O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Berilgan topshiriqni guruhlar kesimida o`rganib o`z fikringizni bayon eting



Download 6,66 Mb.
bet57/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

Berilgan topshiriqni guruhlar kesimida o`rganib o`z fikringizni bayon eting.


8-Mavzu: Ta' lim muassasasidan tashqari tarbiyaviy ishlarni łakomillashtirishning ish mazmuni. Talabalarni kasb -hunarga yo'naltirish ishiga tayyorlash mazmunini o`rganish. Xalq xo'jaligidagi kasblar ularning tasnifi. Akademik litseylar va kasb hunar kollejlarining yo'nalishi, ularning bir-birdan farqi, umumiy tomonlarini tahlil qilish
RЕJA:
1. Ijtimoiy-siyosiy sikldagi fanlarini o’rganishda talabalarni kasb tanlashga
yo’llash ishiga g’oyaviy – nazariy jihatdan tayyorlash .
2. Bo’lajak o’qituvchilar tayyorlash jarayonidan o’quv rejasi bilan tanishish .
3. O’quv dasturlarida kasb tanlashga yo’llash tarbiyaviy imkoniyatlar
DARSNING MAQSADI: Bo’lajak mehnat va kasb ta’lim
i o’quvchilarini kasb tanlash ishiga tayyo’rlashni mazmunini
bilan tanishtirish.
DARS JIHOZLARI: Darslik , chizma , jadval va plakatlar,
TAYANCH IBORALAR: Fan, kasb, ixtisoslik, malaka, ko’nikma, maqsadi, vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqot usullari


Nazariy qism
O’quv prosessida talabalarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy-siyosiy fanlar sikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik-pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. O’qituvchining yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o’ziga g’oyaviy e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo’yiladi. Shuning uchun o’qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida ko’rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo’lajak o’qituvchilarda tarbiyaviy funksiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan.
Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg’ulotlarda bo’lajak o’qituvchi bir tomondan, o’zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmiy bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar asosida ularda shaxsiy sifatlar: dunyoqarash, ma’naviy qiyofa shakllanadi.
«….Hozir har bir o’qituvchi har qachongidan ham ko’proq darajada, tarbiyachi bo’lishi kerak» degan so’zlar hozirgi sharoitda ayniqsa aktual jaranglaydi.
Bo’lajak o’qituvchi pedagogika oliy o’quv yurtida tabiat va bilish nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o’zaro bir-birini to’ldiradigan juda ko’p bilimlarni egallab va ularni o’zining amaliy faoliyatida qo’llab, o’quvchilarda voqyelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak.
O’quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan bog’lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs talabalarida emas, balki kurs talabalarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o’z ixtisosligida ixtisoslik beruvchi fan problemalarida ijodiy qo’llash ko’nikmalari hosil qiladi, ularni chuquroq o’rganish ishtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo’lajak o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki ma’lum bir fan doirasida talabalarga o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llashdek murakkab problemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tabiiy-ilmiy sikldagi fanlarni o’qitishda ishlab chiqarishning ilmiy, ilmiy-texnik asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish mumkin bo’lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro’yobga chiqarish tegishli kafedra o’qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra o’qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishi, aksincha, bu fanlar o’qituvchilari o’rganilayotgan hodisalarga dialektik yondashish ko’nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo’lajak o’qituvchilarga singdira bilishi kerak.
Bo’lajak o’qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O’quv rejasiga muvofiq pedagogika Universitetida o’qish muddati to’rt yil bo’lganda ikkinchi kursda, o’qish muddati besh yil bo’lganda uchinchi kurs o’rganiladi. Bu vaqtga kelib, ixtisoslig bo’yicha bilim beruvchi fanlarni o’rganish endigina bog’langan yoki davom etayotgan bo’ladi. Masalan: «Fizika» № 2105 ixtisosligi uchun umumiy fizika kursining faqat birinchi qismi – «Mexanika» ni o’rganish tugallanadi. Binobarin, qo’yi kurs talabalari yetarli darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo’lmagan va ixtisosligi bo’yicha yetarli nazariy tayyorgarlik ko’rmagan holda shu fanni o’rganishga kirishadilar. Vaholanki, dialektik materializm o’quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi ko’rgan bo’lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o’rganishda bo’lajak matematika o’qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko’rsatib berish muhimdir. Talabalarning o’z ixtisosligi bo’yicha bilim beruvchi fanlardan tegishli misollarni o’rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini qanday qilib ochib berish mumkin. Ko’pchilik o’qituvchilar bu qonunni tahlil qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va chuqurlashtiradi, bo’lajak matematik o’qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato qarama-qarshi fakt, hodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish metodlari bilan qurollantiradi.



Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish