O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari va o‘ziga xosligi



Download 16.14 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi16.14 Kb.

Aim.Uz

O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari va o‘ziga xosligi.

Qadimgi taraqqiyot (sivilizatsiya) tushunchasi. Qadimgi taraqqiyotning shakllanishi. Qadimgi odamlarning dastlabki makonlari. Selengur, Ko‘lbuloq, Teshiktosh va boshqa manzillar. Olov va o‘q-yoyning kashf etilishi).

«Sivilizatsiya» so‘zi nisbatan yaqinda, 2 asr muqaddam, fransuz ma’rifatchilari tomonidan ilmiy iste’foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur, ozod, odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar. Lotincha «civilis» Qadimdan grajdanlik, ya’ni harbiylashmagan jamiyat ma’nosida tushunilgan.

Keyinchalik bu so‘z turlicha, keng mazmunda ishlatiladigan bo‘lib ketdi. Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning ketidan nemis olimi F. Engels odamzod tarixidagi sivilizatsiyani yovvoyilik, vaxshiylik va yarim vaxshiylik davridan keyin kelgan ijtimoiy tizimi shakllangan, ijtimoiy tabaqa va sinflar, Davlatlar, xususiy mulkchilik tashkil topgan inson jamiyati rivojining muhim bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz tarixchisi A. Toynbi sivilizatsiyalarni hududiy madaniy-tarixiy taraqqiyot ko‘rinishi deb hisoblagan.

Sivilizatsiyaning boshlanish nuqtasi va asosiy obyekti-bu insondir. Odam tabiat ne’matlaridan o‘z extiyoji uchun foydalanishga va uning ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazishga intiladi. Sivilizatsiya-bu odamning komillik, yetuklikka intilish belgisidir. Al-(Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi» asarida shunday deydi: «har-bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishishga harakat qiladi». Alloma o‘zining boshqa risolasida «Davlatning vazifasi-insonlarning baxt-saodatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo‘lga kiritiladi», deb ta’kidlaydi.

Yusuf Xos Hojib o‘zining mashhur «Qutadg‘u bilig» kitobida jamiyatning muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish, unga takomil baxsh etishning insonning asosiy burchi deb biladi. Buning uchun avvalo ilm va uni xayotga tatbiq etish muhimligini uqtiradi. Uning suyukli qahramoni aql va bilim egasi bo‘lgan. Alisher Navoiy komillikni insonni ma’rifatli bo‘lishida, yuksak ma’naviyatida, adolatning tantanasida va nihoyat, xalq va yurtboshining o‘zaro sadoqatidadir, deydi. Fransiya donishmandlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyaga erishgan mamlakat deb hisoblaganlar. Mashhur nemis olimi Gegel esa sivilizatsiyani ma’naviy-ruhiy madaniyatning moddiy-texnik asosi, deb tushungan.

Ko‘rinib turibdiki, sivilizatsiya zamirida aql-zakovat, farosat, xayotga ijodiy yondashish, betinim mehnat kabi fazilatlar mujassam. Shuning uchun ham ko‘pchilik lug‘atlarda sivilizatsiya so‘zi ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy madaniyat darajasi deb talkin etiladi.

Ko‘p tarixshunoslarning fikricha, tarixni o‘rganishga yondashish anchagina holis va obyektivdir. Jahonning asosiy qitalari kabi Markaziy Osiyo hududida ham ibtidoiy jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlari mavjud. Paleolit eng qadimgi va uzoq asrlarni o‘z ichiga olgan tosh davridir. Undan keyingi mezolit davri miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi, o‘ng neolit-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar, eneolit (mis-tosh) davri-miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar, bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar va temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi.

Sayyoramiz tarixida eng buyuk voqea-odamzodning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi bo‘lgan. Bir qancha olimlar, xususan U. Islomov, odamlarni maymundan emas, balki, maymunsimonlar oilasiga kirgan jonzotlardan uzoq vaqtlar davomida shakllangan, degan taxminni qo‘llaydilar. Sharqiy Afrikaning Olduvay daryosi o‘zanida eng qadimgi odam suyaklari topilgan. Bu suyaklar 1 mln. 700 ming yil avval yashagan kishiga mansub. Antropogenez fani odamzodning paydo bo‘lish davri taxminan 5 mln. yilni o‘z ichiga oladi deb hisoblaydi. Neandertal kiyofali odamning tarkalishi miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarga oiddir. Zamonaviy kiyofali odamlarning (kroman’onlarning) paydo bo‘lishi miloddan avvalgi 40-30 ming yilliklarga to‘g‘ri keladi.

Qadimgi odamlarda ongning paydo bo‘lishi, fikrlash qobiliyatining vujudga kelishi juda uzoq va g‘oyat murakkab jarayon bo‘lgan. Bu haqda olimlarda turli muloxazalar mavjud, ammo aniq bir narsa ayonki, yashashga intilish, jon saqlab qolish, tirikchilik qilish qadimgicha fikr qilishga, qiyoslash va takkoslashga majbur etgan.

Hozirgi zamon odamiga o‘xshash kishilar shakllanganiga ham uzoq ming yillar utibdi. Es-hushli odam (Homo Sapiens) ning shakllanish jarayoni murakkab sharoitlarda muhim boskichlardan o‘tgan. Bu davrda eng muhimi anglash vositasi bo‘lgan inson miyasining shakllanishi edi. Ko‘pchilikka ma’lumki, inson miyasi maymunlar miyasiga qaraganda 4-5 marta kattadir. Bilamizki, har-bir mahluq sezgi organiga ega. Lekin, faqat odamzod atrof muhitni anglash, idrok etish, xulosalar chiqarish, tabiatning ayrim elementlarini o‘z manfaatlariga moslash, qulayliklar yaratishdek nodir ne’matga sazovor bo‘ldi.

Mezolit davrida jahonning ko‘p qit’alarida tektonik o‘zgarishlar: yirik ekologik tanazzul yuz berdi, zilzilalar bo‘ldi, muzliklar eridi. Shu bois tabiiy sharoit ko‘p hududlarda keskin o‘zgardi, odamlarning katta-katta guruh bo‘lib iqlimi durustroq joylarga ko‘chishlari bo‘ldi (shu jumladan Markaziy Osiyoga ham). Yangi sharoitga moslashish esa, kishini yanada faolroq bo‘lishini taqozo qildi. Ma’lumki, o‘q-yoy, kamon mezolit davrining mevasidir, uning tarixiy ahamiyati barchaga ayon. Inson tirikchilikning yangi manbalarini izlaydi. Maxsulotni sun’iy ravishda yetishtirishni o‘rgana boshlaydi. Boshoqli donlar, xonaki mol, qo‘y-echkilar, ishlab chiqarishni yangi qurollari ko‘p mintaqalarda mezolit va neolit davrining mahsulidir. Ko‘pchilik olimlar ana shu asrlarni sivilizatsiyaning dastlabki muhim qadamlari davri deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilarning ayrimlari esa «neolit inqilobi sivilizatsiyalar tarixining boshlanishi» degan xulosaga keladilar. Ularning fikricha dastlabki sivilizatsiya markazlari Old Osiyo va yaqin Sharq bo‘lgan,xususan Nil, Frot, Dajla, so‘ng Hind, keyin Yanszi vohalari tilga olinadi. Qadimshunos olimlar A.Amalrik va A.Mongayt fikricha, Misr inson hayotining ta’minlagan va madaniyatni vujudga keltirgan yurt, eng qadimgi ziroatchilik vatanidir. Dehqonchilikni paydo bo‘lishi kishilarga boshqa yumushlarni amalga oshirish imkonini yaratdi va asta sekin hunarmandchilik rivojlana boshladi.

Markaziy Osiyoning qulay geografik sharoiti ibtidoiy davrning dastlabki bosqichlaridanoq kishilar diqqat e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Hozirgi O‘zbekistonning Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo bo‘ylaridan, Farg‘ona vodiysi va uning tog‘ yon bag‘irlari hududlaridan, Ohangaron va Chirchiq daryolari atrofidan shuningdek Janubiy Qozog‘istonning, Qirg‘iziston va Janubiy Turkmanistonning tog‘ va tog‘ oldi tumanlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha davrlariga oid yodgorliklari topilgan. O‘rta tosh davriga mansub ibtidoiy kishilar manzilgohlari Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida uchraydi. Demak, aholi bu paytlarda yurtimizda keng tarqalgan bo‘lib, kishilar turmushida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘la boshlagan. Endi ular ibtidoiy tudadan urug‘chilik jamoasiga o‘ta boshlaydilar. Ana shu davrda o‘lkamizda hozirgi zamon odamlariga o‘xshash kromanonlar paydo bo‘ldi. Ular tinimsiz mehnat natijasida aqliy va jismoniy jihatdan rivojlandilar va biologik xususiyatlari o‘zgarib bordi. Mehnat qurollari takomillashadi, nutq madaniyati o‘sib, fikrlash ancha oshadi. Olov sun’iy tarzda yaratiladi, ovchilik ancha rivojlanib keng hududlarga tarqaladi.

Qadimshunos olimlar U.Islomov, A.Askarov, A.Sagdullayev o‘z tadqiqotlarida mintaqamiz tarixining eng asosiy sanalari to‘g‘risida to‘xtalib, quyidagi muhim voqealarga diqqatni tortadilar.



O‘zbekiston hududida odamzodning paydo bo‘lganidan 1 million yilga yaqin vaqt o‘tgan. Eng qadimgi ajdojlarimizning izlari Farg‘ona viloyati So‘x tumani Selungur g‘oridan topilgan. Olimlar uni «Fergantrop» ya’ni Farg‘ona odami deb atadilar. Surxandaryo viloyati Boysun tumani Teshiktosh goridan neandertal odam bolasining qabri topilgan. U bundan yuz ming yil burun yashagan deb taxmin qilinadi».

Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug‘i (matriarxat) davri boshlandi. Ona urug‘i yuqori paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlarida hukmronlik qilgan. Shu davrlarning ilk bosqichida yevropali, negrsimon va mo‘g‘ulsimon irqlar shakllandi. Bu jarayonda har bir urug‘ va irq tarkalgan mintaqalarning tabiiy-geografik sharoitlari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bundan 35-12 ming yil muqaddam yurtimizda tarixiy san’at vujudga kela boshladi. O‘q-yoy mezolit davrining dastlabki bosqichida ixtiro etilgan. Demak bu kashfiyot 12-10 ming yil burun paydo bo‘lgan va insoniyat tarixida katta o‘rin tutgan.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa