Tuzuvchilar:
|
Rahmatullayeva Lutfiya G’affarovna
|
–
|
Toshkent pedagogika kolleji katta o`qituvchisi
|
|
|
|
|
|
Niyozov Abduraxmon Rahmatovich
|
–
|
Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Mehmonov Rustam Yusuf o’g’li
|
–
|
Nizomiy nomli pedagogika universiteti “Informatika va TAТ” kafedrasi katta o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
Fatxullayeva Mavluda Abdusamatovna
|
–
|
Chilonzor tumani 265-bog’cha mudirasi
|
Toshkent -2012
Kirish
Hozirgi vaqtda kompyutеr savodi, kompyutеr tеxnologiyalarini bilish zamon talabidir. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning «Kеlgusida kompyutеrlashtirish va axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarni joriy etish» haqidagi qarorida shunday dеyiladi: «Kompyutеrlashtirish va axborot tеxnologiyalarini xalq xo’jaligi, boshqaruv, fan taraqqiyoti, tadbirkorlik va talim sohasida qo’llash eng muhim vazifalardan biridir”. (Xalq so’zi. 2002 yil 1 iyun №114)
“Maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang’ich kompyutеr savodxonligi” prеdmеti maktabgacha ta'lim muassasalari pеdagoglari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga kompyuterdan foydalanish usullari, kompyuterning qo’shimcha imkoniyatlari, kompyutеrdagi dasturlardan foydalanib didaktik o’yinlar yaratish, internet tarmog’idan foydalanish, turli o’yinlar yordamida bolalarda kompyutеrda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish usullarini o’rgatadi.
“Kompyuter olami bilan tanishtirish” bo’limida asosan bolalarga kompyuter haqidagi boshlang’ich bilimlar beriladi. Bolalar kompyuter haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
“Maxsus bilimlar” bo’limida, asosan, amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. Chunki kompyuter bilan ishlaganda tarbiyachi ma’lumotlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko’chirish, kerakli dasturlar bilan ishlay olish usullarini bilishi zarur.
“Didaktik o’yinlar” bo’limida maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkaziladigan matematika, ingliz tili, rasm, nutq o’stirish mashg’ulotlari uchun didaktik o’yinlarning umumiy sxemasi tuzilib, kompyuterda yaratiladi. Bu mavzular bo’lajak tarbiyachi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki didaktik o’yinlar bolalarning ongini rivojlantirishga, dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Didaktik o’yinlar orqali bolaning tevarak atrof haqidagi tasavvurlarini oshirishga yordam beradi.
Ma’lumki bolalar kompyuter o’yinlariga katta qiziqish bilan qaraydilar. Tarbiyachi kompyuter o’yinlarining turlari, ularning bola tarbiyasida salbiy va ijobiy tomonlarini yaxshi bilmog’i lozim. Bu bo’limda o’quvchilar o’yinlarning turlari, klassifikatsiyasi, ularni o’ynash usullari haqida ma’umot oladilar.
Internet bilan ishlashni bilish har bir kishi uchun zamon talabidir. Chunki internet tarmog’i orqali turli mavzuga oid ma’lumotlarni olish mumkin. Bu esa bo’lajak tarbiyachilar uchun muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi internet orqali bolalarga mos ma’lumotlarni olishi va uni mashg’ulot o’tish jarayonida foydalanishi mumkin. “Internet bilan ishlash” bo’limida o’quvchilar internet tafmog’idan ma’lumotlarni ko’chirish, Web - sahifalar bilan ishlash, elektron pochta orqali ma’lumotlarni jo’natish va qabul qilish ma’lumotiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |