Kurs ishlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar : Kurs ishi mavzulari ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar bo’yicha tanlanib u fan uyushma yig’ilishlarida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi. Kurs ishi mazmuni MTM-lardagi ilg’or pedagogik texnologiyalar, matbuotdagi yangiliklar, o’quvchilarning o’quv yurtida o’qish davrida olgan nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalariga mos bo’lishi kerak. Kurs ishi mavzusi o’quvchilarga o’quv yili boshida berilib ularga rahbar tayinlanadi va ular bilan kurs ishi mavzularini yoritish bo’yicha maslaxatlar tashkil etiladi. Ushbu maslaxatlar chog’ida o’quvchilarga kurs ishining maqsadi, mohiyati uning bajarilishining namunaviy rejasi, zarur bo’lgan materiallarni topish usullari bo`yicha ko`rsatmalar beriladi. Kurs ishini baholashda mavzuning dolzarbligi, ta’lim sohasidagi ahamiyati uning sifati va bezatilishi, o’quvchining amaliyotdagi kuzatuv ishlari, mustaqil fikrlari, ijodiy ishlari, qo’shimcha adabiyotlardan kengroq foydalanganligi inobatga olinadi.
Kurs ishiga rahbarlarik qilishda quyidagilar e’tiborga olinadi. Kurs ishi mavzularini tanlash va har bir bitiruvchi uchun individual topshiriqlar berish. Kurs ishi mavzusini yoritishda kerak bo’lgan savollar va materiallarni o’rganish va to’plashda yordam berish. Kurs ishini yozish tartibi va ketma-ketligi uning hajmi va mazmuni bo’yicha maslahatlar beriladi. O’quvchilarga zarur adabiyotlar va uslubiy qo’llanmalar tanlash va kurs ishini sifatli bajarishni nazorat qilib boradi.
Kurs ishini quyidagi mavzular bo’yicha yozish tavsiya etiladi: Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni aqliy rivojlantirishda matematik bilimlarning ahamiyati;