O’rta maxsus



Download 2,24 Mb.
bet21/54
Sana30.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#597939
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
paskal dt dars

To‘plamlar ustidagi amallar bajarilish natijasi quyidagi misollarda yaqqol ko‘rinadi:

  1. T1 = T2 – to‘plamlar teng bo‘lsa, ya’ni bir xil elementdan tashkil topgan bo‘lsa True, aks holda False mantiqiy qiymat hosil qiladi, masalan:

[‘A‘]=[‘A‘,‘A‘,‘A‘] yoki [‘A‘, ‘B‘]=[‘B‘,‘A‘] yoki [ ]=[ ] yoki
[‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘G‘]=[‘G‘,‘B‘,‘A‘,‘A‘,‘B‘] bo‘lsa natija True, [‘A‘]=[‘B‘] yoki
[‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘M‘]=[‘G‘,‘B‘,‘A‘,‘A‘,‘B‘] bo‘lsa natija False;

  1. T1 <> T2 – bu amal T1 va T2 to‘plamlar teng bo‘lmasa, ya’ni bir xil elementdan tashkil topmagan bo‘lsa True, aks holda False mantiqiy qiymat hosil qiladi, masalan: [‘A‘]<>[‘B‘] yoki [ ]<>[‘A‘] yoki

[‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘G‘]<>[‘G‘,‘B‘,‘A‘,‘A‘,‘M‘] bo‘lsa natija True, [‘A‘]<>[‘A‘,‘A‘] yoki [‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘A‘]<>[‘G‘,‘B‘,‘A‘,’A‘,‘B‘] bo‘lsa natija False;

  1. T1 >= T2 – bu amal T2 to‘plam T1 to‘plamning qismi bo‘lsa, ya’ni T2 to‘plam elementlari T1 to‘plamga ham tegishli bo‘lsa True, aks holda False mantiqiy qiymat hosil qiladi, masalan: [‘A‘]>=[‘A‘] yoki [‘A‘,‘G‘]>=[‘A‘] bo‘lsa natija True, [‘A‘,‘A‘]>=[‘A‘,‘G‘] yoki [‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘M‘,‘A‘,‘G‘]>=[‘G‘,‘D‘] bo‘lsa natija False;

  2. T1 <= T2 amali 3) holda T1 va T2 larni o‘rnini almashtirgandagi holga teng kuchli;

  3. T1+T2 – bu amal T1 va T2 to‘plamlar elementlarini birlashtirib yangi to‘plam hosil qiladi, masalan: [ ]+[‘A‘,‘G‘] bo‘lganda natijaviy to‘plam [‘A‘,‘G‘],

[‘B‘,‘M‘]+[‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lganda natijaviy to‘plam [‘B‘,‘M‘,‘A‘,‘G‘,‘A‘], [‘G‘,‘G‘]+[‘A‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [‘G‘,‘G‘,‘A‘,‘A‘];

  1. T1*T2 – bu amal T1 va T2 to‘plamlar elementlarini kesishtirib yangi to‘plam hosil qiladi, masalan: [‘B‘,‘A‘]*[‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [‘A‘], [‘G‘,‘G‘]*[‘A‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [ ], ya’ni bo‘sh;

  2. T1–T2 – bu amal T1 to‘plamning T2 to‘plamda bor elementlarini olib tashlab yangi to‘plam hosil qiladi, masalan: [‘B‘,‘A‘]–[‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [‘B‘], [‘A‘,‘A‘,‘A‘,‘G‘]–[‘A‘,‘G‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [ ], ya’ni bo‘sh;

  3. Q in T – bu amal Q qiymatni T to‘plamda borligini tekshiradi, ya’ni Q element T da bor bo‘lsa True, aks holda False qiymat hosil qiladi, masalan: ‘A‘ in [‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lsa natija True, ‘G‘ in [‘A‘,‘B‘] bo‘lsa natija False.

5-§. TARTIBLANGAN TURLARGA QO‘LLANILADIGAN STANDART FUNKSIYALAR
Funksiya tushunchasi matematika fanidan ko‘pchilikka ma’lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratishadi. Masalan, chiziqli, kvadratik, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba’zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda ba’zi funksiyalar foydalanish qulay bo‘lishi uchun dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalar deyiladi.
Aytib o‘tilganidek, tartiblangan turlarga butun, mantiqiy, belgili, sanovchi va oraliqli turlar kiradi. Bu turlarning barchasiga X ning tartib raqamini hosil qiluvchi ORD(X) standart funksiyasini qo‘llash mumkin.

Ixtiyoriy butun turdagi X uchun ORD(X)=X bo‘ladi, masalan: ORD(0)=0; ORD(–125)= –125; ORD(65535)=65535;

Mantiqiy turdagi X uchun ORD(X) funksiyasi 0 yoki 1 ni hosil qiladi, ya’ni: ORD(TRUE)=1; ORD(FALSE)=0;

Belgili turdagi X uchun ORD(X) funksiyasi X ning ASCII kodini aniqlab beradi, masalan:

ORD(‘A‘)=65; ORD(‘c‘)=99; ORD(‘B‘)=66; ORD(‘ ‘)=32; ORD(‘0‘)=48; ORD(‘9‘)=57;

Sanovchi turdagi X uchun ORD(X) funksiyasi 0 dan 65535 gacha bo‘lgan butun sonni hosil qiladi, masalan:
Type Beshta = (green, blue, red, yellow, white); bo‘lganda
ORD(green)=0; ORD(blue)=1; ORD(yellow)=3;
VAR Raqam : (zero, one, two, three, four); bo‘lganda
ORD(zero)=0; ORD(one)=1; ORD(three)=3;

Oraliqli tur asosiy tartiblangan tur xususiyatlarini saqlab qolgani uchun ORD(X) funksiyasi shu tur xuxusiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan:
Type Rang = (green, blue, red, yellow, white, black); Ora =yellow..black ;
Var X : Ora; bo‘lganda X=white bo‘lsa, ORD(X)=4 bo‘ladi.

Tartiblangan turlarga PRED(X) va SUCC(X) funksiyalarni ham qo‘llash mumkin. PRED(X) funksiyasi tartiblangan turning bitta oldingi (ORD(X)–1 tartib raqamiga mos: ORD(PRED(X))=ORD(X)–1) qiymatni, SUCC(X) funksiyasi tartiblangan turning bitta keyingi (ORD(X)+1 tartib raqamiga mos: ORD(SUCC(X))=ORD(X)+1) qiymatni hosil qiladi. Masalan:

Ixtiyoriy butun turdagi X uchun, agar hosil qilinayotgan sonlar qaralayotgan tur qiymatlar chegarasida bo‘lsa:
PRED(0)= –1; PRED(–125)= –126; PRED(6665)=6664;
SUCC(0)= 1; SUCC(–125)= –124; SUCC(6665)=6666;

Mantiqiy turdagi X uchun:
PRED(TRUE)=FALSE; PRED(FALSE)=TRUE;
SUCC(TRUE)=FALSE; SUCC(FALSE)=TRUE;

Belgili turdagi X uchun, agar hosil qilinayotgan belgi ASCII kodi 0..255 qiymatlar chegarasida bo‘lsa:
PRED(‘B‘)=‘A‘; PRED(‘9‘)=‘8‘; SUCC(‘A‘)=‘B‘; SUCC(‘0‘)=‘1‘;

Sanovchi turdagi X uchun PRED(X) va SUCC(X) shu tur chegarasida yotsa: Type Beshta = (green, blue, red, yellow, white);
VAR X : Beshta;
bo‘lsa X=blue bo‘lganda ORD(PRED(X))=0; ORD(SUCC(X))=2;

Oraliqli turda asosiy tartiblangan tur uchun PRED(X) va SUCC(X) shu tur chegarasida yotsa:
Type Rang = (green, blue, red, yellow, white, black); Ora =yellow..black ; Var X : Ora; bo‘lsa X=white bo‘lganda ORD(PRED(X))=3, ORD(SUCC(X))=5 bo‘ladi.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish