40. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda MTM va oilaning aloqasi (Amaliy)
Bolalarning matematik bilimlarini rivojlantirishda MTM va oilaning aloqasi. Bolani sanashga qanday o’rgatish kеrak? Sanoq mashg’ulotlarini oilada tashkil etish.
Bolalarning aqliy rivojlanishida o’lchash bilan tanishtirishning ahamiyati. Matematikaga oid ko’rgazmali qurollar, oilada maktabga tayyorlashga oid yangi o’quv qo’llanmalar bilan tanishuv.
Ota-onalar farzandlarini matеmatikaga o’rgatish ishini masalalardan boshlashlari. Ota-onalar farzandlari bilan shug’ullanganlarida o’yin mеtodlaridan foydalanishlari.Bolalarning oiladagi o’yinlarini qiziqarli matеmatik o’yin qo’llanmalari asosida tashkil etish(ota-onalar uchun maslahatlardan namuna).
Ota-onalar majlisining taxminiy tеmatikasi. MTM-larga qatnamaydigan olti yoshli bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashda foydalaniladigan mashg’ulotlar jadvali. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matеmatik tushunchalarini rivojlantirishda oila bilan ishlashining ahamiyati.
Amaliy mashg`ulot-aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan , aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darslarda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatlarga aytiladi.
Nazaruy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi ta`minlanlanadi. Amaliy mashg`ulotlarda ta`lim beruvchi ish o`rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo`shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy mashg`ulotlarda ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarning dastlabki bilimlarida kamchilik borligini aniqlasa, u kerakli nazariy bilimlarni beradi.
Seminarlar: Seminar mashg’ulotlarini tayyorlash jarayonida o’quvchilarga adabiyotlardagi materiallarni qunt bilan o’rganib chiqish, fanga doir referat tayyorlash, amaliy matematik topshiriqlar bajarish shuningdek ish natijalari jamoa bo’lib muhokama qilishni tavsiya etish. Seminar darslarda o’quvchilarni olgan nazariy bilimi va amaliy malakalari baholanadi. Seminarlarni tashkil etishda va o’tkazishda ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari, (guruhlarda ishlash, davra suhbatlari, muhokamalar) metodlari va ta’lim vositalari, multimedia tizimlari, kodoskoplardan foydalaniladi.
Mustaqil ishlarga ko’rsatmalar
O’qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko’rar ekan o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materialini tanlaydi, o’quv faoliyati, maqsadi, vazifasi , natijasi va uning baholash mezonini belgilaydi. O`qituvchilar o`quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni o`z vaqtida yig`ib, baholab, ularning eng yaxshi natijalarini mеtod xonaga topshiradilar. O`quvchilarning joriy nazorat , oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini baholash jarayonida ularni fanlardan nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarining natijalarini hisobga olgan holda baholanadilar. O`quvchilarning mustaqil ishlarini baholash tartibi, asosan, har bir fan o`qituvchisi o`z fani bo`yicha o`quvchilarga fanni chuqur o`zlashtirishni ta'minlashlari uchun nazariy va amaliy jihatdan mustaqil ishlar bеrish va natijalarini baholash bo`yicha alohida qayd jurnali yuritadi, hamda har 45 kunda guruh o`quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafеdralarida muhokama qilinib, natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o`rganilib mеtod xonaga «monitoringi» chiqarib qo`yiladi.
O`quvchilarda o`z bilimini tеkshirish malakasini rivojlantirish maqsadida uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, qo`shimcha adabiyot, ro`znoma, jurnallardan yangiliklarni o`rganish, o`quvchilarning o`quv matеriali mazmunini tushinish uchun ularni rеja asosida o`qish , mantiqiy tuzilmaviy sxеmalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, konspеkt yozish kabi amaliy ishlarga o`rgatiladi. O’quvchilarni mashg’ulotlarga jalb qilish uchun mustaqil soatni noan’anaviy usullarda va har xil o’yinlardan foydalangan holda tashkil etiladi. Mustaqil soatlarda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ishlaydi. Mashg’ulotlarni “Zinama - zina”, “Mo’jizalar maydoni”, “Aqliy hujum”, “Intelektual ring” kabi o’yinlar yordamida tashkil etish o’quvchilarni ijodiy fikrlashga va mustaqil izlanishga o’rgatadi. Bunda imkon boricha axborot texnologiyalari, kompyuterlar, radio tarmoqlari va boshqa o’quv-texnik vositalaridan unumli foydalanish ularning fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |