoli

Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg’unlik hollari mavjud bo’lib, aholining turmushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelgan, aholiga solinadigan o’lpon va soliqlar haddan tashqari ko’p edi. Aholi sotib olish qobiliyatining pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.

Xiva xonligining davlat tuzilishi o‘zining mukammalligi jihatidan o‘z davrining ba’zi bir G‘arbiy Yevropa davlatlari tuzilishi darajasida bo‘lmasa-da, biroq ma’lum idora qilish tizimi mavjud bo‘lib, yetarli darajada tartibli edi. Shunga binoan, yuqorida eslatganimizdek, davlat mansablari saroy-ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo‘linar edi. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat xazinasidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan.

xonlikda yer osti boyligi ham maʼlum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Mas, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo'qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha maʼlum darajada rivojlana borgan.

Iqtisodi

Mamlakat iqtisodiy hayotida dehqonchilik, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdo asosiy oʻrinni egallagan. Ichki nizolar boʻlib turishiga karamay iqtisodiyotning bu sohalari rivojlanishda davom etdi.

Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan bo‘lishiga qaramay, yarim ko‘chmanchi xo‘jaliklarda uy hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Hunarmandchilikning asosiy sohalaridan biri to‘qimachilik edi. Ko‘chmanchi aholining turli matolarga bo‘lgan talabi va qisman tashqi bozor uchun mahsulot yetkazib beruvchi to‘qimachilik sanoati rivojini taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim ipak va paxta matolar ishlab chiqarilgan. Matolar asosan qo‘lda tayyorlangan.



Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi.Qo'qon xonligining aholisi, asosan, oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, qozoqlar, uygʻurlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil boʻlgan. Xonlikka qarashli boʻlgan yerlar am-lok yerlar, vaqf yerlari, mulki xi-roj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar oʻrtasida yakka dehqon xoʻjaligi ham rivojlangan.

Madaniy hayot , din

Shayboniylardavrida, ayniqsa ulardan Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik qilgan yillarda Buxoro xonligi iqtisodiy va madaniy hayotida birmuncha oʻzgarishlar roʻy berdi. Hunarmandchilik taraqqiy etdi: temir va choʻyan quyish, qurolyarogʻ, mis va jez idishlar yasash, toʻqimachilik, qogʻoz, sovun ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Me’morchilik. Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tgan voqyealar madaniy hayotga ta’sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o‘ziga xos yo‘nalishlarda davom etdi. Madaniy hayot ravnaqi ta’lim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik va amaliy san’at kabilarda kuzatiladi.

Qoʻqon xonligining 18–19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi. Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi.



  1. Download 30,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish