“SWOT” tahlili bu yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, tushunib olishga yordam beradigan usul hisoblanadi.
“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan olingan:
S – Strengths (Kuchli tomonlar);
W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
O - Opportunities (Imkoniyatlar);
T - Threats (Xavflar).
S –Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizning milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga daʼvat etdi. Turkiston Muxtoriyatining ag‘darilishi esa sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor va mustabid siyosatining dastlabki ko‘rinishi ekanligini namoyon etdi.Bir qator tadqiqotlarda hukumat tomonidan 2000 kishilik muntazam armiya tashkil qilingani, Ergash qo‘rboshining bolsheviklarga qarshi faoliyati yoritilgan xolos.
W –Turkiston Muxtoriyati uchun kuchli va professional milliy qo‘shin juda zarur edi. Kelgusida u Muxtoriyatning tayanchi va suyanchi, himoyachisi bo‘lishi lozim edi. Ammo qisqa fursatda zamonaviy qurollangan bolsheviklarning harbiy kuchlari: qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoqlari drujinalariga teng keladigan harbiy qo‘shin yig‘ishning umuman iloji yo‘q edi.
O –“Ulug‘ Turkiston”ning 1918 yil 21 yanvar sonida “Ushbu yanvarning to‘qqizida Ho‘qandda Turkiston Muxtoriyatining askarina manyovr yasalg‘an. Bir ming qadar askar tuzilgan ekan, hammasi mulla Abdurazzoqboyning bog‘iga yig‘ilganlar. Hukumat nozirlaridan harbiya noziri Ubaydulla Asadullaxo‘jayev ila moliya noziri Islom Shoahmedov borib askarni tabrik qilg‘onlar. Otashli nutq so‘zlag‘onlar. Bu manyovrdan so‘ng, naq bir mingga yaqin askar yig‘ilib, hozir muvaqqat qaramog‘ida ikki ming qadar muntazam milliy armiya bor ekan”16, – degan maʼlumot keltiriladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, Muxtoriyat masʼul rahbarlar endi oyoqqa turayotgan davlatning tayanchi bo‘la oladigan va himoya qila oladigan o‘z milliy armiyasini shakllantirish uchun keng ko‘lamli amaliy tayyorgarlik ishlarini olib borishgan.
T –Muxtoriyat hukumatiga o‘z milliy qo‘shinini tashkil etishga murakkab bir vaziyatda kirishgan bo‘lib, Turkiston aholisi tinchligi va mustahkamligini taʼminlashning tayanchi hisoblangan Muxtoriyat hukumati askarlarining taʼminoti qoniqarli darajada emas edi. Taʼminotning yomon darajada ekanligining bosh sababi moddiy mablag‘ning yetishmaganligi bo‘lgan.
O‘z vaqtida T.Risqulov ham o‘zining “Inqilob va Turkistonning yerli xalqlari” kitobida “Qo‘qon hukumati harbiy kuchga muhtoj edi”, – deb yozgan edi. Mavjud qiyinchiliklar, muammolarga qaramasdan Muxtoriyat aʼzolari o‘zining milliy qo‘shinini tashkil eta oldi, ammo uni sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tara olmadi. Ammo shunday bo‘lsa-da, Muxtoriyat milliy qo‘shini safiga mahalliy millat vakillarining kelib qo‘shilishi Rossiya imperiyasi davrida uzoq vaqt harb ishiga yaqinlashtirilmagan bo‘lsa-da, ularda jangovarlik, vatanparvarlik, harbiy sanʼtning yo‘qolmaganligini ko‘rsatadi.