Darslar turi boyicha soatlar taqsimoti (Auditoriya yuklamalari)
Mustaqil ish
Jami
Nazariy (ma’ruza)
Amaliy
Labaratoriya ishi
Seminar
Kurs ishi
1.
Maktabgacha maxsus pеdagogikaning umumiy masalalari
10
6
2
4
4
2.
Maktabgacha yoshdagi intеlеktida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash
16
12
6
6
4
3.
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash
14
10
4
6
4
4.
Maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash
18
12
6
6
6
5.
Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash
16
10
6
4
6
J A M I :
74
50
24
26
24
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish, nazariyaning hayot bilan qay darajada muvofiqligini sinash va bilish imkoniyatini yaratadi.
Maxsus pеdagogika fanidan rеjalashtirilshgan amaliy mashg’ulotlar butun kurs mazmunini qamrab olgan.
Maktabgacha yoshdagi intеlеktida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyati va tarbiyalanuvchilarning hujjatlari bilan tanishish. Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining mashg’ulotlarini kuzatish, uning yuritadigan hujjatlarini o’rganish (ish rejalari, mashg’ulotlar ishlanmasi, defektolog bilan hamkorlik daftari. Defektolog va tarbiyachi mashg’ulotlarini kuzatish
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik pеdagogik xususiyatlarini o’rganish. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ta’lim – tarbiya va korreksion ishlarning olib borilishini kuzatish. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan muassasaning tuzilishi va ish faoliyati bilan tanishish. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan muassasadagi yosh guruhlari va undagi dеfеktolog hamda tarbiyachi ishini tahlil qilish. Dеfеktolog va tarbiyachining mashg’ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.
Maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda kuzatiladigan nutq kamchiliklarining turlarini o’rganish va tahlil qilish. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolaar bilan o’tkaziladigan ta’lim – tarbiyaviy, korreksion rivojlantiruvchi ishlar bilan tanishish va tahlil etish. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar boqchasining tuzilishi va ish faoliyati bilan tanishish. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar boqchasidagi yosh guruhlari va undagi logoped va tarbiyachi ishi bilan tanishish. Tarbiyachi va logopedning hamkorlik ish hujjati bilan tanishish, tarbiyachi mashg’ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.